К содержанию
РецензированоUZ2026

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI USTAV FONDINI SHAKLLANTIRISH TARTIBI

Maxmudov Sherali Xayitovich

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda tadbirkorlik subyektlari turlari, tadbirkorlik subyektlarini qonun hujjatlarida belgilangan ta’sis etish tartibi, ularning ustavi tarkibi, ustav fondini shakllantirish tartibi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Ta’sis shartnomasi, ustav, Mas’uliyati cheklangan jamiyat, to‘liq shirkat, kommandit shirkat, aksiyadorlik jamiyati, fermer xo‘jaligi. Tadbirkorlik faoliyati foyda olish maqsadida tavakkalchilikka asoslangan faoliyatdir. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g’risidagi qonunning 4-moddasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Tadbirkorlik subyekti sifatida jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat, dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda faoliyat olib borishi mumkin. Yuridik shaxs sifatida tadbirkorlik subyekti, qo‘shgan hissasiga qarab mas’uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyati, tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishiga qarab to‘liq shirkat, kommandit shirkat, faoliyatda o‘z mehnati bilan ishtirok etishiga ko‘ra ishlab chiqarish kooperativi, dehqon xo‘jaligi, boshqaruvdagi ishtirokiga ko‘ra xususiy korxona yoki fermer xo‘jaligi kabi turlarga bo‘linadi. Yuqorida ayrim yuridik shaxs sifatida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari nomlari keltirildi. Ushbu tadbirkorlik subyektlariga qisqacha tariflar berib o‘tamiz. Mas’uliyati cheklangan jamiyat bu bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyatidir. Bunday jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilga paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Jamiyatni tasis etishda jamiyat muassislari jamiyat tasis shartnomasini tuzishi va jamiyat ustavini tasdiqlashi kerak. Keyingi tadbirkorlik subyekti to‘liq shirkat bo‘lib, ishtirokchilari o‘z o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat hisoblanadi. To‘liq shirkat xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Bitta jismoniy yoki yuridik shaxs faqat bitta to‘liq shirkatda ishtirokchi bo‘lishi mumkin. Kommandit shirkat sheriklikdagi xo‘jalik faoliyati bo‘lib, unda to‘liq sheriklar bilan birgalikda kommanditchi sheriklar ham ishtirok etadi. Bunda to‘liq sheriklar shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini yuritib, jamiyatning barcha majburiyatlari bo‘yicha o‘zining barcha mol- mulki bilan javobgar bo‘ladi. Shaxs faqat bitta kommandit shirkatda to‘liq sherik bo‘lishi mumkin. To‘liq shirkat ishtirokchisi kommandit shirkatda to‘liq sherik bo‘la olmaydi. Kommandit shirkatdagi to‘liq sherik o‘sha shirkatning o‘zida hissa qo‘shuvchi va boshqa to‘liq shirkatda ishtirokchi bo‘lishi mumkin emas. 57 Aksiyadorlik jamiyati yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy kelishuvi asosida aksiyalarni chiqarish yo‘li bilan mablag'larini birlashtirib, daromad olish maqsadida tashkil etilgan tashkilotdir. Aksiyadorlik jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Jamiyat aksiyadorlari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha ustav fondiga qo‘shgan shaxsiy hissasi doirasida javob beradi. Aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas. Jamiyat esa o‘z majburiyatlari bo‘yicha barcha mol- mulk (barcha mulk) bilan javob beradi. Xususiy korxona — bir jismoniy shaxs tomonidan tashkil etilib, ishonchnomasiz boshqariladigan, shu shaxs tomonidan korxonaga tegishli mol-mulk beriladigan tijoratchi yuridik shaxsdir. Xususiy korxona alohida mol-mulkka ega bo‘lishi, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi, sudda da'vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha barcha mol-mulki bilan javob beradi. Agar korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmasa, korxona mulkdori mol-mulki bilan subsidiar javobgar bo‘ladi. Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda, mulkdor o‘z oila a'zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni korxonaga berayotgan bo‘lsa, ushbu mol- mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi. Fermer xo‘jaligi — ijaraga berilgan yerdan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik subyekti. Xususan, fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanishi mumkin. Fermer xo‘jaligi rahbari uning ta'sischisi — fermerdir. O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, tegishli malaka yoki qishloq xo‘jaligi tajribasi

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda tadbirkorlik subyektlari turlari, tadbirkorlik subyektlarini qonun hujjatlarida belgilangan ta’sis etish tartibi, ularning ustavi tarkibi, ustav fondini shakllantirish tartibi haqida ma’lumotlar keltiri…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda tadbirkorlik subyektlari turlari, tadbirkorlik subyektlarini qonun hujjatlarida belgilangan ta’sis etish tartibi, ularning ustavi tarkibi, ustav fondini shakllantirish tartibi haqida ma’lumotlar keltiri… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
to‘liq shirkat, Ta’sis shartnomasi, kommandit shirkat, Mas’uliyati cheklangan jamiyat, fermer xo‘jaligi., aksiyadorlik jamiyati, ustav
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники