Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ALALIYA TASHXISLI BOLALAR BILAN ISHLASHDA ZAMONAVIY LOGOPEDIK TEXNOLOGIYALAR
LOGOPEDIK TEXNOLOGIYALAR · Kayumova Feruza Murodullayevna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article examines modern speech therapy technologies used in working with children diagnosed with alalia. It explores the clinical and pedagogical features of speech disorders, as well as methods to enhance therapy effectiveness through a multimodal approach, interactive games, computer programs, and mobile applications. Practical recommendations are provided to develop children’s speech activity, strengthen their communicative competence, and support their social adaptation. 88 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Key words: Innovative, technology, principle, complex, individual, phonetics, articulation, component, agrammatic, differentiation, interactive, frontal, multimedia. Nutq insonning asosiy kommunikativ vositasi bo‘lib, uning to‘laqonli rivojlanishi bolalarning intellektual, ijtimoiy va emotsional taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega. Alaliya — markaziy asab tizimining erta organik shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan nutqning og‘ir rivojlanish buzilishi bo‘lib, bolalarda so‘z boyligi, grammatik tuzilma va fonetik tizimning shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi davrda logopedik amaliyotda zamonaviy texnologiyalar, jumladan, multimodal yondashuv, interaktiv dasturlar, vizual va audial materiallar, shuningdek, raqamli platformalar keng qo‘llanilmoqda. Ushbu texnologiyalar alaliya tashxisli bolalar bilan olib boriladigan koreksion ishlarni samarali tashkil etish, ularning nutqiy va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Alaliya tashxisli bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, bu yo‘nalishda zamonaviy, individual yondashuvga asoslangan logopedik texnologiyalarni qo‘llashni talab qiladi. Ushbu texnologiyalar nafaqat bolaning nutqiy faoliyatini shakllantirishga, balki uning ijtimoiy moslashuvi, emotsional holati va kognitiv rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, individual yondashuv va muayyan metodlarning kombinatsiyasi alaliya bilan ishlashda muvaffaqiyatli natijalarga olib keladi, ayniqsa albom topshiriqlaridan foydalanib o‘tkazilgan tadqiqot maktabgacha yoshdagi alalik bolalarda tizimli nutq rivojlanmaganligini, turg‘unligi (so‘zlarni nutqda qo‘llay olish), egiluvchanligi (turli vaziyatlarda situativ va spontan nutqdan foydalanish), assotsiativligi (bir qarashda o‘xshash bo‘lmagan belgilardan o‘xshash belgilarni ajratib olish), differensialligi (o‘xshash shakl va hodisalarni farqlay olish) hamda umumlashtirish holatining past darajada rivojlanganligini aniqladi, bu esa bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini yanada mustahkamlab olish mumkin. Logopedik texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash nutqida buzilishlar mavjud bo‘lgan bolalarni rivojlantirish, ulardagi nutqiy muammolarni bartaraf etish va ijtimoiy moslashuvni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy logopedik texnologiyalar an’anaviy va innovatsion metodikalar uyg‘unligiga asoslanadi.1 Amaliyotda qo‘llaniladigan asosiy texnologiyalar Quyidagi logopedik texnologiyalar amaliyotda keng qo‘llaniladi: 1 Karimova, R. (2016). Logopediya. Toshkent: O‘zbekiston pedagogika nashriyoti. 89 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 1.Artikulyatsion gimnastika – tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantiradi ; 1) Lablar: qalin, ingichka, yuqori labning оʻta ingichkaligi, pastki labning оʻta qalinligi. 2) Tishlar: prikuslarni notоʻgʻri joylashuvi, tishlar tuzilishidagi kamchiliklar. 3) Qattiq tanglay: tor, оʻta chuqur rivojlangan. 4) Yumshoq tanglay: yumshoq tanglay kaltaligi, tilchaning ikkiga bоʻlinganligi, kichik tilchaning yоʻqligi. Dastlabki logopedik tekshirish jarayonida artikulyatsion apparat aʻzolari tuzilishida kamchiliklar borligi aniqlanadi. Bunday hollarda fonematik idrokni rivojlantirish ishlari bilan parallel ravishda artikulyatsiya gimnastikasi (tayyorgarlik mashqlari) olib boriladi. Artikulyatsiya gimnastikasining maqsadi, tovushlarni tоʻgʻri talaffuz etish uchun zarur bоʻlgan artikulyatsiya a’zolarini tоʻliq, aniq keltirish va oddiy harakatlarni murakkab harakatlarga turli xil fonemalarning artikulyatsiya tartibiga birlashtirishdan iboratdir. Hamma artikulyatsion mashqlari tizimini ikki turga bоʻlish mumkin: statik va dinamik. Statik mashqlarda artikulyatsiya aʻzolari turli holatlarga keltiriladi, lekin harakat bоʻlmaydi. Dinamik mashqlarda artikulyatsiya a’zolari turli holatlarga va shu bilan birga harakatga keltiriladi. Fonematik eshituvni rivojlantirish texnologiyasi – tovushlarni farqlash va eshituvli differensiallashni o‘rgatadi; Bolalarda fonematik idrokni tekshirishdan avval uning fiziologik eshituv holati aniqlanadi. Kо‘p hollarda fiziologik eshituv normada bо‘lgan bolalarda fonemalarni kichik kо‘rinishlarini farqlay olmaydilar. Buning natijasida bolalarda fonematik idrok kamchiliklari kuzatiladi. Fonematik idrokni tekshirish maqsadida bir necha vazifalardan foydalaniladi: 1) Oddiy jumlalarni solishtirish, farqlash, tan
Доказательный фрагмент
«This article examines modern speech therapy technologies used in working with children diagnosed with alalia.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines modern speech therapy technologies used in working with children diagnosed with alalia. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Innovative, technology, principle, complex, individual, kompleks, fonetika, component, prinsp, interaktiv, multimedia., differensiya, texnologiya, agrammatic, Innovatsiya, frontal, kompetentsiya, artikulatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025