Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UYADOSHLIKDA PARADIGMATIK HAMDA SEMANTIK TASNIF ASOSIDA YONDASHUV
ASOSIDA YONDASHUV · Musurmonqulov Adham Abdurashid oʻgʻli
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
В статье рассматриваются парадигматические и семантические основы однокоренных слов в лингвистике. Предлагается комплексный подход к понятию парадигмы, и на этой основе предлагается системный подход к объединению лексем языка в значимые единицы. Ключевые слова: Сосуществование, систематическая лингвистика, парадигма, парадигматические отношения, семантическая классификация. Annotation: This article discusses the paradigmatic and semantic foundations of cognate words in linguistics. A comprehensive approach to the concept of paradigm is taken, and on this basis, a systematic approach is envisaged to combine lexemes in the language into meaningful units. Keywords: Coexistence, systematic linguistics, paradigm, paradigmatic relationship, semantic classification. Maʼlumki, tilshunoslikka nisbatan fanda sistemaviy tilshunoslik, sistema sifatida yondashuv mavjud. Sistema, tizim esa butunlikning qismi, mohiyatan mustaqil, alohidalikka ega boʻlgan uzvi, oʻzaro barqarorlikka ega boʻlgan, yaxlit tashkil etiladigan koʻrinishidir. Boshqacha tarzda ifoda etganda, sistema – nisbiy farqliliklarning doimiy munosabatlar bilan bogʻlanib, alohida bir butunlikni, jamlikni tashkil etishi. Shuning uchun, sistemani alohida birliklar hamda barqaror birliklarning jamlanmasi sifatida nomlaydilar. Sistemaning tarkibiy qismlari orasidagi munosabatlar butunlik sifatida qaraladigan sistemaning oʻzagini tashkil qiladi. Sistema haqida soʻz olganimizda bevosita uning asoschisini chetlab oʻta olmaymiz, albatta. Sistemaviy tilshunoslik asoschisi sifatida qaraluvchi shveysariyalik fransuz olimi F.de Sossyurning elementlar va ularning orasidagi munosabatlarining sistema uchun ahamiyatli ekanligini shaxmat donalari hamda shaxmat oʻyinining qonun-qoidalari asosida tushuntirib oʻtganligini aytib oʻtish joizdir. 43 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Paradigmatik (oʻxshashlik) munosabatlarning mavjudligi sistemaviy tilshunoslikda murakkab (bir necha birliklar, elementlardan iborat boʻlgan) lisoniy tuzilmalarni farqlashda eng asosiy omil sanaladi”1. Soʻzlarning shakliga koʻra munosabatlari asosida omonimiya, paronimlar, tovush oʻxshashligi kabi hodisalar tadqiq qilinsa, maʼnoviy munosabatlar doirasida esa antonimiya, sinonimiya, partonimiya (meronimiya), graduonimiya, giponimiya, taksonimiya, uyadoshlik kabi hodisalar oʻrganilmoqda. Paradigmatik (oʻxshashlik) munosabatlarning mavjudligi sistemaviy tilshunoslikda murakkab (bir necha birliklar, elementlardan iborat boʻlgan) lisoniy tuzilmalarni farqlashda eng asosiy omil sanaladi. Bir paradigma tarkibiga kiruvchi paradigmatik birliklar mohiyati quyidagilardan iborat: 1. Paradigma doirasidagi bitta birlik eslanganda shu paradigmaga kiruvchi boshqa aʼzolar ham eslanishi zarur. 2. Har bir aniq nutq sharoitida oʻzaro paradigmatik munosabatlarda turgan birliklardan, yaʼni paradigma aʼzolaridan faqat bittasi tanlashi kerak. 3. Bir paradigmaning aʼzolari oʻzaro oʻxshashlik bilan birga har bir uzv ikkinchisidan qaysidir jihati bilan farqlanib turishi lozim. 4. Nutqda bir mavqeda kela olgan paradigma aʼzolari maʼlum holatlarda bir- birining oʻrnini almashtira olishi yoki bir-birining oʻrnini egallashi mumkin boʻladi2. Sossyur va undan keyingi izdoshlari tomonidan qoʻyilgan bu talablar keyingi davrlarda ham oʻzgarishsiz saqlanib kelingan. Paradigma aʼzolari umumiylik bilan birga, xususiy farqlarga ega boʻladi. Olma – gilos – nok, qizil – sariq – yashil lugʻaviy birliklarning har biri umumiy oʻxshashlikka ega “umumiy va moslanganlik” birinchi qator, “maʼlum bir turdagi ranglar, mevali daraxtlar” ikkinchi birliklarga oid, lekin shu bilan bir qatorda har bir birlikdagi soʻz oʻz xususiy semasiga ham ega hisoblanadi. Chunki yuqorida keltirib oʻtilgan birliklar toʻplamidagi har bir soʻz boshqalarini inkor qiladi, yaʼni oʻzining xususiy maʼnosiga ega boʻlib, shu xususiy maʼnosiga egaligi bilan boshqa birliklardan ajralib turadi. Til tizimida paradigmatik munosabatlar leksik birliklarning oʻzaro semantik bogʻliqligini koʻrsatuvchi asosiy omillardan biridir. Professor B.Mengliyevning taʼkidlashicha, leksema birdan ortiq qamrab olsa uning serqirraliligi kuchayib, bir maʼnosi bilan maʼnodoshlik hosil qilsa, ikkinchi maʼnosi bilan uyadoshlik 1 Sayfullayeva R.R, Mengliyev B.R. va boshq. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Oʻquv qoʻllanma. – T., “Fan va texnologiya”, 2009. 2 Sayfullayeva R.R, Mengliyev B.R. va boshq. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Oʻquv qoʻllanma. – T., “Fan va texnologiya”, 2009. – B. 42. 44 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference qatori hosil qilishini taʼkidlaydi. “Har qanday lisoniy birlik serqirra mohiyatli boʻlib, bu uning kamida ikki paradigmaga kirishini taʼminlaydi. Leksema birdan ortiq tushunchani qamrab olgan ekan, bunda uning serqirraligi yanada kuchayadi. Masalan, uzum, oʻrik leksemasi oʻzida bir necha tushunchani saqlar ekan, bu bilan u kamida ikki lugʻaviy paradigmaga kirad
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются парадигматические и семантические основы однокоренных слов в лингвистике.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются парадигматические и семантические основы однокоренных слов в лингвистике. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Coexistence, systematic linguistics, paradigm, paradigmatic, semantik tasnif., paradigmatik munosabat, sistemaviy tilshunoslik, paradigma, Uyadoshlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026