Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SAVDO KORXONALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TOMATLASHTIRISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH
AVTOMATLASHTIRISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH · Uzakov Utkir Abdusattarovich · Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv
Для учителей · 2 · 146-154 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish, korxonalarda zamonaviy dasturlardan foydalanish hamda ushbu dasturlardan foydalangan holda ish va vaqt unimdorligini oshirish kabi masalalar ochib berilgan. Qolaversa xatolarni oldini olish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni tez va sifatli axborot bilan ta’minlash yoritilgan. Kalit soʻzlar: Raqamli iqtisodiyot, savdo korxonalari, buxgalteriya hisobi, axborotlar, debitorlik va kreditorlik qarzlar, soliq, statistika, avtomatlashtirish, samaradorlik, bulutli texnologiyalar. O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qununing 4-moddasida takidlanganidek, buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.[1] Umuman olganda buxgalteriya hisobi asosan axborotlar bilan ishlanganligi sababli, bu axborotlar savdo korxonalarida ish jarayonlari ketishi va vaqt o‘tishi bilan ulkan ma’lumotlar bazasiga aylanib ketadi, shu sababli ham bu ma’lumotlardan tez va sifatli hamda samarali foydalanish kerak bo‘ladi. Raqamli texnologiyalar ulkan ma’lumotlardan tez va qulay foydalanishda bizlarga yaxshi yechim hisoblanadi. Xozirgi zamon globalashuv jarayonida raqamli texnologiyalar kundan kun rivojlanib bormoqda, xususan savdo korxonalarining buxgalteriya hisobini yuritishda turli xil dasturlardan keng foydalanish ish va sifat samaradorligini anchagina oshiradi. Bu zamonaviy dasturlardan foydalanishda nafaqat buxgalteriya hisobini yuritishda, savdo korxonalarining deyarli barcha bo‘lim va pog‘onalarida, turli qismlarida foydalanish ko‘plab samara beradi. Savdo korxonalari ko‘plab mijozlar bilan ishlaganligi sababli, ishlar tez, samarali va qulay bo‘lishi kerak. Mijozlar xar doim xaq deganlaridek, savdo korxonalarining mijozlari tezroq va qulayroq bo‘lgan joyga intiladi. Raqobat sharoitida bozorda omon qolish va rivojlanish uchun albatta xar qanday savdo korxonalari zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishlari kerak hisoblanadi va buni ko‘plab korxonalar yaxshi tushunadi va bundan samarali foydalanadi. Maqolaning metodologik asoslarini O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezidentimizning qaror va farmonlari, asarlari va ma’ruzalari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirliklar, Davlar qo‘mitalari va idoralarining hujjatlari, buxgalteriya hisobiga oid milliy va xalqaro standartlar, Nizomlar, yo‘riqnomalar, xorijda va Respublikamizda chop qilingan ilmiy ishlar, darsliklar va qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar, internet tarmog‘i materiallari hamda izlanishlar olib borilgan korxonalarning amaliy materiallari tashkil etadi. Savdo korxonalarida axborotlar bilan ishlashda ko‘p vaqt, kuch va mablag‘ sarflanadi. Manashu moammolarga raqamli texnologiyalar va zamonaviy dasturiy maxsulotlarni qo‘llagan holda savdo korxonalarini avtomatlashtirish yaxshi va oqilona yechim hisoblanadi. Buxgalteriya jarayonini avtomatlashtirish bu qo‘lda va ko‘p vaqt talab qiladigan turli xil buxgalteriya vazifalari va jarayonlarini yaxshilaydigan dasturiy ta’minotni amalga oshirishni anglatadi. Savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish natijasida quyidagi imkoniyat va qulayliklarni beradi: 24-may 2024-yil 280 BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI Ulkan ma’lumotlar bilan tez va samarali ishlash; Inson xatolarini kamaytirish; Turli xil qog‘ozvozliklarni qisqartish; Masofadan turib ishlash; Axborotdan foydalanuvchilar va qaror chiqaruvchi shaxslarga tezda ma’lumotlarni yetkazish; Ulkan ma’lumotlarni “bulutli” serverlarda saqlash; Analitik ma’lumotlarni idroq qilish va tushunush uchun qulay bo’lgan shaklda taqdim etish (diagrammalar, grafiklar, jadvallar) [2]; Asosiy hujjatlardagi rekvizitlarni avtomatik to‘ldirish [3]; Boshqaruv va bo‘ysunuvchilar, tashkilot bo‘linmalari o‘rtasida darxol ma’lumot almashish [2.3]; Bitta ma’lumot ustida bir vaqtda bir nechta foydalanuvchi foydalanishi; Bir nechta omborlardagi qoldiqlarni real vaqt rejimida kuzatish; Debitorlik va kreditorlik qarzlar vaqtlarini avtomatik eslatib turish; Turli xil soliq, statistika va boshqa hisobotlarni tezda topshirish. Yuqorida ko‘rsatilgan afzalliklardan tashqari savdo korxonalarini avtomatlashtirish natijasida xodimlar sonini qisqartirish va ularga to‘lanadigan xaqlarni tejab qolish, hisobotlarni tayyorlashda vaqtni kam sarflash, tovarlarning qaysi qismi ko‘proq sotilishini kuzatish, mijozlar xatti-harakatini bilish va boshqa ko‘plab samaradorliklarga erishish mumkin. Ushbu hisobotlar resurslarni qayerga taqsimlash haqida yaxshiroq qaror qabul qilishga yordam beradi. Xozirgi kunda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish oid juda ko‘plab turli xil dasturlar mavjud bo‘lib. Bularga: 1C, 1UZ, SAP, QuickBooks, Xero, FreshBook
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish, korxonalarda zamonaviy dasturlardan foydalanish hamda ushbu dasturlardan foydalangan holda ish va vaqt unimdo…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida savdo korxonalarida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish, korxonalarda zamonaviy dasturlardan foydalanish hamda ushbu dasturlardan foydalangan holda ish va vaqt unimdo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- savdo korxonalari, axborotlar, soliq, bulutli texnologiyalar., Raqamli iqtisodiyot, avtomatlashtirish, buxgalteriya hisobi, samaradorlik, statistika, debitorlik va kreditorlik qarzlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025