К содержанию
РецензированоUZ2026

JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG‘I VA IJTIMOIY SOLIQ HISOBOTINI TO‘LDIRISH AMALIYOTI

Zuhriddin Qahharov

Для учителей · 10- 17 · 2026

Аннотация

Tezisda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisobotini to‘ldirish amaliyoti ko‘rib chiqiladi. Ushbu hisobotlarni to‘ldirish jarayonlari, huquqiy asoslari, soliq to‘lovchilar uchun muhim jihatlar hamda amaliy tavsiyalar haqida ma'lumotlar beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlari va soliq kodeksiga oid tahlillar keltiriladi. Kalit so‘zlar Jismoniy shaxslar, daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, hisobot, soliq kodeksi, soliq to‘lovchilar, huquqiy asoslar, soliq hisobotlari. Mamlakatimizda soliq ma’murchiligini rivojlantirishning asosiy sharti sifatida sohaga raqamlashtirishni keng joriy qilish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga o‘rinsiz aralashuvlarni kamaytirish hisoblanadi. Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq va moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga taqdim qilish faqat elektron shaklda elektron soliq xizmatlari portalida amalga oshirilishi majburiyligi kiritilganligiga ancha vaqt bo‘lgan. Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmagan soliq to‘lovchilarga qanday chora ko‘riladi? Bugungi kunga kelib soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaganligi uchun ma’muriy jarima tarzidagi jazo qo‘llash amaliyoti bekor qilingan. Buning o‘rniga vakolatli soliq organi soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim qilmagan soliq to‘lovchiga bu bo‘yicha amaliy yordam berishi mumkinligi yozilgan xabarnoma jo‘natadi. Ushbu jarayon “Soliq organi – soliq to‘lovchiga madadkor” mezoni asosida amalga oshirilmoqda. Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etilmaganligiga 10 kalendar kuni o‘tganidan so‘ng soliq organi soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlariga ta’qiq qo‘yadi. Amaldagi soliq kodeksining 111-moddasiga asosan soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin. Bunda soliq to‘lovchining (soliq agentining) bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari sud tomonidan qaror qabul qilingunga qadar to‘xtatib turiladi. 24-may 2024-yil 394 BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI Soliq to‘lovchi soliq hisobotini taqdim etgan vaqtdan keyin uning bank hisobvarag‘iga qo‘yilgan ta’qiq bekor qilinadi. Biz ushbu tezis orqali jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining amaldagi hisobot shaklini to‘ldirish va soliq organlariga taqdim qilishni tushuntirib o‘tmoqchimiz. Ushbu tezis yozilayotgan paytda my.soliq.uz saytining hisobotlar qismida “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitobi”ning “11101_16” kodli hisobot shakli amalda edi va hisobotni to‘ldirishni ushshu shakli misolida tushuntirib o‘tamiz. Shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, ijtimoiy soliqning hisobot shakli alohida topshirilmaydi, ya’ni ijtimoiy soliqning ma’lumotlari ham jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bilan bir hisobot shaklida mujassamlashgan bo‘ladi. Hisobot shakli o‘sib boruvchi tartibda to‘ldiriladi va taqdim qilinadi. 1-rasm. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitobi hisobot detallari Barcha soliq hisobotlarida bo‘lgani kabi ushbu hisobotda ham, eng avvalo, hisobot detallari to‘ldirib olinishi zarur. Bunda soliq turi, hisobot turi, hisobot yili, hisobot davri (oy) va hisobot taqdim etiladigan davlat soliq xizmati organi tanlanadi (1-rasm). Barcha soliq turlarining hisobotlari kabi ushbu hisobot ham varaqlar va ilovalardan tashkil topadi. Varaqlar va ilovalarni to‘ldirish avvalo oxirgi varaqlardan boshlash tavsiya etiladi. Ilovalarning ayrimlari hisobot matnida ko‘rinmaydi (№4, №5, №6 va №7 ilovalar). Ushbu ilovalarning ma’lumotlarini to‘ldirish “Biriktiriladigan shablon fayli” orqali amalga oshiriladi (2-rasm). 24-may 2024-yil 395 BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI 2-rasm. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga biriktiriladigan shablon fayli Shablon faylining varaqlari quyidagilar hisoblanadi: - har bir jismoniy shaxs kesimida hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar, mazkur daromadlar bo‘yicha hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida maʼlumot (4-ilova); - har bir jismoniy shaxs kesimida hisoblangan mulkiy (dividend va foizlardan tashqari), moddiy naf tarzidagi va boshqa daromadlar, mazkur daromadlar bo‘yicha hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida maʼlumot (5-ilova); - bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha ish haqi hisoblanishi yuzasidan ma'lumotnoma (6-ilova); - har bir jismoniy shaxs kesimida kasanachilik faoliyatidan olingan daromadlar, mazkur daromadlar bo‘yicha hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan d

Доказательный фрагмент

«Tezisda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisobotini to‘ldirish amaliyoti ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tezisda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisobotini to‘ldirish amaliyoti ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jismoniy shaxslar, hisobot, soliq kodeksi, soliq to‘lovchilar, huquqiy asoslar, daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, soliq hisobotlari.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники