К содержанию
РецензированоRU2026

QAYTA ISHLASH KORXONALARIDA XARAJATLAR HISOBI VA TAHLILINING USLUBIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING MUHIM JIXATLARI

MUHIM JIXATLARI · Mamatqulov Akram Xalmurodovich

Для учителей · 201-207 · 2026

Аннотация

Maqolada qayta ishlash korxonalarida xarajatlar hisobi va tahlilining uslubiy asoslarini takomillashtirishning muhim jixatlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: xarajat, tannarx, daromad, qayta ishlash korxonalari, харажатлар hisobi, tahlil, ikkilamchi mahsulot. Yangi O‘zbekiston bugungi kunda mavjud xom-ashyo resurslardan unumli foydalanib, korxonalarda modernizatsiya ishlarini olib borish va yangi texnologiyalar asosida mahsulotlar yaratib, xalqaro bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida qayta ishlash korxonalariga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Qayta ishlash korxonalari faoliyatini iqtisodiyotdagi o‘rni nimalardan iborat. Bizga ma’lumki, bu korxonalar xom-ashyo resurslarni qayta ishlab yangi turdagi mahsulotlarni yaratadi. Ular ishlab chiqargan mahsulotlar biz iste’molchilar uchun hamda jaxon bozorida eksport salohiyatimizni oshirish uchun xizmat qiladi. Shuning uchun Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda qayta ishlash korxonalari uchun mavjud imkoniyatlarni yaratish bilan birga unga bir qancha vazifalarni ham yuklamoqda. «Mamlakatimizdagi mavjud resurs va imkoniyatlarni safarbar etgan holda, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi ichki mahsulot hajmini yanada oshirishni maqsad qilganmiz. Jumladan, «xom-ashyodan – tayyor mahsulotgacha» degan tamoyil asosida drayver sohalarda klaster tizimini rivojlantirish»1 va «Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash»2 kabi muhim ustuvor vazifalar belgilab qo‘yilgan. Ushbu dolzarb vazifalardan kelib chiqib, qayta ishlash korxonalari faoliyatidagi “xarajatlar hisobi va tahlili”ga e’tibor qaratmoqchimiz. Faoliyatdagi xarajatlar qaysi maqsadlar va vazifalar uchun amalga oshirilishi, bu xarajatlar ortida korxona uchun qanday natijalar kutilayotganini aniqlash muhim. Ya’ni har qanday qayta ishlovchi korxona, qaysi xom-ashyo resurslardan mahsulot ishlab chiqarish uchun o‘ziga xos xarajatlarni talab qiladi. Ular quyidagilardan iborat bo‘ladi: 1.Ta’minot jarayonidagi xarajatlar; 1 Yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo‘lini qat’iy davom ettiramiz» nutqi. Xalq so‘zi.06.11.2021y. 2 2022—2026 yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli Farmoni 24-may 2024-yil 186 BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI 2.Ishlab chiqarish jarayonidagi xarajatlar; 3.Sotish jarayonidagi xarajatlar. Yuqoridagi uchta jarayonlar har birida bir qancha xarajat elementlari mavjud bo‘lib, ular korxona faoliyatida o‘ziga xos vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda “xarajatlar hisobi va tahlili” bo‘yicha asosiy e’tibor mahsulot ishlab chiqarish kesimidagi (jarayonidagi) xarajatlarga qaratiladi. Bunda xarajatlar elementlariga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Moddiy xarajatlar; 2. Mehnatga haq to‘lash xarajatlari; 3. Yagona ijtimoiy to‘lov; 4. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; 5. Boshqa har xil xarajatlar. Ushbu xarajatlar orqali faqat asosiy faoliyatidagi mahsulot tannarxi shakllanadi. Qayta ishlash korxonalarida bunday xarajatlar faoliyat natijasida olingan har bir mahsulotning tannarxini to‘liq shakllantirib berolmaydi. Ushbu korxonalarda xom-ashyolarni qayta ishlash natijasida bir turdagi mahsulotlardan tashqari boshqa mahsulotlar ham paydo bo‘ladi. Ularni ikkilamchi mahsulot yoki texnologik jixatdan chiqindi sifatida qarab, e’tibor berishmaydi. Qayta ishlash korxonalarida amalga oshirilgan xarajatlarga e’tibor qaratsak, ularning taqsimoti olingan har bir mahsulot uchun qanday va qancha qiymatga ega bo‘lishini aniqlash zarur. Ya’ni olingan har bir mahsulotni tannarxini to‘g‘ri shakllantirish yoki olinayotgan daromadlarning ulushi har bir mahsulotga qanchadan to‘g‘ri kelishi, ularning har qaysisi korxona uchun qanchadan foyda yoki zarar olib kelishi korxona uchun muhimdir. Asosiy muammoli masalalar ham shunda. Ko‘pgina korxonalar ushbu xarajatlarni ko‘p qismini asosiy (operatsion) faoliyati bo‘lgan mahsulotga taqsimlaydi. Qolgan ikkilamchi mahsulotlari bo’yicha esa taqsimlash tartibi qanday bo‘lishi hamda faoliyatga ta’sir etuvchi omillarni aniqlanishi qiziqtiradi. [1] Bu kabi o‘z yechimini kutayotgan mavjud holatlarga munosabat qanday bo‘lishi korxona e’tiboridan albatta chetda qolmaydi. Bundan tashqari korxona faoliyatida boshqa xarajatlar ham borki, ular korxona faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Ular quyidagilar: 1.“Korxonani ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish” xarajatlari bo‘yicha: kredit olish, investitsiyalar kiritish va moliyaviy mablag‘larni yig‘ish vazifalari amalga oshirilgandan so‘ng paydo bo‘ladigan foizli xarajatlari; 2.Korxona faoliyatining moliy

Доказательный фрагмент

«Maqolada qayta ishlash korxonalarida xarajatlar hisobi va tahlilining uslubiy asoslarini takomillashtirishning muhim jixatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada qayta ishlash korxonalarida xarajatlar hisobi va tahlilining uslubiy asoslarini takomillashtirishning muhim jixatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tahlil, qayta ishlash korxonalari, xarajat, daromad, харажатлар hisobi, ikkilamchi mahsulot., tannarx
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники