К содержанию
РецензированоUZ2025

MUSTAQILLIK SHAROFATI BILAN OQLANGAN JADIDLAR. MARYAM SULTONMURODOVA (1905–1971 yilda)

Madaliyeva Aziza

Для учителей · 111-114 · 2025

Аннотация

Maryam Sultonmurodova 1919 yildan Toshkentdagi maorif maktab gimnaziyasida o‘qiydi. Shundan so‘ng oliy maʼlumot olish maqsadida 1920-21 yillarda Orenburg tatar pedagogika institutida o‘qiydi. 1921 yil yozgi taʼtilda Xorazmga kelgan Maryam Xorazm kompartiyasi Markaziy Kengashida avval adabiy bo‘limga, so‘ng ayollar bo‘limiga rahbarlikka tayinlanadi. Maryam bu vazifaga kirishadi. Biroq, og‘ir tarixiy sharoit va qiyinchiliklar unga ko‘nglidagidek ishlash imkonini bermadi. Natijada 1922 yil iyulda Toshkentga kelib, O‘rta Osiyo davlat universitetining Ishchi fakultetiga hujjat topshiradi. 1922 yil oktyabrida Maryam Sultonmurodova Buxoro hukumati tomonidan Germaniyaga o‘qish uchun yuborilayotgan talabalar safiga kiritiladi. Xorazm Xalq Respublikaning Moskvadagi muxtor vakilligi xodimi Karim Safayev yordamida Maryam xorij uchun pasport olib, Leningradga boradi. Leningrad portidan Xayrinisa Majidxonova, To‘lagan Mo‘minovlar bo‘lgan guruh bilan paroxodda Germaniyaning Shtetsin shahriga yetib boradilar. Hech qachon ochiq dengizni ko‘rmagan sahro qizi paraxodga tushishi bilan u yerga yetib borguncha betob bo‘ladi.Maryam Sultonmurodova 1922-23 yillarda Berlin universiteti qoshidagi olti oylik tayyorlov kursida o‘qiydi. 1924 yil Darmshtadt shahridagi “Viktoriya” o‘qituvchilar seminariyasiga imtixon topshiradi. Darhaqiqat, xorij taʼlimi Maryamxonga oson kechmadi. Germaniyada tahsil olgan Sattor Jabborning Ertoy nomi bilan “Turkiston” gazetasining 1924 yil 2 sentyabr sonida eʼlon qilingan maqolasida bu to‘g‘rida shunday yoziladi: “...Xivalik Maryamxon moddiy tomondan yaxshi taʼmin qilinmagani uchun yo‘llarida ko‘p chatoqliklar ko‘radir. Chindan hayot xotini bo‘lmoq va Turkistonda qolg‘on opa-singillarimizning istiqboli uchun hech kim ko‘rsatmas qahramonlik qilib kelgan qimmatlik qizimizga Xorazm jumhuriyatimizning shunday sovuqqonlik bilan qarashig‘a Turkiston yoshlari taassuf etolmay turolmaydurlar”.

Доказательный фрагмент

«Maryam Sultonmurodova 1919 yildan Toshkentdagi maorif maktab gimnaziyasida o‘qiydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maryam Sultonmurodova 1919 yildan Toshkentdagi maorif maktab gimnaziyasida o‘qiydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maryam sultonmurodova, qiydi yil, xorazm, yillarda, kelgan, topshiradi, xorij
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники