К содержанию
РецензированоRU2025

BOSH MIYA O‘SMALARI

NEW RENAISSANCE · BOSH MIYA O‘SMALARI · Ortiqova Barchinoy Sirojiddin qizi · ОПУХОЛИ ГОЛОВНОГО МОЗГА (Central Asian Medical University talabasi.)

Современная наука и исследования · 2 · 158-164 · 2025

Аннотация

Опухоли головного мозга относятся к числу наиболее сложных и клинически значимых заболеваний центральной нервной системы. Они развиваются из нейроглиальных клеток, мозговых оболочек, гипофиза или других структур. Их подразделяют на первичные и вторичные (метастатические), каждый из которых имеет свои особенности клинического течения, диагностики и лечения. В современных подходах важны не только морфологическая классификация, но и молекулярные маркеры. Клинически опухоли проявляются повышением внутричерепного давления, очаговой неврологической симптоматикой, эпилептическими припадками и когнитивными изменениями. Основными методами диагностики являются магнитно-резонансная томография, компьютерная томография и гистологическое исследование. Ключевые слова: Опухоли головного мозга, нейроглиальные клетки, менингиома, глиобластома, эпендимома, медуллобластома, краниофарингиома. Bosh miya o‘smalari markaziy asab tizimining to‘qimalaridan kelib chiqadigan birlamchi o‘smalar yoki boshqa organlardan tarqalgan metastatik o‘smalar ko‘rinishida uchraydi. Birlamchi o‘smalar neyroglial hujayralardan, miya pardalaridan, gipofiz bezidan, epifizdan, kranial nervlarning qinlaridan va embrional qoldiqlardan rivojlanishi mumkin. Bosh miya o‘smalari biologik xulq-atvoriga ko‘ra sekin o‘suvchi va nisbatan xavfsiz benign o‘smalar hamda tez o‘suvchi va hayot uchun xavfli bo‘lgan malign o‘smalarga bo‘linadi. Ularning klinik ahamiyati faqat histologik turiga emas, balki joylashgan o‘rni, o‘sish tezligi va atrofdagi miya to‘qimalariga ko‘rsatgan bosimi bilan belgilanadi. Hozirgi kunda diagnostika va davolashda nafaqat morfologik belgilar, balki molekulyar xususiyatlar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli tashxis va davolash jarayoni neyroxirurg, radiolog, onkolog, radioterapevt va reabilitolog kabi mutaxassislarning hamkorligida amalga oshiriladi. Ushbu mavzu dolzarb bo‘lib, u yuqori o‘lim va nogironlik darajasi bilan ajralib turadi. 64 NEW RENAISSANCE 2025 AUGUST INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 Bosh miya o‘smalari barcha saraton kasalliklarining kichik qismini tashkil etsa-da, u nevrologik kasalliklar orasida jiddiy nogironlik va o‘lim sababi hisoblanadi. Birlamchi glial o‘smalar ko‘pincha kattalarda aniqlanadi, meningiomalar esa ko‘proq ayollarda va o‘rta yoshdan keyingi davrda uchraydi. Bolalarda esa medulloblastoma, ependimoma va past darajali gliomalar tez-tez uchraydi. Xavf omillari qatoriga bolalik davrida ionlashtiruvchi nurlanish ta’siri, ayrim irsiy sindromlar, immun tizimi yetishmovchiligi kiradi. Ba’zi kasbiy zararli ta’sirlar, pestitsidlar va og‘ir metallar bo‘yicha ilmiy dalillar mavjud bo‘lsa-da, ular turlicha va qarama-qarshi natijalar ko‘rsatadi. Shuning uchun asosiy e’tibor erta klinik belgilarga shubha qilish va vaqtida nevrologik tekshiruv o‘tkazishga qaratilishi kerak. Bosh miya o‘smalari histogeneziga ko‘ra glial o‘smalar, meningiomalar, nerv qinlaridan chiqqan o‘smalar, gipofiz o‘smalari, kraniofaringioma va boshqa kam uchraydigan turlarga bo‘linadi. Ularning ba’zilari klinik jihatdan xavfsiz ko‘rinsa-da, bosh suyagi bo‘shlig‘ining cheklanganligi tufayli hatto benign o‘smalar ham miya to‘qimasiga bosim o‘tkazib, jiddiy klinik belgilarni chaqirishi mumkin. Zamonaviy yondashuvlarda o‘smalarni faqat morfologiyasi emas, balki molekulyar belgilariga ko‘ra ham baholash muhimdir. Masalan, IDH mutatsiyasi, xromosoma qismlarining o‘chishi yoki genetik o‘zgarishlar tashxis va davolash prognozini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, gipofiz o‘smalari gormonal faol yoki faol bo‘lmagan turlarga ajratiladi. Metastatik o‘smalar esa ko‘pincha o‘pka, sut bezi, buyrak, teri melanomasi va yo‘g‘on ichak saratonlaridan keladi. Bosh miya o‘smalarining rivojlanish mexanizmlarida hujayra sikli, genetik va epigenetik o‘zgarishlar muhim o‘rin tutadi. Masalan, ayrim gliomalarda metabolizmning buzilishi tufayli hujayralarda patologik moddalar to‘planib, o‘smaning rivojlanishiga olib keladi. Genetik deletsiya yoki mutatsiyalar o‘smaning qanday kechishini, davolashga qanday javob berishini belgilab beradi. Bundan tashqari, o‘sma joylashgan muhit ham muhim rol o‘ynaydi. Masalan, qon-miya to‘sig‘i ko‘plab dori vositalarining o‘smaga yetib borishini cheklaydi, gipoksiya esa o‘sma hujayralarini yanada tajovuzkor qiladi. Shuningdek, immun tizimi va atrofdagi glial hujayralar ham o‘sma rivojlanishida faol ishtirok etadi. O‘smalarning klinik belgilari ularning joylashuvi, o‘lchami va o‘sish tezligiga bog‘liq. Intrakranial bosim ortishi bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ko‘z nervlarida shish bilan namoyon bo‘ladi. Fokal belgilar sifatida epileptik tutqanoq, qo‘l-oyoq falajliklari, nutq buzilishi, ko‘rish maydonining torayishi va sezgi buzilishlari uchraydi. Frontal bo‘limdagi o‘smalar shaxs xulq-atvorini o‘zgartirishi mumkin. Orqa chukur qismidagi o‘smalar muvozanat buzilishi va ataksiyani chaqiradi. Gipofiz o‘smalari esa gormonal muvozanatning buzilishi natijasida turli endokrin belgil

Доказательный фрагмент

«Опухоли головного мозга относятся к числу наиболее сложных и клинически значимых заболеваний центральной нервной системы.»

Образец извлечения

Демо-превью

Опухоли головного мозга относятся к числу наиболее сложных и клинически значимых заболеваний центральной нервной системы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Опухоли головного мозга, нейроглиальные клетки, менингиома, Ependimoma, Meningioma, Neyroglial hujayralar, Bosh miya o‘smalari, Kraniopharyngioma., Glioblastoma, Medulloblastoma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники