Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI VA ULARNING QONUNCHILIKDA BELGILANGAN MAJBURIYATLARI
BELGILANGAN MAJBURIYATLARI · Maxmudov Sherali Xayitovich
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Mazkur tezisda tadbirkorlik subyektlari hamda ularning turlari, tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Yakka tartibdagi tadbirkorlik, yuridik shaxs, mas’uliyati cheklangan jamiyat, to‘liq shirkat, kommandit shirkat, aksiyadorlik jamiyati, xususiy korxona. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlar zamirida inson qadri uchun tamoyili asosida uning baxti, hayoti farovonligini ta’minlash maqsad qilib olingan. Ushbu maqsad yo‘lida davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun qonunchilikda turli imtiyoz va kafolatlar berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan joriy yilning avgust oyida davlat rahbarining tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv tashkil etilayotgani, tadbirkorlik subyektlari bilan yuzma-yuz muloqotni tashkil etilishi, ular faoliyatida uchrayotgan muammolar bevosita davlat rahbari tomonidan eshitilib, hal etilishiga xizmat qiladi. Mamalakat iqtisodiyoti rivoji o‘z hissasini qo‘shadi. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunning 4- moddasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. Tadbirkorlik subyekti sifatida jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat, dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda faoliyat olib borishi mumkin. Yuridik shaxs sifatida tadbirkorlik subyekti, qo‘shgan hissasiga qarab mas’uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyati, tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishiga qarab to‘liq shirkat, kommandit shirkat, faoliyatda o‘z mehnati bilan ishtirok etishiga ko‘ra ishlab chiqarish kooperativi, dehqon xo‘jaligi, boshqaruvdagi ishtirokiga ko‘ra xususiy korxona yoki fermer xo‘jaligi kabi turlarga bo‘linadi. Kichik tadbirkorlik subyektlari: 58 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 1) yakka tartibdagi tadbirkorlar; 2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band boʼlgan xodimlarining oʼrtacha yillik soni koʼpi bilan yigirma kishi, xizmat koʼrsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bogʼliq boʼlmagan boshqa tarmoqlardagi, band boʼlgan xodimlarining oʼrtacha yillik soni koʼpi bilan oʼn kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band boʼlgan xodimlarining oʼrtacha yillik soni koʼpi bilan besh kishi boʼlgan mikrofirmalar; 3) quyidagi tarmoqlardagi: qonunchilikda nazarda tutilgan yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi, band boʼlgan xodimlarining oʼrtacha yillik soni koʼpi bilan ikki yuz kishi; metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʼochsozlik, mebelь sanoatidagi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band boʼlgan xodimlarining oʼrtacha yillik soni koʼpi bilan yuz kishi; mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʼi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band boʼlgan xodimlarining oʼrtacha yillik soni koʼpi bilan ellik kishi; fan, ilmiy xizmat koʼrsatish, transport, aloqa, xizmat koʼrsatish sohalari (sugʼurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bogʼliq boʼlmagan boshqa sohalardagi, band boʼlgan xodimlarining oʼrtacha yillik soni koʼpi bilan yigirma besh kishi boʼlgan kichik korxonalar. Yakka tartibdagi tadbirkorlik - jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir. Mas’uliyati cheklangan jamiyat bu bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyatidir. Bunday jamiyat qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilga paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi. Jamiyatni tasis etishda jamiyat muassislari jamiyat tasis shartnomasini tuzishi va jamiyat ustavini tasdiqlashi kerak. Keyingi tadbirkorlik subyekti to‘liq shirkat bo‘lib, ishtirokchilari o‘z o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga qarashli 59 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat hisoblanadi. To‘liq shirkat xo‘jalik yurituvchi subyektdir. Bitta jismoniy yoki yuridik shaxs faqat bitta to‘liq shirkatda ishtirokchi bo‘lishi mumkin. Kommandit shirkat sheriklikdagi xo‘jalik faoliyati bo‘lib, unda to‘liq sheriklar bilan birgalikda kommanditchi sheriklar ham ishtirok etadi. Bunda to‘liq sheriklar shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini
Доказательный фрагмент
«Mazkur tezisda tadbirkorlik subyektlari hamda ularning turlari, tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tezisda tadbirkorlik subyektlari hamda ularning turlari, tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mas’uliyati cheklangan jamiyat, to‘liq shirkat, kommandit shirkat, yuridik shaxs, xususiy korxona., aksiyadorlik jamiyati, Yakka tartibdagi tadbirkorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024