К содержанию
РецензированоRU2026

SOVETLAR MAMLAKATINING ILK YILLARIDA TURKISTONDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY VAZIYAT

Abdulxayev Saydullo Ubaydullo o’g’li

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Невозможно научно проанализировать специфические аспекты социальных реформ в Туркестане в послереволюционный период после Октябрьской революции без понимания их источников — то есть без глубокого изучения теоретических, идеологических, социально-экономических и политических факторов. В этой связи прежде всего необходимо чётко понять, какие задачи ставила перед собой социальная политика того времени и из чего состояло её концептуальное содержание. Ключевые слова: социальная политика, неравенство, классовый конфликт , капиталистическая систем Annotatsiya: Turkistonda Oktyabr tuntarishidan keyingi davrdagi ijtimoiy islohotlarning o‘ziga xos jihatlarini ilmiy tahlil qilish ularning manbalarini tushunishsiz ya'ni nazariy, mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillarini chuqur o‘rganishsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu jihatdan, avvalambor, o‘sha davr ijtimoiy siyosati qanday masalalarni hal etishi kerak edi, uning tushunchaviy mazmuni nimadan iborat ekanligini aniq bilish lozim Kalit so’zlar: ijtimoiy siyosat, tengsizlik,sinfiy to'qnashuv, kapitalistik tuzum Bolsheviklar partiyasi hokimiyatni o‘z qo‘lida qattiq ushlab turgan va uni boshqalar bilan bo‘lishishni istamagan. Bu tugrisida Turkiston KPning II s'ezdida (1918 yil iyunь) ochiq aytilgan edi. S'ezdda partiya hukumat va mahalliy organlar faoliyati ustidan “eng qat'iy nazorat” ni amalga oshirishi kerak. 1919 yil iyunida bo‘lib o‘tgan Turkiston KP 3-s'ezdida partiyaning asosiy vazifasi “mamlakat ustidan davlat boshqaruv apparatini o‘z qo‘liga olish” ekani e'lon qilindi. Bu maqsadda, s'ezd xatto Turkiston Xalk Komissarla Soveti (XKS)ni tugutishga bordi. Lekin 1920 yil mart oyida tugatilgan Turkiston XKS qayta tiklandi. Turkiston KP 3-s'ezdi Turkistondagi partiya siyosati Rossiya markazidagi siyosat bilan bir xil bo‘lishi kerak deb ochikchasiga ta'kidladi. Markazda xam, joylardagi maxalliy xokimiyatda xam davlat apparatining mas'ul xodimlari “ partiyani odamlari yoki vakillari” (stavlenniki partii) bo‘lishi zarur, kimga bu yoqmasa, barcha lavozimlardan «chetlatilishi» kerak. Bunday yo‘l tutilishi hatto Turkiston MIK (Markaziy Ijroiya Komiteti)da ham norozilik tug‘dirdi. Chunki Turkiston ulka KP TurMIKni to‘liq o‘z nazoratiga olishga harakat qilgan edi. 1919 yil yozi va kuzida Turkiston Respublikasida hokimiyat inqirozi yuzaga keldi. Bu partiya va sovet organlari o‘rtasidagi kurash bilan bog‘liq bo‘lib, respublikada partiya-sovet raxbariyatining yuqori doiralarida jiddiy to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. Natijada Turkiston KP navbatdan tashqari IV s'ezdini chaqirishga va Turkiston MIKni xam, Ulka KPni xam «silkitib» 48 (peretryaxnutь) olishga tugri keldi. U yerda “guruhbozlik” va “TurMIK, Ulka KP” o‘rtasidagi “janjallar” keskin tanqid qilindi. Lekin Kraykom ya'ni Ulka KP hukumatni o‘ziga itoat qildirishda “etarlicha qat'iyat” ko‘rsata olmayotganlikda ayblandi. Turkistonga 1919 yil noyabrida markazdan Butunittifok Markaziy Ijroiya Kumitasi (BMIK)VTSIK va Xalk Komissarlar Soveti (XKS)SNKning vakillari ya'ni Turkkomissiya keladi. Turkkomissiya “yuqori doiralar” o‘rtasidagi yuz bergan kurashga chek qo‘yishga harakat qilishdi. Ular bunda markaz pozitsiyasidan kelib chikib xarakat kiladilar va partiyaning boshkaruvchanlik faoliyatini xar taraflama mustaxkamlashga, Turkistonni RSFSRning ajralmas kismi sifatidagi statusini mustaxkamlashga xarakat kilishadi. Lenin Turkiston Komissiyasiga murojaat qilib, uni barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga rasman taklif etdi. Go‘yoki “buyuk rus imperializmi qoldiqlarini iloji boricha tezroq yo‘q qilish” vazifasi qo‘yilgandi. Ammo aslida asosiy maqsad – Turkistonda butun mamlakat uchun umumiy bo‘lgan harbiy-kommunistik tuzumni mustahkamlash, Turkiston Respublikasining RSFSR tarkibiy qismi sifatidagi maqomini kuchaytirish va bu yerda partiyaning rahbarlik rolini oshirish edi. Turkiston komissiyasi unga yuklatilgan o‘z missiyasini qattiyat bilan amalga oshirdi. Moskvadan berilgan keng vakolatlarga tayangan holda, u Turkistondagi asosiy boshqaruvchi kuchga aylandi. U barcha yuqori (va quyi) darajadagi hokimiyat organlariga, rahbarlarga ko‘rsatmalar berardi; Turkiston KP 5-ulka konferentsiyasining Turk kommunistik partiyasini tuzish haqidagi qarorini bekor qildi; Turkiston KPning musulmonlar byurosini kiskartirdi; TurMIK tarkibini “yangiladi”; Turkiston KPni Ulka komitetini “TurMIKni yetarlicha nazorat qilmagan” , degan va boshka sabablar asosida uni tarkatib yubordi. Turkkomissiya Turkistonda “sotsialistik islohotlarni” faollashtirish va qo‘zg‘olonchi harakatlarni kuchayishiga qarshi kurashni kuchaytirishga xar taraflama harakat qildi. Bu chora-tadbirlar barcha muxolifat kuchlarni, jumladan, qurolli guruhlarni sovet xukumatiga qarshiligining kuchayishiga olib keldi. Siyosiy noaniqliklar ya'ni siyosiy karama karshiliklarni kuchayishi iqtisodiy tanazzulni yanada avj olishini, iktisodiyotni barcha tarmoklarini pasayishini, transport va moliya soxasini inkirozini keltirib chikardi. Respublikada oziq-ovqat tanqisligi kuchayishi, kundali

Доказательный фрагмент

«Невозможно научно проанализировать специфические аспекты социальных реформ в Туркестане в послереволюционный период после Октябрьской революции без понимания их источников — то есть без глубокого изучения теоретически…»

Образец извлечения

Демо-превью

Невозможно научно проанализировать специфические аспекты социальных реформ в Туркестане в послереволюционный период после Октябрьской революции без понимания их источников — то есть без глубокого изучения теоретически… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
social policy, inequality, class conflict, capitalist system, ijtimoiy siyosat, sinfiy to'qnashuv, kapitalistik tuzum, tengsizlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники