Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY OILALARDA IJTIMOIY MUNOSABATLAR MUAMMOSINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
MUAMMOSINING PSIXOLOGIK ASOSLARI · Choriyeva Sarvinoz Abdirashidovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Oila qurishdan asosiy maqsad jamiyat barpo qilishdir, jamiyat barpo qilish esa bir davlatni yuzaga keltiradi. Shu sababdan ham oila qurish va nikohlanishga azaldan alohida ahamiyat berilgan va jiddiy yondashilgan. Oilaviy munosabatlar muammosining yuzaga kelishida asosan oilaning har bir a’zosi bir birini tushuna olmasligida, tushunishni istamasligida yoshlarning noto’g’ri tarbiyalanishida, er-xotin oilada burch va vazifalari haqida tushunchaga ega bo’lmasligida qaynona kelin munosabatlari yangi kashf qilinayotgan urf-odatlar sabab darz ketishi va murosa qila olmaslikdadir. Shu sabablar ham oilaning darz ketishi va ajrimlar sonini ortib borishi natijasida hamda qizlarning turmushsiz farzand dunyoga keltirishi natijasida “Mehribonlik uylari” va “Oilaviy bolalar uylari” tashkil qilinishiga sabab bo’lib qolmoqda. Jamiyatimizda bunday og’riqli nuqtalarni bartaraf etish uchun yetarlicha tushunutirish ishlari targ’ib qilinishi lozim. Kalit so’zlar: Oila, burch, vazifa, munosabatlar, jamiyat, ,mehribonlik uylari, Oilaviy bolalar uylari er-xotin munosabatlari, qaynona-kelin munosabatlari, nizolar. Oila jamiyat ichidagi kichik bir jamiyat hisoblanadi. Ana shu kichik jamiyat kattalashsa butun bir davlatga aylanadi. Oilaning jamiyatda o’rni asosiy hisoblanadi. Sababi sog’lom muhitda shakllangan farzandlar jamiyat va davlat rivoji uchun o’zining munosib ulushini qo’shadi. Sog’lom oilada tarbiyalangan bola bilan nosog’lom muhitda tarbiyalangan bolalar bir biridan farq qilgani kabi nosog’lom jamiyat ham sog’lom jamiyatdan keskin farq qiladi shuning uchun ham jamiyatda oilaning mustahkamligi va u sog’lom muhitda ekanini nazorat qilish muhim sanaladi. Oilaviy munosabatlarda eng birinchi o’rinda yoshi keksalarning tajribalari asosida oila haqida tushunchalar shakllantiriladi. Qolaversa oilada o’zaro hurmatni ta’minlashi kichikligidayoq tarbiya asosida rivojlantirilishi kerak. Yoshlar keksalarni hurmat qilishi, keksalar holidan doimo habar olib turish va oilada har kim o’z burch va vazifalarini bilishi talab etiladi. Jumladan ikki yoshning oila qurishi yangi bir jamiyatning boshlanishi bo’lsa demak bu kichik jamiyatda albatta erkak kishining ustunligi talab etiladi. Shu bilan bir qatorda albatta oila mustahkam va mukammalligi har ikki shaxsning burch va vazifalarini yaxshi bilishi natijasida yuzaga keladi. Oilada xotinning burchlari erga itoat qilmog’i, ayol kishi erining ruxsatisiz begona uyga kirmasligi, 123 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference eri yomon ko’radigan insonlarni uyiga kiritmasligi, erining iznisiz biror ish qilmasligi kabilar bo’lsa erning burchlari esa mahr, nafaqa, taomlantirish, kiyintirish, maskan bilan ta’minlanishi nazarda tutiladi1. Albatta oiladagi eng katta kuchli nizolar ikki tomonning bir birini tushuna olmasligidan vujudga keladi. Oila munosabatlari psixologiyasida asosan oila jamiyatning bir bo’lagi va shu kichik bir jamiyat qanchalik tinch totuv bo’lsa jamiyat ham rivojlanishda davom etadi degan qarashni ilgari surishadi. Shu sababdan ham eng katta e’tibor avvalambor oilaning nizolardan holi ekanini ta’minlashdir. Shuningdek oilaning to’gri shakllanishida yoshlarni ma’lumotlar ba’zasi bilan ta’minlash, juftni to’g’ri tanlashga ko’maklashish, oila haqida tushunchani rivojlantirish, oilada shaxsning ro’li muhimligini o’rgatish, yoshlarni jinsiy hayotga tayyorlash kabilar eng muhim asoslardan biri hisoblanadi shu sabab ham yoshlarni bu hayotga tayyorlash shart. Aynan shu tushunchalar yaxshi shakllanmagan oilalarda aynan tanazzulga uchrash, ajrimlar, ikki nikohlanish, farzandlarni “Mehribonlik uylari” va “Oilaviy bolalar uylari”da bolalarning ko’payishiga olib kelmoqda. “Nikoh” deb atalgan muqaddas aloqa faqat kelin va kuyovning ikkovlari o’rtasidagi robitadangina iborat emas. Balki bu robita ularning ortida turgan ota- onalari, oila a’zolari va qavmi-qarindoshlarini ham o’z ichiga oladi. Nikohning jamiyat a’zolari orasidagi aloqalarni muhtahkamlashga qiladigan katta xizmati ham shundadir. Kelin va kuyovning sababi ularning oila a’zolari, urug’lari va qarindoshlari ham qudachilik asosida yaqinlashadilar. Shuning uchun ham Islomda qudachilik aloqalariga alohida e’tibor berilgan va uning ahamiyati qayta-qayta ta’kidlangan.2 Aynan shu borada ham Alloh azza va jalla Qur’oni Karimning Furqon surasi 54-oyatida shunday marhamat qiladi: “У, сувдан башар яратган ва уни насл-насаб, қуда-анда қилиб қўйган Зотдир. Роббинг қодир бўлган Зотдир.”3 Oilada qaynona-kelin, er-xotin munosabatlarida nizolar asosan muvozanatni ushlay olmaslikdan yuzaga keladi. Ya’ni hozirgi kunda keraksiz urf- odatlarni ko’payib ketishi, sarpo suruqlarning haddan oshib ketishi yoki ikki oila orasida aynan shu sarpolar sabab katta nizo shakllanishi natijasida nikohlarning buzilib ketishi nazarda tutiladi. Aynan shu sabab ham oilalarda o’g’il va qizlarni oilaga tayyorlash keksalarning keraksiz urf odatlarni yaratishdan qaytarish lozim. Yoshlarni o’zlaridan kattalarni hurmat qilishni va oilada erga
Доказательный фрагмент
«Oila qurishdan asosiy maqsad jamiyat barpo qilishdir, jamiyat barpo qilish esa bir davlatni yuzaga keltiradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюOila qurishdan asosiy maqsad jamiyat barpo qilishdir, jamiyat barpo qilish esa bir davlatni yuzaga keltiradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- munosabatlar, Oilaviy bolalar uylari er-xotin munosabatlari, burch, vazifa, qaynona-kelin munosabatlari, jamiyat, mehribonlik uylari, Oila, nizolar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024