К содержанию
РецензированоRU2026

ASOSIY VOSITALAR XAMDA NOMODDIY AKTIVLAR XISOBI VA UNI OCHIB BERISH BHXS MISOLIDA

Rozmatova Umida Yuldashevna

Для учителей · 201-207 · 2026

Аннотация

Maqolada tijorat banklarida buxgalteriya xisobi va hisobotida, Asosiy vositalar hisobi va nomoddiy aktivlar xisobi, uni ochib berishning BHXS misolida, bunda asosan hisobotni ishlab chiqishga asos bo‘luvchi asosiy xujjatlar haqida ham ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: аmortizatsiya, аktiv, boshlang‘ich qiymati, аsosiy vositalar, тomodiy aktiv. Amortizatsiya bu aktivning amortizatsiya qilinadigan qiymatini uning ishlash muddati davomida muntazam ravishda taqsimlash. Amortizatsiya qilingan xarajat bu aktivning boshlang‘ich qiymati yoki tugatish qiymatidan kam bo‘lgan asl qiymati o‘rniga qayd etilgan boshqa miqdor. Aktivning tugatish qiymati bu tashkilot hozirda aktivni sotishdan oladigan taxmin qilingan summa, agar aktiv allaqachon kutish mumkin bo‘lgan yoshga va holatga еtgan bo‘lsa, uni tasarruf etishning taxminiy xarajatlaridan kamroq uning ishlash muddati tugashi. Xizmat muddati bu tashkilot aktivdan foydalanishni kutayotgan vaqtda yoki kompaniya aktivdan foydalanishdan olishni kutayotgan ishlab chiqarish birliklari yoki shunga o‘xshash birliklar soni. Amortizatsiya usullari to‘g‘ri chiziqli hisoblash tugatish xizmatini o‘zgartirmasdan aktivning foydali muddati davomida doimiy amortizatsiya miqdorini hisoblash kamaytirilgan balansdan foydalanish muddati davomida amortizatsiya miqdorini kamaytirish aktivdan maqsadli foydalanish yoki mo‘ljallangan faoliyat asosida amortizatsiya miqdorini hisoblash[1]. Aktivning eskirishi aktiv foydalanish uchun mavjud bo‘lganda boshlanadi, ya’ni aktivning joylashgan joyi va holati uni kompaniyaning niyatiga muvofiq foydalanishni ta’minlaydi. Aktivning amortizatsiyasi uning tan olinishi tugashi bilan to‘xtaydi. Agar asosiy vositalar obyekti ishlamay qolsa yoki keyinchalik sotilishi sababli, ishdan chiqsa, amortizatsiya to‘xtamaydi. Har bir davr uchun amortizatsiya to‘lovlari, agar ular boshqa aktivning balans qiymatiga kiritilmagan bo‘lsa, davrning foydasi yoki zararida tan olinadi. Boshlang‘ich qiymati obyektning umumiy qiymatiga nisbatan muhim bo‘lgan asosiy vositalar obyektining har bir komponenti alohida amortizatsiya qilinadi. Asosiy vositalar obyekti qiymatining pasayishini aniqlash uchun 36- BHXS Aktivlarning qadrsizlanishi[4] qo‘llaniladi. Asosiy vositalar qadrsizlanishi biror bir qiymatdagi asosiy vositani qadrsizlanishi nazarda tutilgan tushuncha. 24-may 2024-yil 290 BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI Asosiy vositalarni hisobi tijorat banklari misolida quyidagi standartlar asosida tartibga solinadi[3]. 16-BHXS (IAS) Asosiy vositalar; 36-BHXS Aktivlarning qadrsizlanishi; Asosiy vosita bo‘lishi uchun aktiv guruhning xizmat ko‘rsatish, ijara va boshqaruv maqsadlarida foydalanishi va xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lishi zarur. Aktivlarning hisobida quyidagi asosiy jixatlar mavjud; aktivning tan olinishi uning balans qiymatini aniqlanishi tan olish vaqti va keyingi xarajatlari amortizatsiya miqdorini aniqlash va uning kadrsizlanishi zarari. Asosiy vositalar quyidagi holatlarda aktiv sifatida aks etadi: A) yuqori ehtimol bilan kelajakda iqtisodiy naf olib kelsa; B) moddaning tannarxini ishonchli tarzda o‘lchash imkoniyati bo‘lsa. Asosiy vositalar balansda tan olingandan so‘ng quyidagicha aks ettirilib borilishi mumkin: 1)“Cost model”da boshlang‘ich qiymat minus jamlangan eskirish minus qadrsizlanish; 2) qayta baholash modeli qayta baholash aktivning xaqiqiy bahosini aniqlash orqali amalga oshiriladi qayta baholash tashqi baholovchi kompaniya tomonidan amalga oshirilib u quyidagi talablarga mos kelishi shart. Shu o‘rinda “Cost model” jumlasiga sharx berib o‘tamiz ya’ni “Cost model” o‘zi nima? “Cost model” “Xarajat modeli" degan ma’noni anglatadi. Nega xarajat modellari muxim? Xarajat modellari tijorat korxonalari uchun moliyaviy qarorlar qabul qilish va strategik rejalashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Xarajatlaringizni tushunib, Siz mahsulotlarning narxini belgilashingiz, samarasiz xududlarni aniqlashingiz, byudjetlar yaratishingiz va kelajakdagi xarajatlarni prognoz qilishingiz mumkin. Bu xarajatlarni nazorat qilish va resurslarni investitsiyalash bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilish orqali rentabellikni ta’minlashga yordam beradi: a) halqaro qayta baholash bo‘yicha sertifikatga egaligi; b) mustaqil baholovchining Guruxdan mustaqilligi obyektiv bo‘lishi; (masalan imtiyozli krediti mavjud emasligi yaqin qarindoshi emasligi) s) tajribasi mavjudligi xisobga olinadi. 3.Tahlil va natijalar. Qayta baholashda asosiy vositaning qiymati ortganda amortizatsiya qismi to‘g‘rilanadi. Asosiy vositalarga eskirish O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan belgilangan muddatlarda oshiriladi. Eskirish oylarga bo‘lingan holda to‘g‘ri chiziqli usulda amalga oshiriladi. Aktiv uchun foydalanish xizmati muddati 38-BHXS standarti talablari asosida belgilashi mumkin. Aktiv amortizatsiyasi, foydalanish muddatidan kelib chiqib, har oylik to‘g‘ri chiziqlik usul asosida amalga oshiriladi. Nomoddiy aktivni qayta baholash. Aktiv tan olingandan

Доказательный фрагмент

«Maqolada tijorat banklarida buxgalteriya xisobi va hisobotida, Asosiy vositalar hisobi va nomoddiy aktivlar xisobi, uni ochib berishning BHXS misolida, bunda asosan hisobotni ishlab chiqishga asos bo‘luvchi asosiy xuj…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada tijorat banklarida buxgalteriya xisobi va hisobotida, Asosiy vositalar hisobi va nomoddiy aktivlar xisobi, uni ochib berishning BHXS misolida, bunda asosan hisobotni ishlab chiqishga asos bo‘luvchi asosiy xuj… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
тomodiy aktiv, аktiv, аsosiy vositalar, boshlang‘ich qiymati, аmortizatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники