К содержанию
РецензированоRU2026

O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA ILOHIY MAVZU VA RIVOYATLAR

Muxtorova Umida Tolib qizi

Наука и технология в современном мире · 9-12 · 2026

Аннотация

В истории восточной литературы в результате интеграции художественной литературы с религиозно-мистическими концепциями, то есть в результате влияния Священного Корана и хадисов, возникли произведения различных жанров, отражающие общечеловеческие идеи и моральные концепции. Ключевые слова: интеграция, божественное, мистика, литературно- философское, благочестивое, оппонент, синтез, престол. Mumtoz so‘z san’atimizda ilohiy mavzudagi rivoyatlar markaziy o‘rinni egallaydi. Bu hol deyarli barcha janrlarda – doston, qissa, ruboiy, g‘azal va hikmatlarda yorqin ifoda topgan. Islom dini va xususan, tasavvuf falsafasi bu adabiyotning asosi sanaladi. Asosiy motivlar – ilohiy ishq (ishqi ilohiy), maʼrifatga yetishish, o‘tkinchi dunyodan voz kechish, ilohiy adolat, qur’oniy rivoyatlar va payg‘ambarlar qissalaridir. Ushbu yo‘nalish namoyandalari orasida Yusuf xos Hojib ijodining alohida o‘rni bor. Uning bizgacha yetib kelgan yagona asari – “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”) dostoni didaktik xarakterga ega bo‘lib, davlat boshqaruvi va insoniy fazilatlar haqidagi falsafiy manbadir. Unda ilohiy mavzular asosiy g‘oyalarni ifodalovchi axloqiy meʼyorlar va hikmatlarda aks etadi. Asarda to‘rt qahramon adolat, davlat, aql va qanoat kabi tushunchalarni anglatadi. Bu tushunchalar yakuniy holda ilohiy iroda va hikmatning ko‘rinishi sifatida tasvirlanadi. Asar muqaddimasida Yaratuvchining yagonaligi, abadiyligi va barcha bilimlar, hikmatlar manbayi ekanligi taʼkidlanadi. Shunday qilib, kitobda bayon etilgan har bir qonun va hikmat ilohiy qudrat bilan bog‘liq ekanligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, qadim adabiyotimizdagi ilohiy motivlar takomilida Ahmad Yassaviy “Hikmatlar”i ham muhim ahamiyatga ega. Bu ijodkor turkiy tasavvuf sheʼriyatining asoschisidir. Uning “Hikmatlar” asari asosan ilohiy ishq, zikr, suluk (ruhiy sayohat) va dunyodan kechish mavzulariga bag‘ishlangan. U o‘z hikmatlarida shariatga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi va ilohiy sevgiga erishish yo‘lini sodda tilda bayon etadi. O‘z navbatida, yana bir mumtoz ijodkor Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” asari musulmon Sharqida keng tarqalgan “qissatul anbiya” (payg‘ambarlar qissalari) janrining yorqin namunasidir. Asar boshdan-oyoq ilohiy rivoyatlarga, Qurʼon qissalari va hadislarga asoslangan bo‘lib, islom dini asoslarini, payg‘ambarlarning karomatlarini, Allohning qudrati hamda rahm-shafqatini badiiy yo‘sinda bayon etadi. Tabiiyki, qadim Turon zaminidagi tamaddun hamda beqiyos madaniy yuksalish tagzaminida nafaqat islom va tasavvuf ma’rifati, balki ozmi-ko‘pmi antik yunon adabiyoti bilan tanishuv ham yotibdi. Ayniqsa, dunyo so‘z san’ati darg‘alaridan biri Homerning turkiy xalqlar, 140 ` xususan, Markaziy Osiyo ijodkorlari va olimlari uchun ruhan-ma’nan yaqin ekanini ming yillarga tatigulik ijtimoiy-madaniy hodisa o‘laroq baholash mumkin. Tarixiy ma’lumotlarga binoan, ulug‘ qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy o‘ttizdan ortiq tilni bilgan. Jumladan, uning asarlaridan ma’lum bo‘lishicha olim qadimgi yunon tilini ham bilganligi va bu tilda insho etilgan Homerning mumtoz dostonlarini erkin mutolaa qilganligi haqida dalillar yetib kelgan. Bu esa azaldan Turkiston va Yunoniston o‘rtasida qadimdan ham ijtimoiy va ma’naviy aloqalar mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi. Beruniy Homer ijodidan o‘z asarlarida parchalar olganligi haqida atoqli rus sharqshunosi I.Y.Krachkovskiy ma’lumot bergan edi. Arab tili va Qur’on bilimdoni Krachkovskiyning 1945-yilda sobiq SSSR Fanlar akademiyasining “Axborot” jurnalining IV sonida bosilgan “Homer va Beruniy” nomli maqolasida bu haqda fikr yuritgan. Ulkan olim Krachkovskiy Beruniyning yunon tilini ham bilishini Homer asarlarining o‘sha vaqt hali arabchaga tarjima bo‘lmaganligi misolida isbotlab bergan. Beruniy “Hindiston” asarida “Iliada”dan ikkita, “Odisseya”dan bitta parcha olib, o‘z qarashlarining isboti sifatida foydalangan edi. O‘z navbatida, Sharq mutafakkirlarining ilohiy haqiqatlar, diniy va g‘aybiy masalalar aks etgan durdona asarlari ayrim G‘arb ijodkorlarining adabiy faoliyatiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, ulug‘ faylasuf, adib va tabib Abu Ali ibn Sinoning “Ha’y ibn Yahzon”, “Risolayi fill’ishq” singari adabiy-falsafiy asarlari buyuk shoir Dante Aligyerining “Ilohiy komediya” dostoni yaratilishiga mazmunan salmoqli ta’sir ko‘rsatgan. Umuman, Sharq xalqlari adabiyotlarida Ibn Sinogacha va undan keyin ham xayoliy sayr, ilohiy olam tasavvurlari vositasida asar yozish an’ana bo‘lgan. Eronshunos olim E.Bloshe “Ilohiy komediya”ning sharqiy manbalari” maqolasida keltirishicha, Dantening “narigi dunyo”ga sayohati Zardusht dinidagi taqvodor Viraf tushlarining aks sadosidir. Shoir buni islom aqidalari orqali qabul qilgan bo‘lishi kerak, deya ta’kidlaydi olim. Sharq xalqlari orasida arab, fors va turkiy tillarda keng tarqalgan “Me’rojnoma” deb nomlangan yaratmalar shunday asarlardandir. Ularda Muhammad payg‘ambarning osmonga ko‘tarilib, Arshda Xudo dargohiga tashrifi, Do‘zax va Jannatni aylanib chiqqani, gunohkorlarning uqubat hamda has

Доказательный фрагмент

«В истории восточной литературы в результате интеграции художественной литературы с религиозно-мистическими концепциями, то есть в результате влияния Священного Корана и хадисов, возникли произведения различных жанров,…»

Образец извлечения

Демо-превью

В истории восточной литературы в результате интеграции художественной литературы с религиозно-мистическими концепциями, то есть в результате влияния Священного Корана и хадисов, возникли произведения различных жанров,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
интеграция, божественное, мистика, литературно-, integratsiyalashuv, tasavvuf, sintez, muxolif, ilohiy, adabiy-falsafiy, arsh., pokdomon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники