Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
TAJRIBADA AJRATILGAN ISTIQBOLLI MAHALLIY HANDALAK NAV-NAMUNALARINING TAVSIFI
NAMUNALARINING TAVSIFI
Наука и технология в современном мире · 2020
Аннотация
В статье приведены результаты проведенных исследований по изучению и сбору местных форм хандаляка. В результате научной экеспедиции собран более 30 образцов. В статье приведена характеристика наиболее перспективных форм. Ключевые слова: скороспелый, ломтик, мякоть плода, плоский, гермафродит, ароматный, сетка. Annotation: The stats show the results of research conducted on the study and local collection of forms of hondalyak. As a result of a scientific expedition, more than 30 images were collected. In the article, the characteristics of the most promising forms are given. Keywords: early ripening, slice, fruit flesh, flat, hermaphrodite, fragrant, net. Mamlakatimizda bugungi kunda sabzavotchilikda eksportbop va mahsulotlarni tashish uchun chidamli yangi navlarni yaratishga alohida etibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlarining yo‘qolib ketish xafi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlariga ega mahalliy navlarni qayta tiklash va ularni original urug‘chiligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 504-son qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda jahon amaliyotida keng qo‘llaniloyatgan zamonaviy usul va texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xo‘jalik ekinlarining yo‘qolib ketishi xavfi ostida bo‘lgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlari asosida iqlim o‘zgarishlari, suv tanqisligi va sho‘rga moslashgan, kasallik va zararkunanda hashoratlarga bardoshli hamda kompleks qimmatli belgilariga ega bo‘lgan yangi navlarini va o‘larning genitik pasportlarini yaratish hamda seleksiyada birlamchi materiallarni tanlab olish samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilangan. Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib Surxondaryo viloyatida bir necha tumanlarda handalak namunalarini yig‘ish va o‘rganish maqsadida ekispedidsiya uyushtirdik. Bunda Surxondaryo viloyatida qadimdan ekib kelinayatgan hamda chetdan keltirilgan handalak navlari yig‘ildi va yetishtirish texnologiyasi o‘rganildi. Ekispedidsiya davrida hammasi bo‘lib 30 dan ortiq handalak nav namunalari o‘rganildi va o‘lardan urug‘lar tayyorlandi. Ushbu maqolada eng istiqbolli nav namunalari tavsifini keltiramiz. Tadqiqotning usullari. Tajribalar quyidagi uslub va uslubiy ko‘rsatmalar asosida olib borildi: Методика полевого опыта в овощеводстве (Литвинов С.С. М.,2011.) [3], Методика полевого опыта (Б.А.Доспехов, 1985) [2], Руководство по апробации овощных култур и кормовых корнеплодов (М., 1982) [4], Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarida tajribalar o‘tkazish uslubi (SPE va KITI, 2023) [1]. 100 ` Ajratilgan istiqbolli mahalliy handalak nav-namunalarining tavsifi Respublikamizning turli mintaqalaridan keltirilgan va viloyatning turli tumanlaridan yig‘ilgan handalak nav namunalarini har tomonlama o‘rganish istiqbolli mahalliy navlarni ajratish imkonini berdi. Quyida istiqbolli mahalliy navlarning tavsifi keltirildi. Mahalliy namuna 24 (Momojumoloq). O‘simlik o‘rta o‘lchamli, palagi o‘rta uzunlikda. Bargi buyraksimon shaklda, o‘rta hajmda. Guli germofrodit, erkak jinsli. Mevasi bir oz yapoloq shaklda, mayda, yoriluvchan (3.7-rasmga qarang). Meva vazni 0,85-2,0 kg. Meva yuzasi bir oz tilim-tilim, rangi sariq, mayda yashil va jigarrang dog‘lari bor. Surati-yashil tasmachalari bor. To‘ri mevaband va ustki qismda ayrim elementlarda tashkil topgan. Po‘chog‘i yumshoq. Meva eti qalin, oq tusli, ayrim holda yorqin qizg‘ish, eruvchan, o‘rta shirin, hushbo‘y. Urug‘i yirik hajmli, nashtarsimon shaklda, oq tusli. Quruq modda miqdori – 10,8 %, umumiy qand moddasi miqdori – 8,1 %. Ertapishar nav, maysalar paydo bo‘lishidan yetilguniga qadar o‘suv davri 65-68 kun. Hosildorligi 50,9 t/ga. Tashishga chidamligi va saqlanuvchanligi- yomon. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Guliston mahallasidan yig‘ilgan mahalliy nav. 3.7-rasm. Mahalliy namuna 24 (Momojumoloq) Mahalliy namuna 3 (Hovdak). O‘simlik o‘rta o‘lchamli, palagi o‘rta uzunlikda. Bargi buyraksimon shaklda, o‘rta hajmli. Guli germofrodit, erkak jinsli. Mevasi yapaloq shaklda, o‘rta hajmli. Meva vazni 0,8-2,0 kg. Meva yuzasi bir oz tilim, rangi sariq (3.8-rasmga qarang). Surati- bo‘g‘im chegaralarida sariq-yashil tasmachalar. To‘ri to‘la, meva yuzasini yoppasiga qoplagan, mayda katakli, mevabandida esa quyuqroq. Po‘chog‘i 3.8-rasm. Mahalliy namuna 3 (Hovdak) yumshoq. Meva eti o‘rta qalin, sarg‘ish tusli, g‘ovaksimon, shirali, mayin, shirin. Urug‘xonasi o‘rta hajmli. Urug‘i yirik hajmli, keng uchli tuxumsimon shaklda, oq tusli. Quruq modda miqdori – 11,2 %, umumiy qand moddasi miqdori – 8,3 %. Ertapishar nav, maysalar paydo bo‘lishidan yetilguniga qadar o‘suv davri 66-69 kun. Qurg‘oqchilikka chidamli, fuzarioz so‘lish va un shudring kasalliklariga chidamliligi- o‘rta. Hosildorligi 45-57 t/ga. Tashishga chidamligi va saqlanuvchanligi- yomon. Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani mahallasidan yig‘ilgan mahalliy nav. 101 ` Mahalliy namuna 19 (Boboki). O‘simlik o‘rta o‘lchamli, palagi o‘rta uzunlikda. Bargi buyraksimon shaklda,
Доказательный фрагмент
«В статье приведены результаты проведенных исследований по изучению и сбору местных форм хандаляка.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье приведены результаты проведенных исследований по изучению и сбору местных форм хандаляка. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- early ripening, slice, fruit flesh, flat, hermaphrodite, fragrant, net, hushbo‘y, meva eti, to‘rli., germofrodit, yapaloq, ertapishar, tilim-tilim
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009