К содержанию
РецензированоUZ2025

Byudjet tashkilotlarida daromad va xarajatlar hisobi bo‘yicha xalqaro tajriba va O‘zbekistondagi amaliyot taqqoslanishi

UZBEKISTAN” JURNALI · To‘laganova Dildora Baxodir qizi

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 03 · 2025

Аннотация

This article analyzes the international experience and practice of accounting for income and expenses in budgetary organizations in Uzbekistan. It highlights the differences and similarities between international standards, including International Public Sector Accounting Standards (IPSAS) and the practices of other advanced countries, and the current practice in Uzbekistan. The article provides an 256 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 analysis of income and expenditure planning, reporting forms, levels of transparency, and financial control mechanisms. Keywords: budgetary organizations, income and expenditure accounting, international experience, IPSAS, financial management, transparency, Uzbekistan practice. Kirish: Byudjet tashkilotlari faoliyatida daromad va xarajatlar hisobi davlat moliyasini samarali boshqarishning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Ushbu jarayon nafaqat mablag‘larning maqsadli ishlatilishini ta’minlaydi, balki davlat moliyaviy intizomini mustahkamlash, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarini amalga oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon miqyosida davlat sektori buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv tizimlari Xalqaro davlat sektori buxgalteriya hisobi standartlari (IPSAS) asosida takomillashtirilmoqda. Ushbu standartlar daromad va xarajatlarni akkumulatsiya usulida hisobga olish, real vaqt rejimidagi shaffof hisobot taqdim etish va mustaqil moliyaviy nazoratni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda byudjet tashkilotlarining daromad va xarajatlar hisobi bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, “E- Byudjet” axborot tizimi joriy etildi, davlat xarajatlari bo‘yicha ochiqlikni oshirishga xizmat qiluvchi yillik hisobotlar e’lon qilinmoqda va xalqaro standartlarga moslashish yo‘lida bosqichma-bosqich o‘zgarishlar qilinmoqda. Biroq, amaldagi tizimning xalqaro ilg‘or tajribaga mosligi, shaffoflik darajasi, hisob yuritish usullari va nazorat mexanizmlari bo‘yicha ayrim farqlar mavjud. Shu bois, xalqaro tajriba bilan O‘zbekiston amaliyotini taqqoslash mavjud muammolarni aniqlash va istiqboldagi islohotlar uchun ilmiy asos yaratishda muhimdir. Asosiy qism: Davlat moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanish, byudjet mablag‘larini samarali taqsimlash va ularning sarflanishida shaffoflikni ta’minlash zamonaviy boshqaruvning eng muhim talablaridan biridir. Bugungi globallashuv sharoitida byudjet tashkilotlarida daromad va xarajatlar hisobi nafaqat ichki iqtisodiy barqarorlik, balki xalqaro moliyaviy ishonchlilikni ta’minlash omili sifatida ham dolzarb ahamiyatga ega. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, davlat sektori hisobini yuritishda aniq standartlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, mustaqil moliyaviy nazorat va ochiq hisobot tizimlari samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi. IPSAS kabi xalqaro standartlar joriy etilgan davlatlarda mablag‘larning maqsadsiz sarflanishi kamayadi, 257 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 07, 2025. JULY ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 jamoatchilik ishonchi ortadi hamda korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari kuchayadi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlarga moslashish va elektron byudjet tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ammo hisob yuritish usullarida akkumulatsiya tamoyillarining to‘liq joriy etilmagani, real vaqt rejimidagi shaffoflikning yetarli darajada ta’minlanmagani kabi omillar xalqaro ilg‘or tajribaga to‘liq moslashishga to‘sqinlik qilmoqda. Shu sababli byudjet tashkilotlarida daromad va xarajatlar hisobi bo‘yicha xalqaro tajribani chuqur o‘rganish, mavjud amaliyot bilan taqqoslash va milliy tizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Mavzuning ahamiyati Byudjet tashkilotlarida daromad va xarajatlar hisobini to‘g‘ri va aniq yuritish davlat moliyaviy boshqaruvi tizimining barqarorligi va samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Ushbu jarayon davlat mablag‘larining maqsadli ishlatilishini kafolatlaydi, moliyaviy intizomni mustahkamlaydi hamda jamoatchilik oldida hisobdorlikni oshiradi. Xalqaro tajribani o‘rganish va uni milliy amaliyotga tatbiq etish O‘zbekistonning moliyaviy boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda xalqaro moliyaviy hamkorlik darajasini kengaytirishga xizmat qiladi. Mazkur mavzu bo‘yicha olib boriladigan ilmiy izlanishlar: Byudjet hisobi jarayonida aniqlik va shaffoflikni ta’minlashga; Davlat sektori uchun xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni milliy sharoitga moslashtirishga; Moliyaviy boshqaruv tizimida samaradorlikni oshirishga; Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlarini kuchaytirishga; Jamoatchilikning davlat moliyas

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the international experience and practice of accounting for income and expenses in budgetary organizations in Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the international experience and practice of accounting for income and expenses in budgetary organizations in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
budgetary organizations, income and expenditure accounting, shaffoflik, O‘zbekiston amaliyoti., daromad va xarajatlar hisobi, byudjet tashkilotlari, moliyaviy boshqaruv, xalqaro tajriba, IPSAS
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники