К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILARNI MURAKKAB IKKI AMALLI MASALALARNI YECHISHGA O‘RGATISH USULLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · O‘RGATISH USULLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Boymanov Hoshim Isroilovich (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Boshlangʻich ta’limning birinchi sinflarida masalalar yechishda oʻquvchilar yig‘indi va qoldiqni topishga doir, sonni bir necha birlik orttirish yoki kamaytirishga doir yig‘indi va qo‘shiluvchilarni topishga doir, ayirmali taqqoslashga doir sodda masalalar, ayirmani va kamayuvchini topishga doir, ayirmani va ayriluvchini topishga doir bir necha koʻrinishdagi masalalarga duch kelishadi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarni qobliyatini e’tiborga olsak, ularda matematik masalalarni yechish shakllanmagan, oʻquvchilar sodda va murakkab masalalarni toʻliq oʻqiy olmaydilar. Bu masalada oʻquvchilarga matnli masalalar yechishni oʻrgatishda nimalarga asosiy e’tiborni qaratish kerakligi haqida soʻz yuritiladi. Kalit soʻzi: Masala, Umumiy masalalar, Bir amal bilan yechiladigan sodda masalalar, ikki va uch amalli murakkab masalalar, Qoʻshish (orttirish) – bu surib keltirish, olib kelish, yaqinlashtirish, Ayirish – bu surib yuborish, ketish, olib ketish, uzoqlashtirish, uchib ketish. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning matematika fanini o’zlashtirishlari misol va masalalar yechishga bog‘liq. Shuning uchun ham matematika darslarida o‘quvchilarni misol va masalalar yechishga o‘rgatish muhum va dolzarb masala hisoblanadi. Shuning uchun ushbu maqolada o‘quvchilarga tarkibli masalalarni yechishga o‘rgatishning muhim tomonlariga e’tibor qaratish kerakligi haqidagi metodik fikrlarni bayon etish maqsad qilib qo‘yilgan. Hozirgi kungacha boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilar tayyor bilimlar asosida masalalar yechishga o‘rgatib kelinmoqda. Maktab ta’limi tizimidagi islohatlar va bugungi davr talabi shuni ko’rsatmoqdaki, o’quvchilar matematik bilimlarni o’zlari qidirib topishligi lozimligi, o’qituvchilar esa bunga sharoit yaratishi va nazar qilinishini talab etmoqda. Ma’lumki, matematika bolalarda fikrlash, diqqat, xotira, ijodiy fikrlash, kuzatuvchanlik kabi fazilatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek masalalar yechish o’quvchilarga mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshiradi, o’z fikrini aniq, to’g’ri va ravon bayon etishga o’rgatadi, matematik tushunchalarni to’g’ri shakllantirishga, bolalarni o’rab turgan muhidning o’zaro aloqadorligining turli tomonlarini chuqurroq anglashga yordam beradi. Masala tushunchasidan berilgan ma’lum ikkitadan kam bo’lmagan sonlar bilan bitta yoki birnecha no’malum sonlarni topish talab qilinishini tushunish mumkin. Masalada o’quvchi ma’lum sonlar bilan noma’lum sonlar orasidagi bog’lanishlarni masalaning mazmunidan o’zi topishi, masalani o’zi tanlashi va amallarning bajarilish tartiblarini o’zi aniqlashi kerak. Ma’lumki, boshlang’ich sinflarda matematik masalalar sodda va murakkab masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan faqat bir marta yechish mumkin bo’lgan masalalar sodda masalalar jumlasiga kiradi. Ikki, uch yoki undan ortiq amal yordamida yechiladigan masalalar murakkab masalalar deyiladi. Dastlab o’quvchilarga sodda masalalarni yechish atroflicha o’rgatishi maqsadga muvofiq. Asosan sodda masalalar yechishda amallarning ma’nosi ochiladi. 115 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si O’quvchilar bir qator sodda masalalar yechish jarayonida turli amallar bilan yechiladigan masalalarni o’zlashtirib oladilar. Masalan, qo’shish amaliga doir masalalarda berilgan sonlarni bir songa birlashtirish deb tushunishlari mumkin, berilgan sonni birnecha birlik orttirish deb tushunish ham mumkin. Ayirish amaliga ham qoldiqni topish deb tushunish mumkin yoki birnecha birlik kamayish deb tushunish mumkin. Shuningdek ayirmani topish ham deb tushunish mumkin va hokazo. O’quvchilarni sodda masalalar yechishga o’rgatish va o’quvchilarning bu bilimlarni to’liq o’zlashtirib olishlari shunchalik zarurki, murakkab masalalar asosan sodda masalalarga keltirilib yechilishi o’quvchilarga o’rgatiladi. Haqiqatdan murakkab masalalarni yechish uchun dastlab murakkab masala sodda masalalarga ajratib olinadi. So’ngra bu sodda masalalar ma’lum tartibga keltirilish kerak. Bu xildagi jarayon o’quvchilarning mantiqiy fikrlashlarini taraqqiy ettiradi. O’quvchilarni murakkab masalalar yechishga o’rgatish uchun masala mazmunidagi hodisani ichiga chuqurriroq kirishlarini yoki masala mazmunidagi xolatni ko’z oldiga aniq keltira olishlarini o’quvchilar anglashlari kerak. Agarda shunday qilinmasa masalani yechilishi o’quvchilarga qiyinlik qiladi. Shuning uchun murakkab masalalarni mazmuni va mahiyati hayotiy, texnika yo’nalishidan, qurilish sohasidan, tabiatdan olingan bo’lsa, o’quvchi masala orqali hayotni, texnika yo’nalishiga doir, qurilish sohasiga doir va tabiatning turli tomonlari bilan aniq sonlarda tanishadi va ularga doir ma’lum bilimlarga ega bo’ladilar. O’quvchini murakkab masalalar yechishga o’rgatishda murakkab ikki amal bilan yechiladigan masalalarni turlarga ajratib o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Ikki amal bilan yechiladigan murakkab masalalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Ikki marta qo’shishga doir murakkab ikki amalli masalalar. Masala, “O’quvchi yashikdan

Доказательный фрагмент

«Boshlangʻich ta’limning birinchi sinflarida masalalar yechishda oʻquvchilar yig‘indi va qoldiqni topishga doir, sonni bir necha birlik orttirish yoki kamaytirishga doir yig‘indi va qo‘shiluvchilarni topishga doir, ayi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Boshlangʻich ta’limning birinchi sinflarida masalalar yechishda oʻquvchilar yig‘indi va qoldiqni topishga doir, sonni bir necha birlik orttirish yoki kamaytirishga doir yig‘indi va qo‘shiluvchilarni topishga doir, ayi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ikki va uch amalli murakkab masalalar, Bir amal bilan yechiladigan sodda masalalar, ketish, olib kelish, Masala, uzoqlashtirish, uchib ketish., Umumiy masalalar, olib ketish, Ayirish – bu surib yuborish, Qoʻshish (orttirish) – bu surib keltirish, yaqinlashtirish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники