К содержанию
РецензированоUZ2024

ERKIN VOHIDOV IJODIDA POETIK LEKSEMALARIDAN FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOSLIGI

FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOSLIGI · Diyora Begjigitova Abdimannob qizi

ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024

Аннотация

This article shows the uniqueness of the poet's work, the creative use of poetic lexemes in his works in a new way, and at the same time, his distinction from the examples of other creative people. In addition, the terms poetry, poetics, poeticity, and poetic linguistics are also extensively discussed. Keywords: poetry, poetics, poeticity, poetic linguistics, poetry, poetic titles, occasional words 81 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 7 Biz shu narsani takidlashimiz kerakki, she’riyat olamiga qadam qo‘yarkanmiz poeziya, poetika, poetik leksika, poetiklik nomli tushunchalarga duch kelamiz, bular bir-biridan farq qilsa-da, bir-biridan ayro tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki ular har doim bir birini to‘ldirishga xizmat qiladi. Poeziya (she’riyat) bu so‘zlar keng qamrovli, u o‘z ichiga poetiklik va poetik leksika kabi tushunchalarni oladi. Badiiy asar tilining badiiylik, obrazlilik va ta’sirchanlik ko‘lami janr xususiyatlariga ko‘ra, bir xil emas. Bu vositalar nisbatan poeziya tilida bo‘rtibroq turadi. Ma’lumki, biz shoir ijodiga nazar solar ekanmiz uning ijod gulshani qanchalar rang-barang va betakror ekanligining guvohi bo‘lamiz. uning so‘z qo‘llash mahorati hamda she’rlari orqali ma’lum mavzuni teran yoritib berishi barcha kitobxonni o‘ziga jalb etadi. Iste’dodli shoir o‘zining iliq lirizm va hayotbaxsh romantika bilan sug‘orilgan o‘ynoqi va ravon poeziyasi, o‘tkir publitsistik maqolalari, dramalari, tarjima asarlari teran ilmiy tadqiqotlari bilan xalqimiz orasida keng hurmatga sazovor bo‘lgan sevimli adiblardan biridir. Erkin Vohidov she’riyatining asosiy g‘oyasini vatanparvarlik, o‘zbek xalqiga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, mustaqillik, erkinlik, insoniylik, ona vatanga sadoqat, vafodorlik va boshqa shu kabi xususiyatlar tashkil etadi. Bu go‘zal she’riyat haqida o‘ylaganimizda ko‘z oldimizdan betakror tashbihlar, latif tuyg‘ularga yo‘g‘rilgan quyma satrlar o‘ta boshlaydi. Uning “O‘zbegim” (1968) qasidasidan olingan quyidagi misralar shoirning butun ijodiyoti uchun xos bo‘lgan vatanparvarlik, ona xalqiga bo‘lgan sadoqat va o‘zbek millatiga bo‘lgan tuyg‘usini ko‘rishimiz mumkin: Men Vatanni bog‘ deb aytsam, Sensan unda bitta gul. Men Vatanni ko‘z deb aytsam, Bitta mujgon o‘zbegim. Shoirning Vatan, o‘zbek xalqi mavzusida yozgan misralari doimiy hamrohimiz bo‘lib qoladi: Bu qasidam senga, xalqim, Oq sut-u tuz hurmati, Erkin o‘g‘lingman, qabul et, O‘zbegim, jon o‘zbegim. Bunga o‘xshash durlar shodasini maroq bilan yana davom ettirishimiz mumkin. Yoshlar ongini shakllantirishda g‘oyaviy, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, nafosat ta’sir 82 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 7 kuchini o‘zida mujassamlashtirgan badiiy asarga xos tasviriy vositalar, o‘ziga xos xususiyatlar o‘quvchiga tushunarli bo‘lgan taqdirdagina uning tarbiyaviy ahamiyati, ta’sir kuchi to‘liq namoyon bo‘ladi. Buning uchun esa badiiy asar tilini lisoniy tahlil qilmasdan turib, ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin. Badiiy asar tilini ongli ravishda tahlil qilish ma’lum bir asar mazmunini, uning g‘oyaviy mohiyatini, yozuvchining ijodiy mahorati va g‘oyaviy yo‘nalishini chuqur o‘zlashtirish imkonini beradi. Yuqoridagi matnlarda ham poetiklikning yuksak ko‘rinishlari mavjud. Shunga ham alohida e’tibor qaratish lozimki, poetiklikni ifodalashda alohida poetik vositalar shart bo‘lmasligi mumkin. Zero, ijodkorning yondashuvi asosida so‘zlarning mukammal berilishi poetiklikni ta’minlaydi. Yuqoridagi misrada ham mujgon so‘zidan tashqari alohida buyoqdorlikka ega bo‘lgan yoki keying misrada bo‘yoqdorlikning biroz yuqori ko‘rsatuvchi qabul et fe’lining berilishi kabi vositalardan tashqari elementlar ko‘zga tashlanmasligi mumkindir. Ammo bu misralarda shunday poetiklik, obrazlilik, emotsional-ekspressivlik mavjudki, bu jihatlar misralarning mukammalligini ta’minlagan. Shu bilan birga, har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo‘lib, u og‘zaki hamda yozma ijod na’munasi hisoblanadi. Har bir matn ma’lum bir mazmunni tashiydi va o‘z xususiyatiga ko‘ra turli xil ma’lumotlarni yetkazadi. Har xil xabarlarni yetkazishiga ko‘ra matnlar badiiy matn, publitsisitik matn, ilmiy matn, rasmiy matn shaklida bo‘ladi. Leksikologiyada tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar, ya’ni o‘sha tilning lug‘at boyligi haqida so‘z yuritadi. Tildagi leksik (o‘z va o‘zlashma) qatlamlarni lingvistik tadqiq etish leksik-semantik taraqqiyot qonuniyatlarini belgilashda o‘ta muhimdir. Leksika tarix, madaniyat, fan va xalqning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ilmiy tahlilda ularni hisobga olmasdan turib, so‘z ma’nolarining o‘zgarish manbalari va sabablarini aniqlash mushkul. Ana shu nuqtai nazardan o‘zbek tili leksikasini o‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam bo‘lish lozim. O‘zbek adab

Доказательный фрагмент

«This article shows the uniqueness of the poet's work, the creative use of poetic lexemes in his works in a new way, and at the same time, his distinction from the examples of other creative people.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article shows the uniqueness of the poet's work, the creative use of poetic lexemes in his works in a new way, and at the same time, his distinction from the examples of other creative people. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
poetry, poetics, poeticity, poetic linguistics, poetry, poetic titles, poetik lingvistika, she’riyat, okkazional so‘zlar, she’riy sarlavhalar, poeziya, poetika, poetiklik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники