К содержанию
РецензированоUZ2024

OʻZBEKISTONNING BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISHI SHAROITIDA DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONLARINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH · Bekchanov Ruslan Ambiyatovich

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2024

Аннотация

This article explores the reforms aimed at privatizing state property and liberalizing the economy within the framework of the “Uzbekistan — 2030” strategy. It focuses on the transformation of state-owned enterprises, the increase of the private sector's share, and the implementation of transparent privatization mechanisms. The key provisions of the Law “On Privatization of State Property” (adopted on February 14, 2024) are outlined, emphasizing openness, investor engagement, and legal guarantees. Statistical data demonstrate the tangible outcomes of these reforms. Keywords: 94 Uzbekistan — 2030 Strategy, privatization, economic reforms, private sector, transformation, investment, openness, legislation. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi1 qabul qilingan. Mazkur strategiyada quyidagi asosiy gʻoyalar aks ettirilgan, jumladan: barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olish; aholi talablariga va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish; aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish; xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish; mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash. Shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlar faoliyatining eng ustuvor vazifasi etib belgilangan hamda bu boʻyicha ularning birinchi rahbarlariga shaxsiy masʼuliyat yuklangan. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan va amalga oshirilishi davom etayotgan, oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan barcha maqsadlarga erishish va dolzarb vazifalar izchillik bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2030-yilgacha nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish va davlat ishtirokidagi korxonalarni 6 baravarga qisqartirish maqsadida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklarini transformatsiya qilish, ular tarkibidagi raqobat muhiti shakllangan sohalardagi korxonalar sonini kamaytirish hamda davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga asosalangan yangi mexanizmlar va yangicha yondashuvlar hayotga tatbiq etilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga qaratilgan Farmoni2ga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni3 qabul qilindi (2024-yil 14-fevral, OʻRQ-907). Qonunni ishlab chiqishda ushbu sohaga oid xalqaro tajriba, xususan, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, “Indicon Consulting” kompaniyasi, “KPMG” kompaniyasi, polshalik ekspertlar hamda va boshqa bir qator malakali maslahatchilar takliflari inobatga olingan. Qonunning maqsadi – davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat boʻlib, mazkur hujjat ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga asoslangan quyidagi asosiy normalarni oʻz ichiga qamrab olgan: 1 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni. 2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 27-oktyabrdagi PF–6096-son Farmoni. 3 Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevralda qabul qilingan “Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-907-son Qonuni. 95 1. Davlat mulkini xususiylashtirishning elektron-onlayn auksion, tanlov, birja, muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish, raqobatga asoslangan muloqot, koʻchmas mulk, ulush hamda korxonani boshqa jamiyatning ustav fondiga kiritish hamda korxonalarni keyinchalik sotish sharti bilan ijaraga berish kabi 8 ta usul nazarda tutilgan. 2. Davlat mulkini xususiylashtirish dasturlarini tasdiqlashda mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari kengaytirildi. Bunda, dasturlar xususiylashtirishning asosiy maqsadlari va vazifalarini nazarda tutgan holda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqilib, quyidagilar tomonidan tasdiqlanishi belgilanmoqda: a) respublika mulki obyektlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti (yirik davlat korxonalari) va Vazirlar Mahkamasi (qolgan respublika mulklari); “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonuni4da mulklar respublika va munitsipal mulkka ajratilganligi sababli, xususiylashtirish dasturlari ham shu tartibda tasdiqlanadi. b) munitsipal mulk boʻyicha: davlat muassasalari va xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushlarini xususiylashtirish dasturlari –Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari;

Доказательный фрагмент

«This article explores the reforms aimed at privatizing state property and liberalizing the economy within the framework of the “Uzbekistan — 2030” strategy.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the reforms aimed at privatizing state property and liberalizing the economy within the framework of the “Uzbekistan — 2030” strategy. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shaffoflik, davlat mulkini xususiylashtirish, qonunchilik., ochiqlik, xususiy sektor, Oʻzbekiston — 2030 strategiyasi, investitsiya, iqtisodiy islohotlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники