К содержанию
РецензированоUZ2025

Buyrak kasalliklari: Surunkali glomerulonefrit

UZBEKISTAN” JURNALI · Toshpo'latov Diyorbek Anvarjonovich

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada surunkali glomerulonefritning sabablari, rivojlanish mexanizmi, klinik belgilari, tashxislash va davolash usullari yoritilgan. Kasallikning autoimmun tabiati va asoratlari batafsil ko‘rib chiqilib, zamonaviy davolash yondashuvlari keltirilgan. Profilaktika choralari va kasallikni boshqarish usullari ham muhokama qilingan. Kirish so'zlar : buyrak , glomerulonefrit, , SGN, toksin, buyrak biopsiyasi, kreatinin , siydik kislota Mavzuning dolzarbligi: Buyrak kasalliklari, xususan, surunkali glomerulonefrit global sog‘liqni saqlash tizimida jiddiy muammolardan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, buyrak yetishmovchiligining asosiy sabablari orasida SGN yetakchi o‘rinda turadi. Davolashning kech boshlanishi va simptomlarning asta-sekin rivojlanishi kasallikning erta bosqichlarda tashxislanishini murakkablashtiradi. Shuning uchun ushbu mavzuni o‘rganish va davolash usullarini takomillashtirish juda muhimdir. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning asosiy maqsadi surunkali glomerulonefritning rivojlanish sabablarini o‘rganish, tashxis qo‘yishning samarali usullarini aniqlash va davolashning zamonaviy yondashuvlarini taklif qilishdir. Shu bilan birga, kasallikni erta bosqichda aniqlash orqali asoratlarni kamaytirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish ham maqsad qilib qo‘yilgan. Buyrak kasalliklari organizmning asosiy filtrlovchi tizimi bo‘lgan buyraklarning faoliyatini buzadigan patologik holatlardir. Bu kasalliklar orasida surunkali glomerulonefrit keng tarqalgan. Ushbu kasallik glomerulalar (buyrakdagi filtrlovchi tuzilmalar)ning uzoq muddat davomida yallig‘lanishi va zararlanishi bilan tavsiflanadi. Surunkali glomerulonefritning sabablarini aniqlash, davolash usullari va oldini olish choralari tibbiyotning dolzarb masalalaridandir. Buyraklar organizmda asosiy filtrlovchi tizim bo‘lib, ular orqali qon tozalanadi va ortiqcha moddalar siydik orqali chiqariladi. Surunkali glomerulonefrit 246 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 (SGN) – buyrak glomerulalarining autoimmun yallig‘lanishi bilan kechadigan surunkali kasallik bo‘lib, o‘z vaqtida aniqlanmasa buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Surunkali glomerulonefritning sabablari: Surunkali glomerulonefrit autoimmun jarayon natijasida kelib chiqadi. Organizmning immun tizimi o‘zining buyrak glomerulalariga qarshi antitanachalar hosil qiladi va bu surunkali yallig‘lanishga olib keladi. Quyidagi omillar kasallikning rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin: 1. Infeksion kasalliklar (masalan, streptokokk infektsiyalari). 2. Autoimmun kasalliklar (masalan, sistemali qizil yuguruk). 3. Allergik reaksiyalar. 4. Genetik moyillik. Patogenezi (rivojlanish mexanizmi): Surunkali glomerulonefritda glomerulalarda immun yallig‘lanish jarayoni yuz beradi. Bu qon aylanishining buzilishi, filtratsiyaning pasayishi va toksik moddalarni organizmdan chiqarish jarayonining sekinlashishiga olib keladi. Natijada buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Klinik belgilari: Surunkali glomerulonefrit uzoq vaqt davomida simptomsiz kechishi mumkin. Ammo kasallikning rivojlanish bosqichida quyidagi belgilar paydo bo‘ladi: 1.Shishlar: Ertalab yuz va ko‘z atrofida, keyinchalik butun tana bo‘ylab. 2.Arterial gipertenziya: Qon bosimining doimiy oshishi. 3.Proteinuriya: Siydikda oqsil miqdorining ko‘payishi. 4.Gematuriya: Siydikda qon aralashmalarining paydo bo‘lishi. 4.Charchoq va umumiy zaiflik: Organizmda toksinlarning to‘planishi natijasida. Tashxislash usullari: Surunkali glomerulonefritni aniqlash uchun quyidagi tekshiruvlar o‘tkaziladi: 1. Umumiy siydik tahlili: Proteinuriya va gematuriyani aniqlash. 2. Qon tahlili: Kreatinin va siydik kislota darajasini baholash. 3. Buyrak ultratovush tekshiruvi: Buyraklarning hajmi va tuzilmasini o‘rganish. 4. Buyrak biopsiyasi: To‘qima namunalarini o‘rganish. 247 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Patogenezi: SGNda glomerulalarda immun komplekslar yig‘ilib, yallig‘lanish jarayonini boshlaydi. Bu jarayon filtratsiyaning pasayishiga, qon aylanishining buzilishiga va toksik moddalar organizmdan chiqmay, to‘planishiga olib keladi. Natijada buyrak funksiyasining bosqichma -bosqich zaiflashuvi kuzatiladi. Tashxislash usullari: Kasallikni aniqlash uchun quyidagi tekshiruvlar o‘tkaziladi: 1. Umumiy siydik tahlili: Proteinuriya va gematuriyani aniqlash. 2. Biokimyoviy qon tahlili: Kreatinin, siydik kislota va elektrolitlar darajasi. 3. Buyrak ultratovush tekshiruvi: Buyraklarning tuzilmasi va hajmi o‘rganiladi. 4. Biopsiya: Buyrak to‘qimasining mikroskopik tahlili. Davolash usullari: Surunkali glomerulonefritni davolashda quyidagi yo‘nalishlar mavjud: 1. Dori-darmonlar: Immunosupressantlar (masalan, prednizolon). Antigipertenziv vositalar (masalan, ACE inhibitorlari). Diuretiklar (shishn

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada surunkali glomerulonefritning sabablari, rivojlanish mexanizmi, klinik belgilari, tashxislash va davolash usullari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada surunkali glomerulonefritning sabablari, rivojlanish mexanizmi, klinik belgilari, tashxislash va davolash usullari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
toksin, SGN, kreatinin, glomerulonefrit, buyrak biopsiyasi, buyrak
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники