К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA IJTIMOIY SOHANI DAVLAT HUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA MOLIYALASHTIRISHNING AMALDAGI XOLATI TAHLILI

Xalilova Shoxsanam G`ayrat qizi

Для учителей · 2026

Аннотация

Maktabgacha ta`limda davlat xususiy sheriklik munosabatlati hamda ushbu sohani raqamli texnologiyalar orqali tartibga solish, rivojlantirish va shu yo`l orqali jahon amaliyotini ijtimoiy sohaning bir qismi bo`lmish maktabgacha ta`limga tadbiq qilish bo`yicha fikrlar berilgan. Kalit so`zlar. Davlat xususiy sheriklik, raqamlashtirish, axborotni yaratish, tehnologiyalar, raqamli iqtisodiyot. Yangilanayotgan Oʼzbekiston bugun oʼz oldiga shunchaki rivojlanishni emas, balki jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida eng kuchli davlatlar qatoridan oʼrin olishni maqsad qilib qoʼygan. Iqtisodiyot va jamiyatning "raqamlashtirish" jarayoni (ingliz tilida – digitization ya’ni, raqamlashtirish, ba’zan esa digitalization ya’ni raqamlashtirilishi ma’nosini bildiradi) haqida gapirganda, birinchi navbatda, terminologiyaga aniqlik kiritish kerak. Eng keng ma’noda "raqamlashtirish" jarayoni odatda raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash va assimilyasiya qilish tashabbusi bilan boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishni anglatadi. axborotni yaratish, qayta ishlash, almashish va uzatish texnologiyalaridir. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, “oldin raqamli texnologiyalarni barcha sohalarda, yaʼni, sanoat, iqtisodiyot, bank va boshqa sohalarda joriy etish bilan cheklanib qolgan edik. Bugungi kunda esa raqamli iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanib borayotganini eʼtiborga olib, raqamli rivojlanish boʼyicha barcha soha rahbarlarining oʼrinbosarlari lavozim tarkibiga kiritilmoqda”1. Taʼlim va maktabgacha taʼlimda raqamli texnologiyalarni oʼqitish sifatini saqlab qolgan holda samarali qoʼllash uchun nimalar qilish kerak? Soʼnggi yillarda maktabgacha taʼlim agentligi tomonidan sohani raqamlashtirish, yelektron xizmatlar koʼlamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy yetish boʼyicha muntazam ravishda ishlar olib borilmoqda. Xususan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkilotlarini yagona bazasini hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining dastlabki maʼlumotlari (quvvati, hududi, bino, inshootlar maydoni va h.k) oʼz ichiga olgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pasporti moduli ishlab chiqilib, barcha maʼlumotlarni yelektron tarzda shakllantirish ishlari boshlandi. 1 Abdullayev, M., Saidahror, G., & Ayupov, R. (2020). Рақамли иқтисодиёт - кадрлар тайёрлашнинг долзарб йўналишлари. Архив научных исследований, извлечено от https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/2702 . 24-may 2024-yil 136 BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida tarbiyalanuvchilar davomatidan kelib chiqib oziq-ovqat xarajatlarini elektron tarzda hisoblash amaliyotga tatbiq etildi. Bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovini elektron hisobga olish tizimini joriy etilib, to‘lovlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatning (chek, hisob- faktura) to‘lovchiga taqdim etish moduli ishlab chiqildi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatdan o‘tgan tasvirlari sun’iy intellektning “deep learning inference” (chuqur o‘rganish) metodi orqali haqiqiylikka tekshirish yo‘lga qo‘yildi. Quyida maktabgacha ta`limda raqamlashtirish yo`nalishlarini ko`rib chiqamiz: MTT pasporti moduli “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida oziq-ovqat xarajatlarini elektron hisoblash moduli Davomat ma`lumotlarini sun`iy intellekt orqali tekshirish Mobil ilova yordamida kassa cheklarini shakllantirish Tarbiyalanuvchilarni maktablarga biriktirish bo`yicha modul 1- rasm. Maktabgacha ta`lim tizimini raqamlashtirish2. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 426-son qarori asosida, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab DXSh asosida faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarilarida, shu jumladan, oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (NMTTBAT) avtomatik ravishda hisoblab chiqilishi belgilandi. Bunda, xodim va tarbiyalanuvchilarning davomati shaxsni biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali mobil ilova yordamida yuritiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati. 2 Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi ma`lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqildi. 24-may 2024-yil 137 BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 oktyabrdagi “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3980-sonli qarori. https://lex.uz. 2. Abdullayev, M., Saidahror, G., & Ayupov, R. (2020). Рақамли иқтисодиёт - кадрлар тайёрлашни

Доказательный фрагмент

«Maktabgacha ta`limda davlat xususiy sheriklik munosabatlati hamda ushbu sohani raqamli texnologiyalar orqali tartibga solish, rivojlantirish va shu yo`l orqali jahon amaliyotini ijtimoiy sohaning bir qismi bo`lmish ma…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maktabgacha ta`limda davlat xususiy sheriklik munosabatlati hamda ushbu sohani raqamli texnologiyalar orqali tartibga solish, rivojlantirish va shu yo`l orqali jahon amaliyotini ijtimoiy sohaning bir qismi bo`lmish ma… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
axborotni yaratish, raqamlashtirish, Davlat xususiy sheriklik, tehnologiyalar, raqamli iqtisodiyot.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники