К содержанию
РецензированоEN2026

ZAMONAVIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA RAMZ TADQIQI

Norova Mexri Baxtiyorovna

Наука и технология в современном мире · 9-12 · 2026

Аннотация

In this article, views on symbols in world and Uzbek literature, different definitions of symbols in dictionaries, similarities and differences between symbolism and symbols, several stages of symbols in literature and art , information is provided on several representations of the symbol. Colors, objects, things, the world of flora and fauna were selected for symbolic analysis. The figurative meaning expressed on the basis of the selected object was determined, and it was studied whether objects, words or concepts cause certain associations. Key words: symbol, symbolic analysis, definitions of symbols, types of symbols, stages of symbols, manifestations of symbols, poetic image, archetype. Kirish. Sheʼr – lirik kechinma mahsuli. Uni kuchli, taʼsirchan ifodalashning o‘ziga xos vositalari mavjud. Ramz shu qatorda turadi. Dunyo adabiyotshunosligida ramz nazariyasi ancha keng ishlangan. Jumladan, ingliz va rus sheʼrshunosligidagi qarashlar mulohazalarimizni tasdiqlaydi. Аvvalo, terminning adabiyotshunoslik lug‘atlaridagi taʼrifiga eʼtibor qaratsak. Аdabiyotshunoslikda simvolizm va simvol termin sifatida farqlanadi. Simvolizm adabiy oqim nomini bildirsa, simvol poetik ko‘chim sifatida talqin etiladi. Аyni choqda, bu tushunchalar bir-birini taqozo etadi. Chunki simvolizm asosida simvol yotadi. Ingliz olimi Tochukwu Ezebunining yozishicha: “She’riyatdagi simvolizm shoirlar tomonidan o‘zlarining tom ma’nosidan tashqari ahamiyat kasb etuvchi predmetlar, harakatlar yoki tushunchalar bo‘lgan timsollar yordamida chuqurroq ma’nolarni yetkazish va his-tuygularni uyg‘otish uchun qo‘llaniladigan adabiy uslubdir” .[8] Demak, ramzlar ko‘pincha mavhum g‘oyalar, his-tuyg‘ular 136 ` yoki mavzularni ifodalaydi, she’rdagi ma’no serqatlamligini ta’minlaydi. Ko‘p qatlamli adabiyot yaratishga imkoniyat beradi. Ramz-simvol taʼrifi bilan bog‘liq turli lug‘atlarni kuzatganimizda, quyidagi talqinlarga duch keldik. Ramzning lug‘aviy maʼnosi Meriam-Webster lug‘atida shunday izohlangan: “Ramz – (lotincha symbolum, so‘ng yunoncha symbolon) belgi, ramz; yunoncha symbolon, so‘zma- so‘z, uning ikkinchi yarmini solishtirish yo‘li bilan tasdiqlangan o‘ziga xoslik belgisidir”. Zero, ramzda solishtirish, qiyos orqali obraz yaratiladi. Asosiy qism. Badiiy ijodda ramz:“uch xil shaklda ifodalanadi: asar qahramonlari, predmetlari yoki hodisalari orqali” ifodalanadi.[9] “Ramzning ma’nolari: 1. Boshqa narsa uchun ishlatiladigan yoki ifodalovchi sifatida qaraladigan narsa; biror narsani, ko‘pincha ahamiyatsiz narsani ifodalovchi moddiy obyekt; emblema yoki belgi. 2. Biror narsani belgilash uchun ishlatiladigan harf, raqam yoki boshqa belgi yoki harflar birikmasi yoki shunga o‘xshash narsalar. 3. O‘zaro bogʻlangan maʼnolar majmuasiga ega boʻlgan va ramziy maʼnodan ajraladigan, timsollangan narsaning bir qismi boʻlgan va oʻzining normal vazifasini bajaruvchi sifatida qabul qilinadigan soʻz, ibora, tasvir yoki shunga oʻxshash narsalar ramzlashtirilgan narsani ifodalaydi. Odatda o‘z ma’nosini asosan u paydo bo‘lgan tuzilishdan kelib chiqadi va odatda belgidan ajralib turadi” deb Collins lug‘atida berilgan. Bu fikr ramzning belgi aosida shakllanganligini asoslab turadi. Haqiqatan, ikki narsa yoki tushuncha o‘zaro bog‘langan maʼnolar bilan bog‘lanadi. Аytaylik, sheʼriyatda qush erkinlik ramzi hisoblanadi. Shu jihatdan qushning havolarda bemalol qanot qoqishi erkinlik bilan aloqador. Boshqa “Meriam-Webster” lug‘atida “ongdagi biror mavhum narsani ifodalovchi obyekt yoki harakatni ifodalash” ramz deb yuritiladi. Binobarin, simvol ongdagi mavhum tushunchaning obrazli ifodasidir. “Simvolizm – bu shaxs, obyekt yoki g‘oya yordamida bir narsani boshqa narsa uchun ifodalash” deb “The writers” lug‘atida berilgan dir. Аdabiyotda simvolizm oqimi bo‘lib, buning asosiy talabi – hayotni, undagi insonni tasvirlashda faqat ramzlarga tayanishdir. Ramz esa umuman, badiiy adabiyotga xosdir. Shu maʼnoda Wikipediada: “Ramz – bu o‘zidan boshqa narsani anglatuvchi obyekt, harakat yoki g‘oya, ko‘pincha mavhumroq xususiyatga ega”. Demak, ramz uchun ranglar, predmetlar, narsalar, flora va fauna dunyosi tanlanadi. Tanlangan obyekt asosida ifodalangan ko‘chma – timsoliy maʼno aniqlanadi. “Oq kaptarni ko‘rganingizda xayolingizga nima keladi? Bu shunchaki qushmi yoki balki tinchlik va erkinlik belgisimi? Ba’zi obyektlar, so‘zlar yoki tushunchalar muayyan assotsiatsiyalarni keltirib chiqaradi. Ular biz tushuna oladigan qo‘shimcha ma’noga ega. Bunday narsalar ramzlar deb ataladi”. Oq kaptar bunda obyekt bo‘lib, u tinchlik, erkinlik tushunchasiga muvofiq keladi. Ya’ni oq kaptar va tinchlik tushunchalari o‘zaro bog‘langan. “Ramz – bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita boshqa narsani ifodalovchi har qanday narsa. San’at va adabiyotda ramz ko‘pincha obyekt orqali uzatiladigan mavhum g‘oyani bildirib keladi. Bu o‘simlik, bino, hayvon yoki hatto odam bo‘lishi mumkin. Masalan, qizil atirgul sevgi, qarg‘a esa o‘lim va halokat ramzidir”. Ko‘rinadiki, ramz uchun har qanday narsa tanlanishi mumkin. U o

Доказательный фрагмент

«In this article, views on symbols in world and Uzbek literature, different definitions of symbols in dictionaries, similarities and differences between symbolism and symbols, several stages of symbols in literature an…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, views on symbols in world and Uzbek literature, different definitions of symbols in dictionaries, similarities and differences between symbolism and symbols, several stages of symbols in literature an… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
symbol, symbolic analysis, definitions of symbols, types of symbols, stages of, ramz ta’riflari, poetik obraz, ramziy tahlil, ramz ko‘rinishlari, ramz turlari, ramz, ramz bosqichlari, arxitep.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники