Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
TASHQI SAVDO OPERATSIYALARINI MOLIYALASHTIRISHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI
Azimjon Xasanboy o‘g‘li Axmadjanov
Академические исследования в современной науке · 10 · 17–21 · 2026
Аннотация
Maqolada eksport-kredit agentliklarining (EKA) xalqaro amaliyotda tashqi savdoni moliyalashtirishdagi ahamiyati, ularning iqtisodiy vazifalari hamda bugungi moliyaviy va geosiyosiy sharoitlarda eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdagi roli yoritib berilgan. Shuningdek, yetakchi eksport-kredit agentliklariga ega davlatlarning eksportni qo‘llab- quvvatlash tizimi, tashkil etilish modellari hamda tashiq savdo moliyalashtirish vosita va usullari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: eksport-kredit agentliklari, tashqi savdoni moliyalashtirish, sug‘urta, savdo krediti. Bugungi kunda tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish xalqaro tizimi jiddiy strukturaviy o‘zgarishlar va moliyaviy resurslarning taqchilligi bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechirmoqda. Boz ustiga, jahondagi iqtisodiy va geosiyosiy nobarqorarlik fonida tashqi mavjud risklarning xavflilik darajasi ortishi bilan bir qatorda yangidan yangi risk o‘choqlari paydo bo‘layotganligi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda risklarning ehtimoliy xafvlarini kamaytirishga xizmat qiluvchi vositalarga, jumladan, sug‘urta va kafolatlarga bo‘lgan talabning keskin oshishiga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, ko‘plab mamlakatlarda pul-kredit siyosatining qattiqlashuvi biznes subyektlarini tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirishda davlatdan moliyaviy ko‘mak so‘rashga majbur qilmoqda. Bunday qaltis sharoitda bank va sug‘urta muassasalari past risk darajasiga ega bo‘lgan eksportchilar bilan ishlashni afzal ko‘rmoqda. Natijada, yuqori riskga ega korxonalar uchun moliyalashtirish imkoniyatlari qat’iy cheklanib, aksariyat hollarda tashiq savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan birlamchi moliyaviy ximatlardan ham foydalana olmay qolmoqda. Shu boisdan, ushbu biznes subyektlari davlat tomonidan tashkil etilgan eksport-kredit agentliklariga murojaat qilishga majbur bo‘lmoqda. O’z navbatida, jahonning ko‘plab davlatlarida milliy eksport-kredit agentliklari tashqi savdoni moliyalashtirishdagi bo‘shliqlarni bartaraf etishda muhim rol o‘ynamoqda. Eksport-kredit agentligi – eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan maxsus muassasa bo‘lib, mahalliy eksportchilarga imtiyozli kreditlar va kredit kafolatlarini berish, tijorat banklari va eksportchilarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, muayyan savdo bitimlari bilan bog‘liq risklarni o‘z zimmasiga olish bilan shug‘ullanadi. Eksport-kredit agentligining asosiy maqsadi – milliy mahsulotlar eksporti hajmini oshirish, eksportchilarni moliyaviy xizmatlardan foydalanishini osonlashtirish va tashqi bozorlarga chiqishdagi risklarni kamaytirish hisoblanadi. Eksport-kredit agentligining faoliyatiga klassik yondashuv uchta asosiy funksiyani nazarda tutadi. Birinchidan, milliy eksportchilar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratadi. Bunda, agar boshqa davlatlar o‘z eksportchilariga subsidiyalash orqali arzon moliyaviy resurslar taqdim etsa, mahalliy eksportchilar bunday imtiyozlardan mahrum bo‘lishi raqobatni 106 ` qiyinlashtiradi. Eksport-kredit agentligi mahalliy eksportchilarga arzon kreditlar ajratish orqali ularni raqobatbardosh holatga keltiradi va tashqi bozorda narx ustunligini ta’minlaydi. Ikkinchidan, eksport-kredit agentligi risk darajasi yuqoriligi sababli tijorat banklari tomonidan rad etilgan savdo bitimlarini ham moliyalashtirish imkonini yaratadi. Uchinchidan, eksport-kredit agentligi eksportchilar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi moliya muassasalari duch keladigan siyosiy hamda tijorat risklarini sug‘urta va kafolatlar orqali kamaytiradi yoki butunlay o‘z zimmasiga oladi, shu bilan birga ehtimoliy zarar eksport shartnomasining ishtirokchilari zimmasiga tushmaydigan tarzda risklarni samarali taqsimlaydi. Bundan tashqari, bugungi kunda davlatlar o‘zlarining eksport-kredit agentliklari orqali tashqi savdoni moliyaviy va tashkiliy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli rag‘batlantiruvchi vositalarni joriy etmoqda. Bularga aylanma mablag֥‘ ta’minoti, savdo operatsiyalarini moliyalashtirishning gibrid vositalarini taqdim qilish, eksport kreditlarini qaytarish bo‘yicha moslashuvchan sxemalarni ishlab chiqish, soddalashtirilgan foiz stavkalarini joriy qilish, moliyaviy resurslarni ajratish bo‘yicha tezlashtirilgan tasdiqlash va ruxsat berish jarayonlari, shuningdek, ariza topshirishning masofaviy va kontaktsiz shakliga o‘tish keng tarqalmoqda. Ta’kidlash lozimki, eksport-kredit agentliklarining faoliyati va tashkil etilish shakli barcha mamlakatlarda bir xil emas. Ularning huquqiy maqomi, hajmi, moliyalashtirish va sug‘urta mexanizmlari mamlakat iqtisodiy siyosati, tashqi savdo xususiyatlari va moliyaviy tizimiga muvofiq farqlanadi. Shu sababli eksport-kredit agentliklari ko‘proq ularning bajarayotgan funksiyalari orqali tavsiflanadi. Jumladan, xalqaro amaliyotda eksport-kredit agentliklarining ikki asosiy modeli mavjud: davlat tomonidan moliyalashtiriladigan eksport-import banklari va xususiy sektorning moliyaviy resurslari asosida faoliy
Доказательный фрагмент
«Maqolada eksport-kredit agentliklarining (EKA) xalqaro amaliyotda tashqi savdoni moliyalashtirishdagi ahamiyati, ularning iqtisodiy vazifalari hamda bugungi moliyaviy va geosiyosiy sharoitlarda eksport faoliyatini qo‘…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada eksport-kredit agentliklarining (EKA) xalqaro amaliyotda tashqi savdoni moliyalashtirishdagi ahamiyati, ularning iqtisodiy vazifalari hamda bugungi moliyaviy va geosiyosiy sharoitlarda eksport faoliyatini qo‘… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tashqi savdo operatsiyalari, sug‘urta, kreditlash, kafolat, subsidiyalash va kompensatsiyalash., savdo moliyasi
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009