Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IQTISODIY TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISHDA XALQARO TAJRIBALARNI QO‘LLASH MASALALARI
TAJRIBALARNI QO‘LLASH MASALALARI · Qlichev Baxtiyor Pardayevich
Для учителей · 2 · 169- 175 · 2026
Аннотация
This article explores the essence of CALS technologies in organizing the analysis of the operational activities of enterprises used in international practice. The practical aspects and features of the application of this technology are also covered. Key words: operational activity, economic integration, CALS technologies, operational cycle, operational information Erkin intensiv raqobat va iqtisodiy munosabatlar mavjud bugungi sharoitda xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati barqarorligi va daromadlarni oshirishda amalga oshiriladigan iqtisodiy tahlil ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar operatsion faoliyati tahlilida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mehnat vositalari, predmetlari va mehnat resurlarining taʼminoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga ega boʻlishdagi umumiy tizim oʻrganiladi. Iqtisodiy integratsiya jarayonlari tezlashgan davrda har bir davlatdagi korxonalar oʻz faoliyatlarida eksport va import operatsiyalari orqali xarajatlarni optimallashtirish boʻyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishlari mumkin. Jahon miqyosida ishonchli biznes hamkorlarga ega boʻlish uchun har bir korxonalar barqaror ijobiy moliyaviy holatni taʼminlash, asosiy daromad keltiruvchi operatsion faoliyat samaradorligi boʻyicha muntazam tahliliy ishlarni amalga oshirib borishi zarur. Kichik va oʻrta biznesda, xususiy va boshqa tadbirkorlik turlarida mahsulot ishlab chiqarishni oshirish hamda sotish hajmini kengaytirish boʻyicha tahliliy ishlarda tezkor tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirib, talab yuqori boʻladigan mahsulotlarni (xizmatlar) ishlab chiqarish va qisqa fursatda bozorga yetkazib berish muhim hisoblanadi. Tezkor amalga oshiriladigan mazkur tahliliy tadbirlar orqali mahsulot bahosi va tayyor mahsulotlar qoldigʻining oshib ketmaslik choralari taʼminlanadi. Yillik aylanmasi yuqori boʻlgan ishlab chiqarish korxonalarida esa mahsulot assortimentini oʻzgartirish yangi 24-may 2024-yil 670 BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI mahsulotlarni ishlab chiqarish, mahsulotda texnik jihatdan tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish biroz vaqt talab qiladigan murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun yirik xoʻjalik yurituvchi subyektlarida mahsulot ishlab chiqarish hamda mahsulotlarni sotish oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlash, filiallar, ishlab chiqarish sexlari va javobgarlik markazlari oʻrtasidagi operativ, ishonchli va shaffof axborot almashinuvini tashkil etish, jamoat nazorati, ilmiy va amaliy asoslangan optimal boshqaruv qarorlari orqali tayyor mahsulotlar qoldigʻini kamaytirishga oʻrta va uzoq muddatli tahliliy ishlar orqali erishish mumkin. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda operatsion faoliyati asosiy daromad olib keluvchi faoliyat turi hisoblanganligi tufayli, ushbu faoliyat tahlilini toʻgʻri tashkil etilishi, tahlilning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, operatsion faoliyat tahlilini tashkil etish yoʻnalishlarini toʻgʻri belgilab olish olinadigan tahlil natijalariga bevosita taʼsir etadi. Har tomonlama asoslangan va toʻgʻri tanlangan yoʻnalishda operatsion faoliyat tahlilini tashkil etish korxonalarda xarajatlarni oqilona sarflanishi, mahsulot ishlab chiqarish maqbul hajmlarini belgilash, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning toʻliq realizatsiyasiga erishish, ijobiy moliyaviy natijalarga erishish orqali korxonalar foydasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rivojlangan davlatlar amaliyotida operatsion faoliyat tahlilini tashkil etishda tahlilning maqsadi, muddati, kompaniyalar faoliyat olib boradiga tarmoq va sohalar xususiyatidan kelib chiqib turli yoʻnalishlarda amalga oshiriladi (1- rasm). CALS texnologiyalari CVP- tahlil SADT modeli Operatsion faoliyat tahlili 1-rasm. Xorijiy amaliyotda operatsion faoliyat tahlilini olib borish yoʻnalishlari1. 1 Tadqiqotlar natijasida muallif tomonidan ishlab chiqilgan 24-may 2024-yil 671 BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI CALS texnologiyalari (Continuous Acquisition and Lifecycle Support — mahsulotning operatsion sikli va taʼminot jarayonini uzuksiz axborot bilan taʼminlash) 1986-yilda AQSH harbiy sanoati uchun ishlaydigan kompaniyalarda yirik loyihalarni amalga oshirishda operatsion faoliyat samaradorligini tezkorlik va yuqori mehnat unumdorligi asosida oshirish maqsadida joriy qilingan. 1990- yillarda SSSR ning parchalanishi va qurollanish poygasining tugashi natijasida CALS texnologiyalari iqtisodiyotning turli sohlarida samarali qoʻllanila boshlandi. Avtomatlashgan boshqaruv tizimining rivojlanishi va iqtisodiyotga raqamli texnologiyalarning kirib kelishi CALS texnologiyalarining samaradorligini yanada oshirib berdi. Bugungi kunda korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish va bozordagi talabni tezkorlik bilan qoplash maqsadida tezkor axborotlar almashinuvi asosida qurilgan CALS texnologiyalari AQSH, Yevropa davlatlari, Yaponiya, Xitoy va Rossiyada faoliyat olib borayotgan korxonalarda samarali qoʻllab kel
Доказательный фрагмент
«This article explores the essence of CALS technologies in organizing the analysis of the operational activities of enterprises used in international practice.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the essence of CALS technologies in organizing the analysis of the operational activities of enterprises used in international practice. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- operational activity, economic integration, CALS technologies, iqtisodiy integratsiya, CALS, operatsion faoliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024