К содержанию
РецензированоUZ2026

INNOVATSION IQTISODIYOTNI QURISHDA YOSHLARNING OʻRNI VA AHAMIYATI

VA AHAMIYATI · Ikromova Sevinch Elniyoz qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda yoshlar siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, xususan, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishdagi yoshlarning oʻrni va ahamiyati tahlil qilingan. Maqola davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning bu boradagi fikrlari bilan boshlanib, yoshlarning taʼlim olishi, tadbirkorligi va innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan amaliy islohotlar, ularning natijalari hamda mavjud imkoniyatlar atroflicha yoritilgan. Shuningdek, maqolada raqamli texnologiyalar, IT-sohasi va startap-loyihalarni rivojlantirishda yoshlarning faolligi misollar asosida koʻrsatib berilgan. Kalit soʻzlar: innovatsion iqtisodiyot, yoshlar siyosati, raqamli texnologiyalar, taʼlim, tadbirkorlik, startap-loyihalar. Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish strategiyasida yoshlarga oid davlat siyosati ustuvor yoʻnalishlardan biri etib belgilangan. Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Bu ulkan salohiyat mamlakat taraqqiyoti uchun beqiyos imkoniyat ekanligini Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqlarida doimiy ravishda taʼkidlab keladi. Jumladan, "Yoshlar kelajagi bilan bogʻliq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega," - deb aytgan soʻzlari nafaqat bir chaqiriq, balki davlat siyosatining oʻzagi hisoblanadi. Bu fikr "Oʻzbekiston-2030" strategiyasining "Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish" deb nomlangan birinchi yoʻnalishida ham oʻz aksini topgan boʻlib, 44 banddan 25 tadan ortigʻi bevosita yoshlar manfaatlariga bagʻishlangan. Prezidentimizning bu yondashuvi yoshlarga boʻlgan ishonch va ularga yaratilayotgan imkoniyatlarning yorqin ifodasidir. Bu, shubhasiz, yoshlarning innovatsion va raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi rolini kuchaytirishga xizmat qiladi. Innovatsion iqtisodiyot — bu jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori boʻlgan, doimiy ravishda yangi texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlar yaratilishi bilan tavsiflanadigan tizimdir. Bunday iqtisodiyotning asosi bilim, isteʼdod va innovatsion fikrlash boʻlib, bu borada yoshlarning oʻrni hal qiluvchi ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda yoshlarning innovatsion iqtisodiyotni qurishdagi faol ishtirokini taʼminlash uchun keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 1. Taʼlim tizimidagi islohotlar va raqamli texnologiyalar Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan saʼy- harakatlar yoshlarga zamonaviy bilim va koʻnikmalarni berishni maqsad qilgan. 179 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Oliy taʼlim muassasalari sonining keskin oshishi (soʻnggi yillarda 3 barobardan koʻpga oshdi) va oliy taʼlimga qamrov darajasining 9% dan 42% ga yetgani buning yaqqol isbotidir. Bu oʻzgarishlar yoshlar uchun ilm olish, oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish va jamiyatga foyda keltirish imkoniyatini yaratdi. Ayniqsa, raqamli taʼlim va IT sohasiga berilayotgan eʼtibor yoshlarning kelajakda raqobatbardosh mutaxassis boʻlib yetishishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Masalan, "Bir million oʻzbek dasturchilari" loyihasi doirasida yoshlar bepul asosda dasturlash tillarini oʻrganish imkoniyatiga ega boʻldi. Natijada, IT-Park rezidentlari soni ortib, bu sohada ishlayotgan yoshlar soni bir necha barobarga koʻpaydi. 2024-yilda "IT-Park"da rezidentlikka ega boʻlgan kompaniyalar eksporti hajmi 140 million dollardan oshgani, bu sohada 28 mingdan ortiq yoshlarning bandligi taʼminlangani innovatsion iqtisodiyotning dastlabki mevalari hisoblanadi. Bu kabi loyihalar yoshlarning kreativ fikrlashini rivojlantirib, ularni texnologik yangiliklar yaratishga undamoqda. 2. Yoshlar tadbirkorligi va startap-ekotizimni qoʻllab-quvvatlash Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda yosh tadbirkorlar va startap- loyihalar muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekistonda yoshlarning biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash uchun tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. "Yoshlar daftari" orqali ishsiz va muhtoj yoshlarga moliyaviy yordam koʻrsatilib, ular tadbirkorlikka jalb qilinmoqda. Oʻtgan yili "Yoshlar daftari" orqali 180 ming yoshga 345 milliard soʻmlik yordam koʻrsatilishi, yosh tadbirkorlar sonining 3 barobarga koʻpayib, ular biznes vakillarining qariyb 40% ni tashkil etishi davlatning yoshlar tadbirkorligiga boʻlgan eʼtibori natijasidir. Bundan tashqari, innovatsion gʻoyalarni amalga oshirishga yordam beruvchi "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari" tashkil etilgan. Ushbu zonalarda yoshlarga imtiyozli shartlarda yer ajratilishi, soliq imtiyozlari berilishi ularning oʻz biznesini boshlashiga ragʻbat boʻlmoqda. Masalan, mamlakat boʻylab tashkil etilgan 210 ta shunday zonada umumiy qiymati 4 trillion soʻmdan ziyod boʻlgan 2,5 mingdan ortiq loyiha amalga oshirilgan. Bu esa minglab yoshlarning ish bilan taʼminlanishiga olib keldi. Oʻzbekiston yoshlariga berilayotgan taʼlim kreditlari ham ularni innovatsion gʻoyalarini amalga oshirishga undaydi. Misol uchun, IT-Park rezidenti boʻlgan nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan yoshlarga 4 yil muddatga, bir yillik imtiyoz

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Oʻzbekistonda yoshlar siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, xususan, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishdagi yoshlarning oʻrni va ahamiyati tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda yoshlar siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, xususan, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishdagi yoshlarning oʻrni va ahamiyati tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, startap-loyihalar., yoshlar siyosati, tadbirkorlik, taʼlim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники