Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Использование опыта языкового туризма Испании в развитии туристической отрасли Узбекистана
Utkir BURKHONOV
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 170-176 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: Сегодня языковой туризм является одним из наиболее языковой туризм, продуктивных направлений туризма в развитых странах, Испанский язык, включая Испанию. Развитие этого сектора туризма Узбекский язык, оценивается наличием всесторонне продуманной культурный туризм, институт сервантеса, программы. В Узбекистане подобные направления пока не Сертификация DELE и занимают значимого места в туристической отрасли. SIELE, Конечно, это напрямую связано с положением узбекского Стандарты CEFR, языка среди мировых языков. Экономический потенциал интеграция туризма и языкового туризма отражается в количестве летних курсов, изучения языка. организуемых рядом стран. Цель данной статьи – изучить достижения языкового туризма в Испании, а также рассмотреть возможности его адаптации и развития в условиях Узбекистана. Bugungi kunda til turizmi degan tushunchadan turizm orqali o‘z tili va madaniyatini targ‘ib qiluvchi mamlakatlarda, xususan Ispaniya turizmida keng foydalanilmoqda. Til turizmining obyekti – bu tildir. Ona tili sifatida ispan tili dunyoda xitoy tilidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Shuningdek, ispan tili dunyoda eng keng tarqalgan tillar orasida ham ikkinchi o‘rinda turadi. Ispaniya Servantes institutining “El español en el mundo” (“Dunyoda ispan tili”) yillik to‘plami 1998-yildan beri muntazam ravishda chop etib kelinadi. Ushbu yillik to‘plam ispan tilining global ahvoli va tarqalishini o‘rganuvchi asosiy manba hisoblanadi. Nashrda dunyodagi ispan tilining demografiyasi, ilmiy-tahliliy maqolalar va Servantes institutining eng muhim xalqaro loyihalari haqida ma’lumotlar jamlangan. Mazkur to‘plamning 2024-yildagi 25-sonli nashrida Fransisko Moreno Fernandez va Gektor Alvarez Mellaning muallifligidagi “Dunyoda ispan tili 2024” nomli hisobot maqolasi nashr etilgan bo‘lib, ular dunyo bo‘ylab ispan tilida so‘zlashuvchilar soni ortib borayotganini raqamlar orqali yoritib berganlar. Bugungi kunda ispan tilida so‘zlashuvchilar soni 600 milliondan oshgani, ulardan deyarli 500 millioni ona tili sifatida so‘zlashuvchi ekanligi qayd etilgan. Shuningdek, 100 milliondan ziyod insonlar ispan tilida gaplashuvchi mamlakatlardan tashqarida yashaydi. Ispan tilini xorijiy til sifatida o‘rganayotganlar esa 24 milliondan ortiqni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich har yili o‘rtacha 2% ga oshib bormoqda. Ushbu raqamlar tilning xalqaro maydonda hali katta rivojlanish imkoniyatiga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Ispan tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish global miqyosda sayohat va ta’lim yo‘nalishida yangi tendensiyani – til turizmini shakllantirdi. Til turizmi – xorijga borib, o‘sha hududning tilini o‘rganish jarayoniga asoslangan maxsus sayyohlik turi bo‘lib, uning bosh maqsadi til o‘rganishni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirishdir. Ispan tilining keng tarqalgan demografik ahamiyati bilan bir qatorda, Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarining boy madaniy merosi ham ispan tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning asosiy sabablaridan biri sifatida maydonga chiqadi. Lotin Amerikasi va Ispaniya madaniyati o‘zining san'ati, adabiyoti, musiqasi va festivallari bilan global e'tiborni tortadi. Ushbu madaniy jihatlar ko‘pincha til o‘rganish jarayonini boyituvchi asosiy omil sifatida namoyon bo‘ladi. 171 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 3 № 3 (2025) / ISSN 2181-3701 Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, til o‘rganishni sayohat bilan birlashtirgan talabalar lingvistik va madaniy kompetentsiyalarni tezroq egallaydilar. Shu sababli, ispan tiliga asoslangan til turizmi nafaqat lingvistik maqsadlarga, balki madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Til turizmi bo‘yicha dunyo miqyosida kam tadqiqotlar olib borilmoqda O‘zbekistonda esa bu borada ilmiy tadqiqotlar ham kam uchraydi. Shuning uchun ham tashkilotlarda (til maktablari, sayyohlik agentliklari, mahalliy tashkilotlar va boshqalar) va ilmiy sohalarda ham ushbu masalani ko‘rib chiqilishi kerak. Albatta, til turizmini rivojlantirishdan oldin, tilni rivojlantirish, unga erkinlik berish va uni dunya hamjamiyati tomonidan qiziqish uyg‘otish zarurdir. Yuqorida keltirgan ma’lumotlarimiz orqali ispan tilining dunyo aholisi tomonidan juda katta qiziqish borligini va buning natijasida til turizmini rivojlanib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekistonda turizmning bu yo‘nalishini rivojlantirishdan oldin, o‘zbek tiliga e’tibor qaratish, unga keng imkoniyatlar yaratish va betakror madaniyatimiz orqali sayyohlarga tilimizga bo‘lgan qiziqishni ortirish maqsadga muvofiqdir. So‘ngi yillarda o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor har qachongidan ham ortgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 13-maydagi PF–4797-sonli farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbek tili va adabiyotini, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy t
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Сегодня языковой туризм является одним из наиболее языковой туризм, продуктивных направлений туризма в развитых странах, Испанский язык, включая Испанию.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Сегодня языковой туризм является одним из наиболее языковой туризм, продуктивных направлений туризма в развитых странах, Испанский язык, включая Испанию. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- language tourism, some countries. The purpose of this article is to study the, servantes instituti, CEFR standards, Стандарты CEFR, интеграция туризма и изучения языка, Сертификация DELE и SIELE, ispan tili, Узбекский язык, cultural tourism, Языковой туризм, o‘zbek tili, Integration of travel and language learning, DELE and SIELE certifications, sayyohlik va til o‘rganish integratsiyasi, Uzbek language, cervantes institute, Испанский язык, DELE va SIELE tizimlari, CEFR talablari, институт сервантеса, культурный туризм, Spanish language, Til turizmi, madaniy turizm
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025