Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Безумие как суфийский термин в поэзии Аскара Махкама
Gulshoda BAKHTIYOROVA · Askar Makhkam (Urgench State University named after Abu Rayhan Biruni)
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 88-92 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: Влюбленный в Истину Аскар Махкам в своем творчестве Аскар Махкам, также следовал суфизму и суфийским идеям. В данной суфизм, статье анализируются понятие безумия и образ безумца, безумие, выраженные в стихах поэта, на основе суфийских безумец, дервиш, концепций. поэзия, божественная любовь. Tasavvuf ta’limoti uzoq yillik tarixiy taraqqiyotga ega bo‘lib, islom olamida VIII asr o‘rtalarida shakllangan. Nazariy asoslari esa IX asr boshlarida paydo bo‘la boshlagan. Bu ta’limotning asosiy maqsadi komil inson tarbiyasi va nafsni yengishdir. U ta’limot bo‘libgina qolmay, adabiyotning ham bir bo‘lagidir. Tasavvuf adabiyoti Mansur Halloj, Robiya Adaviyyalardan tortib Jaloliddin Rumiy, Ahmad Yassaviy, Mashrablargacha va undan keyin ham adabiyotning asosi, ajralmas bo‘lagi bo‘lib kelmoqda. Keyingi davrlar she’riyatida bu holat kam uchrab, ko‘proq falsafiy, odamni o‘ylashga majbur qiladigan modernistik ruhdagi she’rlar yozilayotgan bo‘lsa ham uni butunlay yo‘qolib ketgan deb ayta olmaymiz. Xususan, Asqar Mahkamning she’rlarini ana shunday xususiyatga ega adabiyot durdonalari qatoriga kirita olamiz. Shoirning tasavvufiy g‘oyalar aks etgan she’rlarida ilohiy ishq bilan birgalikda devonalik ham tarannum etiladi. Ko‘pchilik maxsus ma’lumotga ega bo‘lmaganlar devona deganda aqldan ozgan yoki qashshoq odamni tushunishadi. Tasavvuf adabiyotida esa devona Allohning vasliga yetishish umidida zikr-u sanoga berilib, bu dunyo ishlaridan voz kechgan so‘fiy, darveshsifat odam hisoblanadi. Najmiddin Komilovning “Tasavvuf” kitobida devona tushunchasining o‘rnida darvesh so‘zi sinonim sifatida ishlatiladi. Darvesh ham, tasavvufiy ma’nodagi devona ham Haq roziligi va jamoliga erishish uchun butun borlig‘idan, havaslaridan, nafsoniy istaklaridan voz kechadi. Kamtarlik hamda xokisorlikni o‘ziga kasb qilib oladi. Faqat zikrda, toat-ibodatda bo‘lib, so‘fiyona qarashlarga ega bo‘ladi. Ular tashqaridan kambag‘al, nochor bo‘lib ko‘rinsalar-da, ma’naviy olami boy, ilohiy ishqni qalbi bilan his qiladigan eng boy insonlar bo‘ladilar. Demak, devonalik Haqqa oshiqlik va nafsni jilovlay olish degani. Asqar Mahkamning devonalik tasavvufiy tushuncha, devona esa tasavvufiy obraz sifatida ifoda etilgan she’rlariga “Shod o‘lma…” she’ri, mazmuni har xil, sarlavhasi bir xil ikkita “Devonalik” she’rini misol qilib keltira olamiz. Shoirning 1999-yil 11- oktabrda yozilgan “Devonalik” she’rida devonalik qilishga da’vat ruhi yaqqol sezilib turadi. Xotif bu kun qildi nido: “May ol qo‘lingga bedavo, Shuldir senga Haqdan jazo, Devona bo‘l! Devona bo‘l! 89 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 6 (2025) / ISSN 2181-3701 Ushbu banddagi xotif so‘zi g‘aybdan ovoz yuboruvchi, chaqiruvchini ifodalaydi. Bu obrazni yana mumtoz adabiyot namunalarida ham uchratamiz. She’rda nazm etilishicha, g‘aybdan “May ol qo‘lingga, bedavo…” chaqirig‘i keladi. Tasavvuf adabiyotida may ilohiy ishqni ifodalaydi. Bu chaqiriq aynan bedavoga qaratilgan. Bedavo deganda biz har xil insonni tushunamiz. Jismi kasallarni ham, ruhi dardga chalinganlarni ham. Biror og‘ir dardga yo‘liqqan, tibbiyot ham kasalining davosini topa olmagan tanasida dardi bor insonlar ham, qalbi va ruhi hasaddan, yovuzlikdan, nafsdan to‘lib ketgan ma’naviy bemorlar ham, ko‘ngli boshqalarning zulmidan ozor ko‘rgan mazlumlar ham bedavo deya ta’riflanadi. Ularga g‘aybdan qo‘liga may olishlari, ya’ni Allohga ishonish, Unga nisbatan ko‘ngilda ilohiy ishq hosil qilishlari xitob qilinadi. Bu ular uchun ijobiy ma’nodagi “jazo”dir. Aslida esa bu eng oliy mukofot bo‘ladi. Chunki hamma ham chin dildan Allohga bog‘lanib, ilohiy ishqni butun vujudi bilan his qila olmaydi. Devonalar esa bu baxtga muyassar bo‘lganlardir. Ular devona bo‘lmasdan oldin, albatta, bedavo bo‘lganlar. Bedavoda dard bo‘ladi, lekin u devonaga aylansa, bu dardlar uning uchun bir zarrachalik ham ahamiyatga ega bo‘lmay qoladi. Negaki uning butun borlig‘i ilohiy ishq bilan limmo- lim, dardlarga esa o‘rin yo‘q. Bilsang, bu dunyo xorlik, Bechora-yu nochorlik, Qo‘y qilma bozorgonlik Devona bo‘l! Devona bo‘l! Yuqoridagi bandda esa shoir bu dunyoni “xorlik”, “bechora-yu nochorlik” deb ta’riflaydi. Buni ikki xil ma’noda tushunamiz, xususan, bir tomondan xorlik deganda dunyo tashvishlaridan, azoblardan insonlarning chorasiz holatga tushishi, xor bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lsa, boshqa tomondan, aslida, bu o‘tkinchi dunyoning ne’matlariga mukkasidan ketish, nafsoniy istaklarga berilish chin ma’nodagi nochorlik, ruhan bechoralik sifatida baholanadi. Dunyo bir bozor bo‘lsa, u yerda bozorgonlik, ya’ni savdogarlik qilmay, devonalik qilish yagona va eng afzal chora sifatida ko‘rsatiladi. Bilsang, bu dunyo pastdir, Zol-u zalil nokasdir, Haqdir, o‘shalkim mastdir, Devona bo‘l! Devona bo‘l! Bu bandda esa ijodkor dunyoni “past” deya ta’riflaydi. Chunki u doimo kajraftor, teskari aylanadi. Yomonlar farog‘atda, yaxshi insonlar esa qiyinchiliklar ostida qoladi. Ikkinchi
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: Влюбленный в Истину Аскар Махкам в своем творчестве Аскар Махкам, также следовал суфизму и суфийским идеям.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: Влюбленный в Истину Аскар Махкам в своем творчестве Аскар Махкам, также следовал суфизму и суфийским идеям. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Askar Makhkam, суфизм, tasavvuf, Аскар Махкам, божественная любовь, devonalik, Sufism, madman, poem, devona, дервиш, Asqar Mahkam, безумие, поэзия, ilohiy ishq, darvesh, madness, безумец, she’r, divine love, dervish
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025