Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GEOGRAFIYA DARSLARIDA QASHQADARYO VILOYATI AHOLI JOYLASHUVINING LANDSHAFTLARGA O‘ZARO TA’SIRINI O‘QITISH MASALALARI
Xoldavlatova Gavhar Normahmatovna
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 4 · 2026
Аннотация
В данной статье рассматриваются вопросы преподавания аспектов размещения населения Кашкадарьинской области – одного из южных регионов Узбекистана – на уроках географии, связанных с ландшафтной структурой региона. Анализируются плотность населения региона, его территориальное размещение и причины, их обуславливающие. С использованием интерактивных методов описывается взаимодействие ландшафтных особенностей региона на размещение населения. Ключевые слова: население, размещение населения, преподавание, плотность, интерактивные методы, урок, природные условия, инновационные технологии, эффективность. Annotation. This article discusses the issues of teaching aspects of population distribution in the Kashkadarya region, one of the southern regions of Uzbekistan, in geography lessons, related to the landscape structure of the region. The density of the region's population - its territorial distribution and their causes are analyzed. The interaction of the landscape features of the region on the population distribution is described using interactive methods. Keywords: population, population distribution, teaching, density, interactive methods, lesson, natural conditions, innovative technology, efficiency. Aholiga xos eng muhim demografik ko‘rsatkichlardan biri, uning hududiy joylashuvidir. Aholi joylashuvini ifodalovchi eng oddiy mezon – aholi zichligidir. Aholi zichligi, uning joylashish xususiyatlariga ijtimoiy – iqtisodiy omillar bilan birga tabiiy – geografik sharoitlar (iqlim, relyef) ham jiddiy ko‘rsatadi. Aholi 108 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference joylashuvini o‘rganish muayyan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni oqilona rejalashtirish va bashoratlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Hududiy taqsimlanish muammosi aholining tabiiy o‘sish va u bilan bog‘liq geodemografik muammolariga nisbatan ham muhimroqdir. Qashqadaryo viloyati aholisining joylashuvi, tabiiy ko‘payishi va shu kabi demografik vaziyati bilan mamlakatda o‘ziga xos o‘ringa ega. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyat aholi soni bo‘yicha mamlakatda Samarqand (4335,7 ming kishi) va Farg‘ona (4181,0 ming kishi) viloyatlaridan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Viloyatda 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 3673,7 ming kishi istiqomat qiladi. Aholining joylashuvi viloyat tumanlari bo‘yicha notekis taqsimlangan. Viloyat Qashqadaryo daryosi havzasida joylashganligi va relyef xususiyatlariga ko‘ra turlichaligi bilan xarakterlanadi. Hududning tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi. Shu boisdan aholi joylashuvi va unga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, hududiy taqsimlanganlik holatlarini tadqiq etish maqsadida quyidagi vazifalarni hal etishga e’tibor qaratiladi: - aholi joylashuvi bilan bog‘liq jihatlarni o‘rganish; - aholi joylashuviga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etish; - Qashqadaryo viloyati aholisining joylashuvida landshaft ta’sirining o‘zaro aloqadorligini o‘rganish; - viloyat aholisining notekis taqsimlanganligi natijalarini tadqiq etish hamda xulosalar berish muhim hisoblanadi. Qashqadaryo havzasidagi mavjud landshaft hududlarida aholining hududlar bo‘yicha taqsimlanishi, ko‘payishi bilan bog‘liq demografik jarayonlarni tadqiq etish va o‘rganishni talab etadi. Viloyat demografik vaziyati, ya’ni aholi sonining o‘sishi, zichligi, aholi manzilgohlari, mehnat resurslari va ulardan foydalanishda yuz berayotgan o‘zgarishlarni o‘rganish viloyatda demografik vaziyatning hozirgi holati va kelajakda rivojlanish xususiyatlarini chuqurroq tahlil qilish va shunga munosib tadbirlarni belgilash imkoniyatlarini beradi. Tarixan aholi viloyatning sug‘orma dehqonchilik hududlarida zich joylashgan bo‘lib, quyi mintaqa tumanlarida aholi joylashuvi Qarshi cho‘li va uning o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq holda kechadi. Interfaol metodlar yordamida mazkur ma’lumotlardan dars davomida foydalanish dars samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qashqadaryo havzasi geomorfologik jihatdan tog‘ va tekisliklardan iborat bo‘lib, landshaftlarning zonal va vertikal tabaqalanish, o‘ziga xos issiqlik rejimi 109 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference va namlanish sharoitlariga, relyefiga va boshqa omillarga bog‘liq. Tog‘ va tekislik hududlarining mavjudligi landshaft strukturasi tarkibida tafovutlarni vujudga keltiradi, bu holat esa landshaft strukturasi tarkibida tog‘ va tekislik sinflarini ajratish imkonini beradi [1]. Tog‘ landshaftlari ichki tafovutlariga ko‘ra quyidagi kichik sinflarga ajratiladi: 1) baland tog‘ landshaftlari; 2) o‘rtacha balandlikdagi tog‘ landshaftlari; 3) adirlar va past tog‘ landshaftlari. Tekislik qismi landshafti sinfi strukturasida ham o‘z navbatida quyidagi kichik sinfni ajratishga sabab bo‘ladi: 1) baland tekislik landshaftlari; 2) adir va qoldiq tog‘ landshaftlari [2]. Qashqadaryo havzasin
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматриваются вопросы преподавания аспектов размещения населения Кашкадарьинской области – одного из южных регионов Узбекистана – на уроках географии, связанных с ландшафтной структурой региона.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматриваются вопросы преподавания аспектов размещения населения Кашкадарьинской области – одного из южных регионов Узбекистана – на уроках географии, связанных с ландшафтной структурой региона. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- population, population distribution, teaching, density, innovatsion texnologiya, samaradorlik., zichlik, o‘qitish, aholi joylashuvi, interfaol metodlar, tabiiy sharoit, aholi, dars
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025