Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TRANSFORMATSION PEDAGOGIKA ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING SUN’IY INTELLEKT SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI
SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI · Mirzayeva Ziyoda Uktamjonovna
Развитие и инновации в науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada transformatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning sunʼiy intellekt savodxonligini shakllantirishga oid metodik model ishlab chiqiladi. Mazkur yondashuvning nazariy asoslari, bosqichlari, tarkibiy komponentlari va kutilayotgan natijalari yoritilib, uni ta’lim jarayoniga amaliy joriy qilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tayanch iboralar: sunʼiy intellekt, transformatsion yondashuv, o‘qituvchi tayyorlash, savodxonlik, metodika, ta’lim innovatsiyalari. XXI asrda global raqamli transformatsiya ta’lim tizimining barcha jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Ayniqsa, sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal rivojlanishi va ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi o‘qituvchining roli, metodik yondashuvlari hamda kasbiy kompetensiyalariga yangicha talablarga sabab bo‘lmoqda. Endilikda zamonaviy o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki raqamli texnologiyalarni ongli va tanqidiy tarzda qo‘llay oladigan, o‘quvchilarning raqamli savodxonligini rivojlantiruvchi, SI vositalaridan samarali foydalana oladigan muhandis-pedagogga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan qaralganda, pedagog kadrlarni tayyorlashda transformatsion yondashuvga asoslangan, innovatsion fikrlashga yo‘naltirilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash kompetensiyalarini shakllantiruvchi ta’lim modellari zaruriyat kasb etmoqda. Transformatsion yondashuv — bu talabaning mavjud bilim, tajriba, qadriyat va kasbiy dunyoqarashlarini chuqur tahlil qilish, ularni yangilash va zamonaviy axborot-muhandislik muhitiga mos ravishda o‘zgartirishga qaratilgan pedagogik yondashuvdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining raqamli iqtisodiyotga o‘tish, sun’iy intellektni joriy qilish, ta’limda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishga doir qaror va farmonlari bu yo‘nalishdagi ilmiy-amaliy izlanishlarni jadallashtirishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, bo‘lajak o‘qituvchilarni SI vositalarini tanqidiy tushunish, baholash, ularni pedagogik faoliyatda maqsadli qo‘llashga o‘rgatish – zamonaviy pedagogik ta’limning ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Sunʼiy intellekt savodxonligi (SIS) — bu shaxsning sunʼiy intellekt texnologiyalarini tushunish, tanqidiy baholash, xavfsiz foydalanish va ularni 19 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference pedagogik faoliyatda maqsadli integratsiya qilishga doir bilim, ko‘nikma va munosabatlar majmuasidir. SIS quyidagi komponentlardan iborat: 1. Bilimlar komponenti – SI asoslari, algoritmlar, mashinaviy o‘qitish, katta ma’lumotlar, tabiiy tilni qayta ishlash haqida tushunchalar. 2. Amaliy komponent – dars jarayonida AI ilovalarini qo‘llash: test yaratish, baholash, matn tahlili, dars jarayonini optimallashtirish. 3. Tanqidiy va axloqiy komponent – SI orqali yuzaga keluvchi muammolar (algoritmik tarafkashlik, maxfiylik, plagiat). 4. Integratsion komponent – o‘quv fanlari va AI vositalarini uyg‘unlashtirish, o‘quvchilarga mos metodlarni tanlash. Bu komponentlar o‘zaro integratsiyalashgan holda SISning to‘laqonli shakllanishini ta’minlaydi. Transformatsion yondashuv — bu talabaning bilimga, tajribaga, muammolarga va o‘ziga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish orqali yangicha tafakkurga yo‘naltirish metodidir. Ushbu yondashuv Mezirow, Illeris kabi tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalariga asoslanadi. Ushbu yondashuv quyidagilarga asoslanadi: Refleksiya – shaxsning o‘z bilim va tajribalarini tahlil qilishi; Muammoli vaziyatlar orqali o‘rgatish – mavjud bilimlar transformatsiyasi; Faol va interaktiv ishtirok – shaxsiy o‘sishni ta’minlaydi; Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim – kasbiy va axloqiy qarorlarni ongli qabul qilishga o‘rgatadi. Pedagogik nuqtai nazardan transformatsion yondashuv nafaqat bilim berish, balki ongni o‘zgartirish va kasbiy mas’uliyat hissini shakllantirishga qaratiladi. Model asosida rivojlantirish bosqichlari Transformatsion yondashuv asosida SI savodxonligini rivojlantirish quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi: 1. Motivatsion bosqich – Talabalarni sun’iy intellekt texnologiyalarining jamiyat va ta’limdagi ahamiyati bilan tanishtirish, muammoli vaziyatlar asosida muhokama tashkil qilish. 2. Kognitiv bosqich – Sun’iy intellektga oid nazariy bilimlar, tushunchalar, vositalar bilan tanishtirish. Masalan, AI algoritmlarining ishlash tamoyili, mashinali o‘rganish, chat botlar mexanizmi. 3. Reflektiv-amaliy bosqich – O‘z faniga mos SI vositalarini aniqlash va ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish: dars rejasi tuzish, topshiriqlar loyihalash, tahlil qilish. 20 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference 4. Transformatsion bosqich – Talaba o‘zini o‘qituvchi sifatida SI vositalaridan samarali foydalanadigan subyekt sifatida namoyon qiladi. Bu bosqichda muammolarni hal qilish, ijodiy yondashuv va tashabbus ko‘rsatish muhim o‘rin tutadi Xulosa Transformatsion yondashuv asosida ishlab chiqilgan mazkur model bo‘lajak o‘qituvchilarning sunʼiy intellekt savodxonligini kompleks tarzda rivojlantirish imkonini beradi. Model ta’lim mazmuni, metodikasi va
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada transformatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning sunʼiy intellekt savodxonligini shakllantirishga oid metodik model ishlab chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada transformatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning sunʼiy intellekt savodxonligini shakllantirishga oid metodik model ishlab chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sunʼiy intellekt, savodxonlik, metodika, o‘qituvchi tayyorlash, ta’lim innovatsiyalari., transformatsion yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024