Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
LEKSIK TRANSFORMATSIYA VA UNING TURLARI
Jabborova Sevinch Yoqubjon qizi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada tarjimada qo‘llaniladigan leksik transformatsiya turlari va ularning xususiyatlari yoritilgan. Konkretlashtirish, umumlashtirish, antonimik tarjima, sababni natija bilan almashtirish, kompensatsiya, qo‘shish va tushirib qoldirish kabi transformatsiya usullari misollar bilan tahlil qilingan. Har bir usulning tarjima jarayonida qanday vazifani bajarishi, ularning lingvistik va stilistik ahamiyati izohlangan. Maqolada ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi grammatik va semantik tafovutlarni hisobga olgan holda, transformatsiya usullarining amaliy qo‘llanilishiga e’tibor qaratilgan. Har bir transformatsiya turi uchun uning nima maqsadda ishlatilishi, qachon qo‘llanishi va tarjimada qanday natija berishi oddiy misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasidagi grammatik va ma’no farqlari misolida bu usullar tarjimada matnni o‘quvchi uchun aniq, tushunarli va tabiiy qilishga qanday yordam berishi yoritilgan. Kalit so‘zlar: leksik transformatsiya, konkretlashtirish, umumlashtirish, antonimik tarjima, sababni natija bilan almashtirish, kompensatsiya, qo‘shish, tushirib qoldirish, tarjima Tilshunoslikda transformatsiya — bu bir til birliklarini (so‘z, ibora, gap) boshqa tilga yoki tilning o‘zida boshqa shaklga o‘tkazish jarayonida ularning grammatik tuzilishi, leksik tarkibi yoki semantik mazmunini o‘zgartirish usullaridir. Transformatsiya til tizimlari o‘rtasidagi tuzilma, ma’no va uslub farqlarini moslashtirish, shuningdek, matnni o‘quvchi uchun tushunarli va tabiiy qilish maqsadida qo‘llanadi. Uning asosiy turlaridan biri leksik transformatsiya hisoblanib tarjima jarayonida keng qo‘llaniladi.Hozirgi globallashuv davrida xalqlar o‘rtasidagi madaniy, iqtisodiy va ilmiy aloqalar kengayib bormoqda. Bu jarayonda tarjima faoliyati muhim o‘rin tutadi, chunki u turli tillarda yaratilgan axborot va bilimlarni keng auditoriyaga yetkazishning asosiy vositasidir. Tarjima jarayonida faqat so‘zma-so‘z ma’noni yetkazish kifoya qilmaydi, balki matnning umumiy mazmuni, uslubi va madaniy konnotatsiyasini ham to‘g‘ri ifodalash talab etiladi. Shu jihatdan leksik transformatsiyalar tarjima nazariyasi va amaliyotida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular matnning ma’nosini boshqa tilda tabiiy va tushunarli shaklda yetkazishga xizmat qiladi.Mavzuning dolzarbligi shundaki, ingliz va o‘zbek tillari o‘rtasida grammatik, semantik va 143 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference stilistik jihatdan katta farqlar mavjud. Bu farqlarni bartaraf etish va mazmunni aniq yetkazish uchun tarjimon turli leksik transformatsiya usullaridan foydalanadi. Konkretlashtirish, umumlashtirish, antonimik tarjima, sababni natija bilan almashtirish, kompensatsiya, qo‘shish va tushirib qoldirish kabi usullar shu jarayonning muhim qismi hisoblanadi. Ushbu maqolaning maqsadi — leksik transformatsiya turlarini tizimli o‘rganish, ularning tarjima jarayonidagi vazifalarini aniqlash va ingliz hamda o‘zbek tillarida qo‘llanilish xususiyatlarini misollar asosida tahlil qilishdir. Shuningdek, leksik transformatsiya tushunchasini va uning tarjima nazariyasidagi o‘rnini yoritish, hamda har bir transformatsiya turining xususiyatlarini misollar bilan tushuntirish.Avvalgi tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, tarjima nazariyasi bo‘yicha N.K. Garbovskiy, V.N. Komissarov, L.S. Barxudarov kabi olimlar leksik transformatsiyalarning nazariy asoslarini ishlab chiqqan. O‘zbek tilshunosligida ham tarjima jarayonida so‘z va iboralarning moslashtirilishi, ma’no kengayishi yoki qisqarishi masalalari o‘rganilgan bo‘lsa-da, ingliz–o‘zbek til juftligi misolida leksik transformatsiyalarni tizimli tahlil qilish dolzarbligini saqlab qolmoqda. Shu sababli mazkur maqola ushbu yo‘nalishda amaliy va nazariy xulosalar chiqarishga qaratilgan. Asosiy qism. Leksik transformatsiya — bu tarjima jarayonida so‘z yoki iboraning ma’nosini, hajmini yoki ifoda shaklini o‘zgartirish orqali uni boshqa tilning leksik tizimiga moslashtirish usulidir. Boshqacha aytganda, leksik transformatsiya so‘zlarni so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydigan hollarda, ularning mazmunini to‘g‘ri va tabiiy yetkazish uchun qo‘llanadi. Bu jarayonda so‘zning umumiy yoki aniq ma’nosi o‘zgartirilishi, boshqa so‘z bilan almashtirilishi, kengaytirilishi, qisqartirilishi yoki tushirib qoldirilishi mumkin. Quyida leksik transformatsiyaning ba’zi turlari keltiriladi. Konkretlashtirish. Leksik transformatsiyaning bu turi kengroq ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarning o‘zgarishlarini va yanada aniq bir ma’no kasb etishini o‘z ichiga oladi. U ko'pincha lingvistik, madaniy va ijtimoiy kontekstda yuzaga keladi va so‘zlarning ma’nolarini yanada aniqroq va o‘ziga xos qilib ko‘rsatishga yordam beradi. N.K. Garbovskiyning fikriga ko‘ra, konkretlashtirish “tarjimon umumlashtirish zanjiri bo‘yicha tarjima so‘zi yoki iborasida mavjud bo‘lgan keng qamrovli va unchalik murakkab bo‘lmagan konsepsiyani yanada cheklangan, ammo aniqroq tarkibdagi murakkabroq tushuncha bilan almashtiradigan transfor
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tarjimada qo‘llaniladigan leksik transformatsiya turlari va ularning xususiyatlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tarjimada qo‘llaniladigan leksik transformatsiya turlari va ularning xususiyatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kompensatsiya, umumlashtirish, sababni natija bilan almashtirish, qo‘shish, leksik transformatsiya, konkretlashtirish, antonimik tarjima, tarjima, tushirib qoldirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024