К содержанию
РецензированоRU2025

Анализ реалий, встречающихся в английском переводе произведения "Хорезмнома"

Shokhista MATKARIMOVA · June -/© in Science LLC. (Urgench State University)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 247-252 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: Данная статья включает в себя анализ реалий, действительность, встречающихся в процессе перевода произведения О. топонимы, Машарипова «Хорезмнома» с узбекского языка на антропонимы, английский. Кроме того, в этой статье освещаются виды транслитерация, копирование, реалий и информация о них. транскрипция. Tarjima jarayonida tarjimonga eng katta qiyinchiliklar keltiradigan omillardan biri, asl asarning milliy xususiyatlarini boshqa bir madaniyatga o‘tkazishdir. Endi esa biz milliylikning kichik bir ifodasi bo‘lgan realiya haqidagi masalani ko‘rib chiqamiz. Bolgariyalik tarjimashunos olimlar S. Vlaxov va S. Florin realiya atamasini, turli madaniyat va hududga xos bo‘lgan narsalar, tushunchalar, voqealar, geografik xususiyatlar, ijtimoiy va tarixiy yirik elementlar kabi xalqlar, millatlar yoki qabilalarning turmush tarzini ifodalovchi xalq tilidagi so‘zlar va ifodalar deya ta’riflaydilar. Bunday so‘zlar, shuningdek, geografiya, etnografiya, folklor va mifologiya bilan bog‘liq bo‘lib, tarixiy va ijtimoiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Biz bularni asosan “xos so‘zlar” deb ataymiz. Badiiy asarda xos so‘zlar asar muayyan milliy adabiyotga mansub ekanligini va badiiy voqelikning muayyan etnik guruhda sodir bo‘layotganini ko‘rsatadi. Realiya yoki xos so‘zlar ko‘pincha tarjimaga mos kelmaydigan ekzotik leksika sifatida ifodalanadi. Bu esa, milliy rangni yoki davrni aks ettirish maqsadida asl so‘zlarni tarjima qilmaslik kerak degani emas. Aksincha, agar tarjima asarida asl tilning so‘zlari ko‘p uchraydigan bo‘lsa, bu tarjima sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatib, kitobxonni asar bilan bog‘lanishdan chetlatishi yoki asar mazmunini yaxshi anglab yetmasligi mumkin. Tarjimada realiyalar ko‘p bo‘lsa, bu, Rosselsning ta’kidlashicha, o‘quvchida xotiraga noxush to‘siqlarni keltirib chiqaradi, xuddi tushunarsiz chiziqlar kabi o‘sha xotirada qolib ketadi. Tarjimon milliy adabiy asarni o‘z tili va badiiy muhiti bilan uyg‘unlashtirishga intilayotganida, asli asar muallifining niyatini boshqa tilda ham aynan ifodalashni maqsad qiladi. Har bir so‘z yoki ibora asar matniga shunchaki “qog‘ozni qoraytirish” uchun kiritilmaydi, balki ular kitobxonlarda aniq bir his-tuyg‘u uyg‘otish uchun faol ishlatiladi. Har bir so‘zda nafaqat tasviriy iyerogliflar, balki katta hayot nafasini sezish mumkin. Bunday yondashuv tarjimonga katta mas'uliyat yuklaydi, chunki har bir milliy tilda faqat o‘sha tilda mavjud bo‘lgan o‘ziga xos so‘zlar bo‘lishi mumkin, va ba'zan bu so‘zlar boshqa tillarda umuman boshqa ma'no yoki ibora shaklida uchrashi mumkin. Tarjimonning mas'uliyati aynan shunda bu ma’nolarni to‘g‘ri saralay bilishda. Misol tariqasida Xorazmnoma asarining o‘zbek tilidagi variantidan ingliz tiliga tarjimasida bir nechta geografik, etnografik, folklor, ijtimoiy va tarixiy xususiyatlarga oid xos so‘zlarni tarjimasiz qoldirilgan. Shunga qaramay, bu realiyalar tarjima matnida begona va moslashmagan narsadek ajralib turmaydi. Xorazmnoma asarida uchragan realialardan biri bu pir degan so‘z bo‘lib, bu so‘z O‘zbek tilining izohli lug‘atida diniy mazxab boshlig‘i, diniy rahbar ma’nosi sifatida berilgan bo‘lib, uni tarjimada teacher deb bermoqchi bo‘linsa, bu so‘zning ma’nosi pir 248 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 6 (2025) / ISSN 2181-3701 so‘zini o‘rnini bosa olmaydi. Shuning uchun biz bu so‘zni o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi uchun pir deb berib uning ma’nosini esa qavs ichida (a religious leader) deb izoh orqali yoritib ketdik. Jumla quyidagicha berilgan: Bo‘lg‘usi Sohibqiron o‘zining keyinchalik qo‘lga kiritgan zafarlarini piri va ustozi Amir Shayx Mir Shamsutdin nomi bilan bog‘lagan edi. Ingliz tilidagi tarjimasi esa quyidagicha bo‘ldi: The future Sakhibkiran attributed his later victories to his pir (a religious leader) and mentor, Amir Sheikh Mir Shamsutdin. Xorazmnomaning qahramonlari – Sakhibkiran Amir Temur, Genghis Khan, Jaloliddin Manguberdi, Iskandar Zulkarnay, Yusuf Sufi, Tukhtamish, Bayezid va boshqa antroponimlar, shuningdek Khorezm, Mawarannahr, Syr Darya, Urgench, Khiva, Amu Darya kabi toponimlarni o‘zbek tili va madaniyatining ajralmas qismi sifatida ingliz tilida ham o‘zgarmas holda qoldirdik. Estetik did va yuqori saviyada bajarilgan tarjima asarini o‘qish kitobxon uchun zavq va rohat manbai bo‘ladi. Agar bunday asarni o‘qiyotganingizda, notanish so‘zlar chiqishi haddan oshib ketsa va ular izoh bilan pastki yoki oxirgi qismda berilsa, bu kitobxonni bir muncha bezovta qiladi. Bunda izohlarni davomiy o‘qish jarayonida ularni birma-bir topishga to‘g‘ri kelish, diqqatni chalg‘itish, zavqni esa azobga aylantirishi mumkin. Biroq, bunday izohlar faqat zarur bo‘lganda, ya’ni o‘quvchiga notanish so‘zning ma’nosini tushunishga yordam berish uchun qo‘llanilishi kerak. Bu kabi tushuntirishlar kiritib, o‘quvchining qiziqishini va o‘qish tempini saqlab qolishga harakat qilgan jumlalarimiz ham bir nechta. Bu usul o‘

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Данная статья включает в себя анализ реалий, действительность, встречающихся в процессе перевода произведения О.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Данная статья включает в себя анализ реалий, действительность, встречающихся в процессе перевода произведения О. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International, copying, antroponimlar, действительность, reality, топонимы, realiya, transliteratsiya, transliteration, transcription, kalkalash, toponyms, transkripsiya, toponimlar, anthroponyms, транслитерация, антропонимы, копирование, транскрипция
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники