Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIGINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY VA NAZARIY ASOSLARI
VA NAZARIY ASOSLARI · Toshmanov X.A · O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya
Для учителей · 2018
Аннотация
Davlatning yangi tizimni joriy qilishda albatta faoliyatini tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish talab qilinadi. Bunda, mavjud holat va xaorij tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Respublikadagi davlat-xususiy sherikchilik amaliyotining huquqiy faoliya va nazariy asoslari tadqiq qilingan. Kalit so’zlar: davlat-xususiy sherikchilik, ijtimoiy soha, investitsion loyihalar, institular. Jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlar hozirgi davlat olib borayotgan boshqaruv talablariga muvofiq bo‘lib, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va shu asosda tarmoqlar, hududlarni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, jamiyatdagi gumanitar muammolarni hal etish jumladan ishsizlik muammosini bartaraf etishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish, aholining turli qatlamlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish albatta davlat xusuxiy sherikchilik asosida amalga oshirilishi ayni muddao hisoblanadi. Bugungi rivojlanish jarayonlarida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat- xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5430-sonli tarixiy Farmoni va oxirgi ikki yilda qabul qilingan boshqa me’yoriy - huquqiy hujjatlar nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning mustaqilligini ta’minlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir [1]. Nodavlat notijorat tashkilotlari hamda davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlarni bugungi islohotlar talablarga muvofiq rivojlantirish zaruriyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirda ishlab chiqish mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan davlat o‘rtasidagi hamkorlikni ijtimoiy sheriklik asosida rivojlantirishga xizmat qiladi. Iqtisodiyotda kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi va mulk ulushida xususiy mulkning ustuvorligi aholini ijtimoiy himoya qilishning ayrim sohalarida, inovatsion faoliyatni rivojlantirishda, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash kabi bir qator tarmoqlarda davlat va xususiy mulkning hamkorligini talab etadi. Bu jarayonda esa davlat xususiy sherikligi yuzaga keladi. Shu o’rinda hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlar Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 26- aprelda qabul 24-may 2024-yil 117 BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISH MASALALARI qilingan [2], 2019-yil 3-mayda “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risi”dagi qonun ma’qullangan [3], O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to’g’risi”dagi qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ularni moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risi”dagi qarori ayni muddaodir. Bunda, ushbu faoliyatni tadqiq qilishni muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatmoqda. S. E. Elmirzaev va boshqalar ta’kidlaganidek “DXSH Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida DXShgi mamlakat va hududiy miqyosidagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning samarali vositasi bo’lib, davlat va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan nazoratni ushlab turish va xususiy sektor bilan samarli iqtisodiy hamkorlikni o’rnatishga qaratilgan investitsion loyihalarga mablag’lar jalb qilish va amalga oshirish vositasi hisoblanadi. DXSh asosidagi investitsion loyihalarda xususiy sektor davlat tomonidan belgilangan shartlar va talablar asosida investitsion loyihalarni moliyalashtirish va boshqarish vazifalarini amalga oshiradi” [4]. Iqtisodchi olim Djumaniyazov fikriga ko`ra “DXSH – amaldagi qonunlar doirasida davlatning uzoq muddatli strategik vazifalari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan turli xil iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa tavakkalchiliklar, xavf-xatarlar, risklarni taqsimlash asosida xususiy sektor bilan aholi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, kerak bo’lsa, siyosiy ahamiyatga molik obyektlarni qurish yoki shu asnodagi ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish uchun xususiy sektor bilan amalga oshiradigan tom ma’nodagi o’zaro manfaatli aloqalaridir.”[5] Shuningdek, rus olimi Beliskayani fikriga ko`ra “Davlat-xususiy sektor hamkorligi-davlat hokimiyati organlari va tashkilotlari va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining bevosita davlat manfaatlari va nazorati sohasidagi ob’ektlarga nisbatan o’zaro manfaatli hamkorligi, muhim davlat va jamoat ahamiyatiga ega bo’lgan loyihalarni samarali amalga oshirish maqsadida hamkorlar o’rtasidagi xavflarni taqsimlashni nazarda tutadi” deb ta`riflagan[6]. Xorijiy va mahalliy olimlarning tariflari va tasniflaridan kelib chiqqan holda, DXSh bu – Davlat va mu
Доказательный фрагмент
«Davlatning yangi tizimni joriy qilishda albatta faoliyatini tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish talab qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюDavlatning yangi tizimni joriy qilishda albatta faoliyatini tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish talab qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- davlat-xususiy sherikchilik, institular., investitsion loyihalar, ijtimoiy soha
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014