К содержанию
РецензированоRU2026

DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONLARINI BOSHQARISH SOHASIDAGI KADRLAR SIYOSATI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Bekchanov Ruslan Ambiyatovich

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В статье проанализированы процессы приватизации государственного имущества, проводимые в Республике Узбекистан, рассмотрено состояние кадровой политики в данном процессе, основные проблемы и их решения. Освещена роль инвестиций в человеческие ресурсы в сфере управления процессами приватизации государственного имущества, а также опыт США и других развитых стран. Представленный анализ дополнен практическими примерами. В заключении выдвигаются предложения по совершенствованию кадровой политики. Ключевые слова: приватизация государственного имущества, управление человеческими ресурсами, инвестиции, кадровая политика, эффективность, экономические реформы. Annotation: This article analyzes the privatization processes of state property in the Republic of Uzbekistan, examines the current state of personnel policy in this process, identifies key problems and their solutions. The importance of investing in human resources in managing the privatization of state property, as well as the experience of the USA and other developed countries, is highlighted. The analysis is enriched with practical examples. The conclusion puts forward recommendations for improving personnel policy. Keywords: privatization of state property, human resource management, investments, personnel policy, efficiency, economic reforms. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor munosabatlarini shakllantirish yoʻlida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshira boshladi. Bu islohotlarning asosiy yoʻnalishlaridan biri – davlat mulkini bosqichma-bosqich xususiylashtirishdir. Soʻnggi yillarda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida ushbu jarayonlar yanada jadallashdi. Biroq davlat mulkini xususiylashtirish faqat mulkning huquqiy maqomini oʻzgartirish emas – balki yangi boshqaruv, yangi iqtisodiy fikrlash va albatta, yangi kadrlar siyosatini talab etadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida davlat mulkini 68 xususiylashtirish muhim islohotlardan biri hisoblanadi. Bu jarayon iqtisodiy samaradorlikni oshirish, raqobat muhitini rivojlantirish va investitsiya oqimini jalb qilishga xizmat qiladi. Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarining muvaffaqiyati koʻp jihatdan inson omiliga – yaʼni, kadrlar siyosatiga bogʻliq. Afsuski, soʻnggi yillarda davlat mulkini xususiylashtirish bilan bogʻliq kadrlar siyosatida bir qator tizimli muammolar yuzaga chiqmoqda. Kadrlar siyosati tashkilotda malakali, bilimli va motivatsiyalangan inson resurslarini shakllantirish va boshqarish tizimidir. Davlat ishtirokidagi korxona xususiy sektor tasarrufiga oʻtganda, aynan kadrlar jamoasi yangi sharoitga moslashishi, korxonaning samaradorligini taʼminlashi lozim boʻladi. Xususiy sektor uchun natijaviylik muhim boʻlganligi sababli, kadrlarning sifat, tarkibi, boshqaruv madaniyati va xodimlar malakasi yetakchi rol oʻynayd. Oʻzbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari oʻtgan asrning 90-yillar boshlaridan boshlangan boʻlib, quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: Birinchi bosqich 1991-yildan 1993-yilgacha boʻlgan davrni qamrab oldi. Bu “kichik” xususiylashtirish deb nomlangan bosqich edi. Ushbu bosqichda davlat uy-joy fondi, savdo, xizmat koʻrsatish tizimi, mahalliy, yengil, oziq-ovqat sanoati, avtomobil transporti, qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasi kichik va oʻrta korxonalarining xususiylashtirilishi 5 million nafarga yaqin fuqarolarimizga xususiylashtirilgan uy-joy mulkdorlariga aylanish imkonini berdi, 95 foizi ilgari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan 52268 ta savdo, maishiy xizmat koʻrsatish, umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi obyektlarining mulkdorlari paydo boʻldi. “Kichik” xususiylashtirish davrida “Mahalliy sanoat”, “Oʻzmaishiyuyushma” (maishiy xizmat koʻrsatish), “Oʻzbeksavdo” (savdo) kabi tarmoqlarning kichik va oʻrta obyektlari mehnat jamoalariga imtiyozlar berilgan holda jamoaviy korxonalarga va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Mazkur bosqich yer uchastkalarining qishloq aholisiga yordamchi tomorqa xoʻjaliklari sifatida shaxsiy foydalanishga berilishi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi bosqich 1994-1998-yillar mobayida davom etdi. Ushbu bosqichda xususiylashtirish jarayoniga minglab oʻrta va yirik korxonalar jalb qilindi, ayni vaqtda xususiylashtirish davlat korxonalarini ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish yoʻli bilan amalga oshirildi (keng koʻlamli xususiylashtirish). Aynan shu davrda davlat korxonalari negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining muomalaga ommaviy chiqarilishi tufayli aksiyalar bozorining poydevori qoʻyildi. Barcha sanoat tarmoqlari (bazaviy tarmoqlar bundan mustasno), shu jumladan agrosanoat majmuining keng koʻlamli xususiylashtirilishi natijasida mamlakatda 2 million nafarga yaqin xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, ulushlari, paylarining egalari, 3 mln. nafar shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalari, 85 ming nafar xususiy va kichik korxonalar egalari, 14 ming nafar koʻchmas mulk egalarini oʻz ichi

Доказательный фрагмент

«В статье проанализированы процессы приватизации государственного имущества, проводимые в Республике Узбекистан, рассмотрено состояние кадровой политики в данном процессе, основные проблемы и их решения.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье проанализированы процессы приватизации государственного имущества, проводимые в Республике Узбекистан, рассмотрено состояние кадровой политики в данном процессе, основные проблемы и их решения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
privatization of state property, human resource management, investments, inson resurslari boshqarish, davlat mulkini xususiylashtirish, samaradorlik, iqtisodiy islohotlar., kadrlar siyosati, investitsiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники