Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BANKLAR TOMONIDAN ZAMONAVIY DEPOZIT XIZMATLARINI KO‘RSATISH AMALIYOTI
KO‘RSATISH AMALIYOTI · Rahimov Akmal Matyaqubovich · TDIU professori
Для учителей · 2 · 2026
Аннотация
Mazkur tadqiqot ishida banklar tomonidan zamonaviy depozit xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti hamda u bilan bog‘liq holatni o‘rganish maqsad qilingan. Shuningdek, banklar tomonidan zamonaviy depozit xizmatlari tavsifini shakllantirish, xususan, masofadan depozit xizmatini ko‘rsatish hamda yashil depozitlar kabi depozit turlari borasidagi ilmiy-nazariy qarashlarni o‘rganish hamda mazkur jarayonda aniqlangan muammolarning yechimi bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kalit so‘zlar. Depozit operatsiyalari, masofaviy depozit xizmatlari, yashil depozitlar, raqamli depozit xizmatlari, aholi omonatlari. Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yil sayin yuksalib, jahon hamjamiyatidagi nufuzini oshib borishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Albatta, bunda bank muassasalari va ishbilarmonlar o‘rtasida qulay infratuzilma, mavjud imkoniyat hamda ishonchli moliyaviy hamkorlikning yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi ham o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda. Tijorat banklari tomonidan mijozlarga xavfsiz, tez hamda ular uchun qulay xizmat ko‘rsatish bugungi kunda muhim jihatlardan hisoblanadi. Bu o‘z navbatida har ikkala tomonga ya’ni, bank va mijoz uchun birdek foydali bo‘lib, ularning kelgusidagi moliyaviy holatini yaxshi tomonga o‘zgarishiga xizmat qiladi. Banklar uchun birinchi navbatda mijoz asosiy hamda birlamchi e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan subyekt hisoblanadi. Mijozlar sonining ortishi kelgusida bankning moliyaviy holatining yaxshilanishi ya’ni bankning daromadi ortishining asosiy omili bo‘lib, bank faoliyati samaradorligi hamda banklararo raqobat muhitida bankning o‘z o‘rni va mavqeini mustahkamlashning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, banklarda bugungi kunda resurs jalb qilishda ham mijozlarning o‘rni beqiyosdir. Har bir mijoz albatta bankda hisob raqam ochib, mazkur hisobraqamda o‘z pul mablag‘larini boshqaradi. Bunda mijozning faoliyatida zarur bo‘lgan pul mablag‘laridan ortgan qismi bank uchun resurs bo‘lishi mumkin. Tijorat banklari resurs jalb qilishda asosan depozit operatsiyalaridan keng foydalanishadi. Depozit operatsiyalari aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum shartlar asosida banklarga joylashtirish bo‘lib, bu orqali mijoz ham bank ham manfaatdor bo‘ladi. Mijozlar albatta ma’lum shartlar asosida bankka joylashtirgan pul mablag‘larini ko‘paytirib olishsa, banklar o‘z navbatida mazkur depozitga jalb 24-may 2024-yil 354 BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI qilingan mablag‘lardan resurs sifatida foydalanib, bank uchun yuqori daromadli bo‘lgan kredit operatsiyalarini amalga oshirishadi. Bu yerda albatta bank jalb qilingan hamda iqtisodiyotning pulga muhtoj tarmoqlariga kredit sifatida joylashtirgan pul mablag‘larini muddatiga alohida e’tibor qaratishi lozim bo‘ladi. Banklar tomonidan jalb qilinadigan depozitlarning bir qator turlari mavjud bo‘lib, O‘zbekistonda ularning keng tarqalgan turlari sifatida talab qilib olinguncha depozitlar, muddatli depozitlar hamda jamg‘arma depozitlarni keltirishimiz mumkin. Mazkur depozit turlarini an’anaviy depozitlar sifatida talqin etishimiz mumkin. 1-rasm. Depozit turlari. Banklar an’anaviy depozitlardan tashqari bugungi kun nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda zamonaviy depozit xizmatlarini ham ko‘rsatib kelishmoqda. Zamonaviy depozitlarni ham o‘z navbatida bir qator turlarga ajratgan holda o‘rganishimiz mumkin bo‘ladi. Xususan, banklar mobil ilovalari orqali masofadan onlayn depozit xizmatlarini ham ko‘rsatib kelishmoqda. Su o‘rinda aytish joizki, bugungi kunda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan zamonaviy depozit xizmatlari an’anaviy depozitlar negizida zamonaviy, moliyaviy texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. 24-may 2024-yil 355 BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI 180 000 160 000 140 000 120 000 100 000 80 000 60 000 40 000 20 000 0 1/1/2020 1/1/2021 1/1/2022 1/1/2023 1/1/2024 Yuridik shaxslar depozitlari Aholi omonatlari 2-rasm. Tijorat banklarining depozit mablag‘lari tarkibi Tijorat banklarining depozit mablag‘lari tarkibi to‘g‘risida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rishimiz mumkinki, yillar davomida yuridik shaxslar depozitlari va aholi omonatlari o‘sish tendensiyasiga ega. Xususan, 2024 yil boshiga yuridik shaxslar depozitlari 155,3 trln. so‘mni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2020 yil boshiga nisbatan 2,2 barobarga ortgan. Aholi omonatlari shu davrda mos ravishda 4,1 barobarga oshganini ko‘rishimiz mumkin. Bu holat mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchining oshib borayotganligidan dalolat beradi. Rivojlangan davlatlarda banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan zamonaviy depozit xizmatlari sifatida bank mijozlariga yashil depozit xizmatlarini taklif qilishmoqda. Banklarning yashil depozitlari hisobiga shakllangan pul mablag‘lari bevosita yashil moliyalashtirish uchun resurs sifatida foydalanib kelinmoqda. 24-m
Доказательный фрагмент
«Mazkur tadqiqot ishida banklar tomonidan zamonaviy depozit xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti hamda u bilan bog‘liq holatni o‘rganish maqsad qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tadqiqot ishida banklar tomonidan zamonaviy depozit xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti hamda u bilan bog‘liq holatni o‘rganish maqsad qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- masofaviy depozit xizmatlari, aholi omonatlari., yashil depozitlar, Depozit operatsiyalari, raqamli depozit xizmatlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025