К содержанию
РецензированоUZ1917

SOVET TUZUMI DAVRIDA XOTIN –QIZLARNING TA’LIMIGA BO’LGAN MUNOSABAT

Maxmudova Nilufarxon Adixamovna · Ilmiy rahbar: Abdullayev Muzrobjon

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 1917

Аннотация

Bugungi kunga kelib,jamiyatimizda har bir jabhada xotin-qizlarning roli yanada ortib bormoqda. Ayniqsa yangi Ozbekiston yillarida muhtaram Prezidentimiz SH.Mirzioyev boshchiligidagi olib borilayotgan islohotlar zaminida jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, gender tenglik masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda. Kalit so‘zlar: totalitar rejim, mafkura, kommunistik partiya, millat, siyosat, shaxs, ateizm, targ’ibot, insonparvarlik, vatanparvarlik Mustaqillik tufayli xalqimiz tarixshunosligida soxtalash tirilgan sovet davri tarixini yangicha va xolis yondashuv asosida milliy goya nuqtai nazaridan mushohada qilish uchun imkoniyat yuzaga keldi. RKP(b)ning XIII s’ezdida qabul qilingan «Ishchi va dehqon ayollar o’rtasida olib boriladigan ish to’g’risida"gi qarorda «partiya qo’mitalari tomonidan SHarq mehnatkash ayollari o’rtasida olib boriladigan ishga rahbarlik qilish, ishlab chiqarish va partiyaga jalb etishni kuchaytirish» masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Qaror asosida ayollar o’rtasida olib boriladigan ishni kuchaytirish uchun maxsus jamgarma tashkil etildi. Sovet hokimiyati ayollarga ta’lim berish ularni ozod qilishning muhim mexanizmlaridan biri deb qaragan. SHuning uchun sovet hukumatining Turkistondagi xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga tortishga doir dastlabki va muhim tadbirlaridan biri ularni ta’limga jalb etish va savodli qilish bo’lib, bunga erkaklar va ayollar yenghuquqliligiga erishishining zaruriy sharti sifatida qaraldi. Natijada dastlabki maxsus xotin-qizlar maktablari tashkil etildi. Birinchi xotin- qizlar maktabi Toshkentning Beshyog’och dahasida Bashorat Jalilova tomonidan 1917 yilning dekabrida tashkil etilgan edi. Unda 42 nafar xotin-qizlar tahsil olgan. 1918 yilda Toshkentda 4 ta xotin-qizlar maktablari faoliyat ko’rsata boshlagan. Totalitar rejim mamlakatda o’z tarafdorlari sonini va markazning itoatkor xizmatkorlarini ko’paytirish singari siyosiy maqsadlardan kelib chiqib, xotin-qizlardan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish, qolaversa, ularni o’z siyosatini so’zsiz bajaruvchi itoatkor qatlamga aylantirishdek g’arazli maqsadlar yashiringan rejalar asosida niqoblangan mustamlakachilik siyosatni “ayyorona” tadbirlar orqali amalga oshirishga intildi 1919–1920 yillardan boshlab xotin-qizlar institutlari, o’rta texnik o’quv yurtlari tashkil etilib, ularda mahalliy millatga mansub qizlar ham ta’lim olgan. Biroq ular ta’lim oluvchilarning 7–8 foizini tashkil etar edi, xolos. Ayniqsa, qishloqlarda qizlarning o’qishga qatnashi qiyin masala bo’lib, aholining yangi maktablar borasidagi tushunchalari hali shakllanmagan edi. O’zbek ayollarining o’z vazifasiga nisbatan mas’uliyat bilan yondoshuvi tufayli urush yillarida xalq xo’jaligida ma’lum yutuqlarga erishildi. SHu bilan birga, respublikaning barcha viloyatlarida agitator xotin-qizlar tomonidan fashizm ustidan g’alabaga ruhlantiruvchi, xalq xo’jaligini rivojlantirishda vatanparvarlik his-tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan 46 ma’ruzalar muntazam o’qib borilgan, davra suhbatlari tashkil etilgan. Bunday tadbirlar qizil choyxona va boshqa madaniy-oqartuv muassasalarida olib borilgan.

Доказательный фрагмент

«Bugungi kunga kelib,jamiyatimizda har bir jabhada xotin-qizlarning roli yanada ortib bormoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi kunga kelib,jamiyatimizda har bir jabhada xotin-qizlarning roli yanada ortib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kommunistik partiya, millat, shaxs, totalitar rejim, ateizm, mafkura, vatanparvarlik, insonparvarlik, siyosat, targ’ibot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники