Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
AMIR TEMURGA BAG’ISHLANGAN DRAMATIK ASARLARDA NUTQ, QO’SHMA GAPLAR SINTAKSISI
GAPLAR SINTAKSISI · Yaxshiyeva Zebo Rashidovna · Jumayeva Durdona Azamat qizi
Наука и технология в современном мире · 1 · 9-12 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Amir Temur haqida yozilgan o’zbek va jahon nasridgi asarlarda nutq poetikasi hamda ularda qo’llanilgan shart ergash gapli qo’shma gaplar turlari va bu qo’shma gaplarning ishlatilishidan mualliflarning maqsad muddaolari tahlilga tortilgan. Shuningdek, mualliflarning davr va makon silsilasida turli zamonlarda va turli hududlarda yaratilgan buyuk Sohibqiron haqida yaratilgan asarlarda aynan shart ergash gapli qo’shma gaplarning ishlatilishidan ko’zlangan vazifalarni ilmiy tadqiq etdik. Kalit so’zlar: K.Marlo, xronotop, sintaksis, shart ergash gapli qo’shma gaplar, morfologiya, punktuatsiya, Tamburlaine Barcha janrlarga mansub asarlar poetikasiga ilmiy asosda baho berish jarayonida ularning til xususiyatlarini qat’iy e’tiborga olish talab qilinadi. Adabiyot sо‘z san’ati bо‘lgani uchun ham lingvistika, tarjima bilan bir butunlikni tashkil etadi. Tilshunoslik ilmida fikr almashish vositasi hisoblanadigan sо‘z badiiy adabiyotda yozuvchilar yaratadigan ifoda va tasvir uchun material vazifasini bajaradi. Shu sababdan, badiiy adabiyotning quroli bо‘lgan sо‘zlarning leksik, grammatik, sintaktik xususiyatlarini atroflicha tadqiq etish, shart ergash gapli qo’shma gaplar ishlatilgan o’rinlarni anglash uchun tilshunoslik fanining qonuniyatlaridan boxabar bо‘lish zarur. Ijodkor sо‘zning, gapning lug‘aviy ma’nosini yaxshi idrok etishiga qaramay, uning grammatik ma’nosini yetarlicha anglamasa, tasvir va ifoda jarayonida g‘alizliklar paydo bо‘lishi mumkin. Qolaversa, yozuvchi, shoir, dramaturg tilshunoslik fanining grammatika tarkibidagi sohasi bо‘lgan sо‘zlarning о‘zaro bog‘lanishi, shart ergash gapli qo’shma gap va uning turlarini о‘rganuvchi sintaksis qoidalarini о‘zlashtirgan bо‘lishi shart. Professor Dilmurod Quronov quyidagi fikrlarni bildiradi: “Bаdiiy nutqning xususiyаtlаri hаqidа sо‘z bоrgаndа, еng аvvаlо, uning оbrаzliligi tilgа оlinаdi. Mа’lumki, tildа mаvjud sо‘zlаrning kо‘pchiligi aslida оbrаzli tаbiаtgа еgа, birоq bаdiiy nutqning оbrаzliligi о‘shа sо‘zlаrning о‘zаrо mаzmuniy-grаmmatik аlоqа-munоsаbаtdа izchil bir qаtоrgа tizilishidаn vоqе bо‘lаdi, yа’ni u ikkilamchi obrazlilikdir. Badiiy nutq shunchaki informatsiya yetkazmaydi, balki lisoniy obrazlar qatorini davriy ketma-ketlikda yaratib boradi va pirovardida о‘quvchini yalang fikr-xulosaga emas, badiiy voqelikka rо‘barо‘ qiladi”[1;241]. Ijodkorning “obrazli tabiatga ega” bо‘lgan sо‘zlardan foydalanib, “lisoniy obrazlar qatorini davriy ketma-ketlikda yaratishi” sintaksis qonun-qoidalariga amal qilingan holda voqelanadi. Shu xususiyatlar e’tiborga olinsa, Amir Temur haqida yaratilgan dramatik asarlardagi nutq va sintaksisni ilmiy asosda о‘rganish zarurati paydo bо‘ladi. Aynan shu jihatdan ijodkorlar asarlarida kelgan sodda va qo’shma gaplarni tahlil qilish, ularning morfologik tadqiqi bilan bir qatorda sintaktik va ergash gapli qo’shma gaplar kelgan o’rinlarda piunktuatsion jihatdan ingliz va o’zbek tillarini tahlilga tortish ilmiy izlanishlalrimiz doirasini belgilab beradi. 144 ` Bu nazariy qarashlarni A.Temur haqida yozilgan Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasi tahlilida ko’rar ekanmiz, asar personajlar nutqining о‘zaro mustahkam ma’noviy birlik hosil qilganiga guvoh bо‘lish orqali yuqoridagi fikrning tо‘g‘riligiga amin bо‘lish mumkin. Temur: Boyazidga yana maktub yо‘llagan edik, Yana imkon bergan edik о‘ylab kо‘rishga. Biroq hanuz javob yо‘qdir. Muhammad Qovchin Balki Boyazid Tavba qilib о‘tirardi, agar jura’ti sо‘nib. Yo adolat jabhasida biz tо‘kkan qonlar Nazaringda, sel misoli kо‘pirmoqdami?’’[2;406] Sohibqironning Boyazidga maktub yо‘llagani haqida sо‘zlashi vazir Muhammad Qovchinning to’kilgan qonlar qо‘rquvi haqidagi fikrini bildirishiga sabab bо‘ladi. Bu fikr Temurni g‘azablantiradi. U о‘zining nohaq qon tо‘kishdan zavqlanadigan zolim hukmdor emasligini ta’kidlashga shoshiladi. U faqatgina adolat о‘rnatish uchun qon tо‘kkanini e’tirof etadi. Amir Temurning harbiy yurishlariga turli darajadagi amaldorlar, sarkardalar va oddiy xalq vakillarining munosabatini kо‘rsatish, bu borada Sohibqironning dalillarini yuzaga chiqarishdir. Agar Amir Temurning adolat uchun qon tо‘kkanini asarda dialoglar vositasida emas, balki uning nutqi orqali ta’kidlanganida, asarning shu о‘rinlaridagi teran mantiqiylik va badiiylik ta’minlanmay qolar edi. Natijada, yetkazilayotgan ma’lumot va’z ruhida bо‘lardi. Bu xususiyat ifodaviylikdan holi bо‘lib, qahramonlar о‘rtasidagi kolliziyaning yuzaga chiqishiga halaqit bergan bо‘lar edi. Ushbu she’riy parcha tarkibida kelgan “Tavba qilib о‘tirardi, agar jura’ti sо‘nib” jumlasi tahliliga e’tibor qaratsak, ushbu gap o’zbek ona tilimiz grammatikasida ergash gapli qo’shma gaplarning holat ergash gapli qo’shma gap tarzida keltirilgan. Bu esa Ingliz tili o’rganuvchilariga tushunishlari qiyin tuyulmasligi uchun Ingliz tili grammatikasida ergash gapli qo’shma gaplar asosan ma’noviy-sintaktik jihatdan emas, aksincha real- unreal va mixed tarzida mualligning ishtirroki va vaqt nuqtayui nazarida turkumlanganligi bois, buni qiyos
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Amir Temur haqida yozilgan o’zbek va jahon nasridgi asarlarda nutq poetikasi hamda ularda qo’llanilgan shart ergash gapli qo’shma gaplar turlari va bu qo’shma gaplarning ishlatilishidan mualliflarning m…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Amir Temur haqida yozilgan o’zbek va jahon nasridgi asarlarda nutq poetikasi hamda ularda qo’llanilgan shart ergash gapli qo’shma gaplar turlari va bu qo’shma gaplarning ishlatilishidan mualliflarning m… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sintaksis, xronotop, shart ergash gapli qo’shma gaplar, punktuatsiya, Tamburlaine, K.Marlo, morfologiya
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021