Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HINDISTONDA BOBURIYLAR SULOLASI DAVRI YER EGALIGI
Sobirov Jamshidbek Zokirjon o‘g‘li
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Hindistondagi buyuk imperiya hisoblangan Boburiylar sulolasi davrida mavjud boʻlgan yer egaliklari, ularning qanday nomlar bilan yuritilganligi haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Boburiylar imperiyasi, yer egaligi, xolisa, jogir, zamindorlik, iqto, madadi maosh. Boburiylar imperiyasi - Hindiston hududining juda katta qismini egallagan buyuk bir davlat edi. Shubhasiz bu davlatda yer egaliklari mavjud boʻlganligi tarixiy haqiqat hisoblanadi. Hindistonda Boburiylar sulolasi davrida yer egaligi tizimi bir necha asosiy shakllarga bo‘lingan bo‘lib, u davlat tuzilishi va ijtimoiy qatlamlarning shakllanishida muhim rol o‘ynagan. Boburiylar imperiyasida yer egaligining asosiy uch shakli quyidaglar edi: xolisa, jogirdor va zamindor. Yer va yer mahsulotlari hisobidan davlat byudjetining asosiy manbasi edi. Mazkur soliq turli shakllarda olingan. Boburiylar davlatida yerlar ikki turga: xolisa ya‘ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri podshohga yoki xazinaga daromat keltiruvchi va xizmat evaziga turli kishilarga berilgan jogir yerlarga bo‘lingan. [1.215] Xolisa yoki davlatga qarashli yerlar podshohning shaxsiy mulki hisoblanib, ular XVI asrning ikkinchi yarmi XVII asrda barcha hosildor yerlarning sakkizdan bir qismini tashkil qilar va bu yerlardan tushgan daromat shoh hamda shoh oilasining ehtiyojlariga, saroy va shoh qo‘shinini ta‘minlash uchun sarf qilinardi. Jogir yerlar Iqto ham deyilgan. Har ikki yerlarda ikki ko‘rinishda soliq to‘plangan. ● To‘g‘ridan-to‘g‘ri ma‘murlar tomonidan, agar jogir bo‘lsa jogir egasining odamlari tomonidan soliq to‘langan. ● Soliq to‘plash yoki maxsus kishilar tomonidan olib borilgan. [2.217] Mamlakatdagi dehqonchilikka yaroqli asosiy yerlar jogirdorlar tasarrufida bo‘lgan. “Jogirdor” so‘zi lug‘aviy jihatdan “joy egasi” yoki “joy olgan” ma’nosini bildiradi. “Jogir” esa odatda harbiy xizmatlar evaziga berilgan yer mulkini anglatgan. Bunday yerlar meros tariqasida o‘tmas edi. Jogirdorlar o‘zlariga biriktirilgan yer hajmiga qarab ma’lum miqdorda qo‘shin saqlash va ta’minlash hamda zarurat tug‘ilganda shu qo‘shin bilan shohga yordam berish majburiyatiga ega bo‘lishgan. Jogir yerlarining miqyosi turlicha bo‘lib, hatto butun boshli pargana yoki tumanlar ham jogir sifatida in’om etilgan holatlar mavjud edi. 195 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Boburiylar davri yer egaligining uchinchi shakli “zamindorlik" deb atalgan. Zamindor – katta yer egasi, xolisa egasi va jogirdorlardan farqli o‘laroq, u yerning haqiqiy egasi bo‘lgan. Avvaldan kelishilgan shart bo‘yicha zamindor davlat xazinasiga yillik soliq to‘lagan va qolgan masalalarda o‘zi mustaqil ish yuritgan: dehqonlarni yollash yoki ularga ijaraga yer berish, yetishtirilgan hosildan olinadigan ulush va boshqalar. Zamindorning yeri uning o‘zidan keyin o‘g‘illariga meros bo‘lib o‘tgan va bu holat davlatning tegishli idorasida rasmiylashtirilgan. [3.136-137] Yuqorida tilga olingan yer egaligining uch asosiy turi bilan bir qatorda, hind ruhoniylari, shuningdek roja va roylarga qarashli kichik yer mulklari hamda jamoa yerlari ham bo‘lgan. Jogirdorlar va zamindorlar o‘z hududlarida to‘la hukmronlik qilgan, yer solig‘i sifatida belgilanganidan ancha ko‘p ulushni undirib olganlar. Ba’zan bu ulush hosilning yarmidan ham oshib ketgan holatlar uchragan. Akbarshoh o‘tkazgan islohotlar orasida sh6 ham bor edi. Ba‘zi yerlar iqlim sharoitiga ko‘ra viloyatlarning xususiy quvvatiga qarab belgilangan. Har viloyatning qancha miqdorda soliq berishi yerlarning unumdorligiga qarab belgilangan. Xolisa va jogir yerlar bilan bir qatorda yana ikki xil yerlar ham bo‘lgan. Ulardan biri suyurg‘ol yerlaridir. Yer mulkining bu shakli ba‘zan “madadi maosh" deb ham atalgan. “Oyiniyi Akbariy"ga ko‘ra bu kabi yerlar buyuk ulamolarga, dunyo ishlaridan o‘zini tortganlarga (shayx, qalandar, darvish va hokazolar), yo‘qsinlarga buyuk xonadonlarning faqirlashgan a‘zolariga berishgan. Bu kabi yerlarga oid ishlar bilan devonlar emas, sadirlar shug‘ullanganlar. [4.217] Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Rustambek Shamsutdinov, Fazliddin Abdullayev, Muzrobjon Abdullayev, Buyuk Boburiylar Saltanati. – Andijon: Meros, 1995. 215-bet. 2. Rustambek Shamsutdinov, Fazliddin Abdullayev, Muzrobjon Abdullayev, Buyuk Boburiylar Saltanati. – Andijon: Meros, 1995. 217-bet. 3. N. G‘. Nizomiddinov, Buyuk Boburiylar Tarixi (XVI – XIX asr). – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. 136-137 betlar. 4. Rustambek Shamsutdinov, Fazliddin Abdullayev, Muzrobjon Abdullayev, Buyuk Boburiylar Saltanati. – Andijon: Meros, 1995. 217-bet. 196
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Hindistondagi buyuk imperiya hisoblangan Boburiylar sulolasi davrida mavjud boʻlgan yer egaliklari, ularning qanday nomlar bilan yuritilganligi haqida so‘z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Hindistondagi buyuk imperiya hisoblangan Boburiylar sulolasi davrida mavjud boʻlgan yer egaliklari, ularning qanday nomlar bilan yuritilganligi haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xolisa, madadi maosh., jogir, yer egaligi, iqto, zamindorlik, Boburiylar imperiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024