К содержанию
РецензированоUZ2026

XORAZM VILOYATIDA TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBA, BANK KREDITLARI, GRANTLAR VA DAVLAT DASTURLARINING ROLI

Shohsanam Shonazarova Suhrob qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

(in English) This thesis analyzes the role of foreign experience, bank loans, grants, and government programs in the development of tourism infrastructure in the Khorezm region. Existing problems in the sector, barriers to financing, and ecological approaches have been addressed to develop effective solutions. Based on the results of the study, specific recommendations have been proposed for the comprehensive development of tourism in the region. Keywords: Khorezm region, tourism infrastructure, bank loans, foreign experience, grants, government programs, financing, development strategies. 133 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference O‘zbekistonning turizm sohasini rivojlantirish – iqtisodiyotning diversifikatsiyasi, yangi ish o‘rinlarini yaratish va hududlar salohiyatini to‘liq ishga solishning muhim vositasidir. Ayniqsa, boy tarixiy meros, qadimiy shaharlar va o‘ziga xos madaniy an’analarga ega Xorazm viloyati turizmda salmoqli imkoniyatlarga ega. Shunga qaramay, viloyatda mavjud infratuzilma, moliyaviy manbalar, xorijiy investitsiyalar va loyihalarning yetarlicha jalb qilinmayotgani sezilmoqda. Mazkur tezisda turizm infratuzilmasini moliyalashtirishda bank kreditlari, davlat kafolatlari, xorijiy tajribalar, grantlar va amaldagi hukumat dasturlarining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish strategiyalari ham ko‘rib chiqiladi. Metodologiya Tadqiqotda quyidagi metodlardan foydalanildi: Tahliliy metod – Xorazm viloyatidagi mavjud turizm infratuzilmasining moliyaviy holati, xorijiy investitsiyalar, kreditlar va grantlar asosida amalga oshirilayotgan loyihalar tahlil qilindi. Taqqoslash usuli – xorijiy mamlakatlardagi muvaffaqiyatli tajribalar O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyati bilan solishtirildi. Normativ-huquqiy tahlil – Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, davlat dasturlari va boshqa normativ hujjatlar asosida amaldagi tartiblar o‘rganildi. Adabiyotlar sharhi Mazkur mavzu bo‘yicha quyidagi adabiy manbalardan foydalanildi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-sonli Farmoni (“2022–2026-yillarda yangi O‘zbekistonni taraqqiy ettirish strategiyasi”) “2023–2025-yillarda turizm sohasini rivojlantirish dasturi” Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar sharhi. Xorijiy mamlakatlar – Turkiya, Vengriya, Gruziya, Malayziya va Ispaniya kabi davlatlarning turizm infratuzilmasini rivojlantirishda qo‘llagan kredit-grant siyosatlari haqidagi ilmiy maqolalar. Mahalliy iqtisodiy jurnallar (“Iqtisodiyot va ta’lim”, “Tahlillar va prognozlar” va h.k.) Asosiy qism Hozirgi holat va muammolar. Xorazm viloyati turizm sohasida salohiyatli bo‘lishiga qaramay, quyidagi muammolar mavjud: Brend va imidj yetishmasligi – Xorazmning zamonaviy turizm brendi yo‘qligi, marketing kampaniyalari sustligi. Infratuzilmaning zaifligi – aeroportlar, mehmonxonalar, transport va gigiyena infratuzilmalari yetarli emas. Tarixiy turizmga haddan tashqari urg‘u berilishi – ekoturizm, agroturizm, gastronomik, sog‘lomlashtirish turizmi singari 134 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yo‘nalishlar rivojlanmagan. Moliyalashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi – kichik biznes va startaplar uchun bank kreditlari olish qiyinligi, garov muammosi. Ko‘p hollarda qog‘ozbozlik va byurokratiya yuqoriligi – investorlar uchun turli ruxsatnoma va hujjatlarni olishda vaqt va xarajat ko‘pligi. Davlat siyosati va imtiyozlar. Turizmni qo‘llab-quvvatlash uchun Prezident farmonlari asosida soliq imtiyozlari, bojxona preferensiyalari, subsidiyalar ajratilmoqda. Davlat dasturlari orqali kichik biznes subyektlariga boshlang‘ich mablag‘, subsidiyalar ajratilmoqda. “Ipak yo‘li” turizm universiteti, Turizm qo‘mitasi va viloyat hokimiyati hamkorligida kadrlar tayyorlash, loyihalarni muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekistonda davlat grantlari tizimida ayrim kamchiliklar mavjud. Jumladan, grant mezonlarining ochiqligi past, aholining grantlar haqida xabardorligi yetarli emas, hujjat topshirish jarayoni murakkab va byurokratik to‘siqlarga to‘la, mablag‘lardan foydalanish ustidan nazorat sust. Bu kamchiliklar tufayli ko‘plab istiqbolli loyihalar moliyaviy yordamdan chetda qolmoqda. Xorijiy tajriba. Xalqaro tajribalar shuni ko‘rsatadiki, turizm infratuzilmasini moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklik, ekologik kreditlar, xalqaro grantlar va subsidiyalar muhim rol o‘ynaydi. Masalan, Turkiyada DXSh asosida turistik zonalar rivojlantirilmoqda1, Ispaniyada ekologik loyihalarga “yashil kreditlar” ajratiladi2, Yaponiyada esa ekologik xavfsiz turizm uchun davlat subsidiyalari beriladi3. BMT va Yevropa Ittifoqi kabi tashkilotlar orqali ekologik infratuzilmani rivojlantirishga grantlar ajratilmoqda. Ushbu tajribalar Xorazm viloyati uchun ham dolzarb bo‘lib, ularni mahalliy sharoitga moslashtirish mumkin. Xorazmda amalg

Доказательный фрагмент

«(in English) This thesis analyzes the role of foreign experience, bank loans, grants, and government programs in the development of tourism infrastructure in the Khorezm region.»

Образец извлечения

Демо-превью

(in English) This thesis analyzes the role of foreign experience, bank loans, grants, and government programs in the development of tourism infrastructure in the Khorezm region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Khorezm region, tourism infrastructure, bank loans, foreign, Xorazm viloyati, turizm infratuzilmasi, davlat dasturlari, rivojlantirish strategiyalari., xorijiy tajriba, moliyalashtirish, grantlar, bank kreditlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники