К содержанию
РецензированоRU2025

Лексические единицы, выражающие действие и состояние в манакибах Алишера Навои

Shakhnoza KHUJANIYAZOVA · Gulbakhor UMAROVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 549-553 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье проанализирована семантическая интегральная, структура глаголов действия и состояния, использованных дифференциальная, в манакибных произведениях Навои, с опорой на такие сема, лингвистические понятия, как общая (архисема), функциональная форма, древнеузбекский объединяющая (интегральная сема) и различительная литературный язык. (дифференциальная сема), на основе конкретных примеров. Кроме того, в работе раскрываются особенности семантического строя этих глаголов в древнеузбекском литературном языке, а также рассматриваются явления расширения и сужения значения, произошедшие в современном узбекском литературном языке. Navoiy asarlarida boshqa so‘z turkumlariga qaraganda ot va fe’l so‘z turkumi faol qo‘llangan. Fe’l so‘z turkumi bo‘yicha tilshunoslikda bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Holat fe’llarining mushtarak semasi “holat” birlashtiruvchi va farqlovchi semalarda ravshanlashib, aniq izohga ega bo‘ladi. O‘zbek tilida harakat natijasi bo‘lgan holat fe’llari nisbatan ko‘p kuzatiladi. Mazkur fe’llarda ifodalangan holat bevosita harakat natijasida yuzaga keladi. Binobarin, harakat va holat o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bular orasidagi bog‘lanish biri ikkinchisidan kelib chiqishi, biri asos, ikkinchisi asoslanuvchi ekanligi bilan izohlanadi. Alisher Navoiyning asarlarida qo‘llangan fe’l so‘z turkumlari bo‘yicha bir qancha olimlar ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Chunonchi, D. Abduvaliyeva “Tarixi anbiyo va hukamo”da 470 ta, “Tarixi muluki Ajam” da esa 521 ta fe’l ishtirok etgan bo‘lib, ularda umumiy miqdorda takrorlarsiz jami 547 ta fe’l-so‘zlar qatnashgan. Ularning 179 tasi sodda, 368 tasi esa qo‘shma fe’llardan iborat. Tilshunoslikning morfologiya bo‘limida fe’l so‘z turkumi muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiyning manoqib (“Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad) asarlari so‘z boyligida fe’l so‘z turkumi faol qatnashgan. Manoqiblarda ish-harakat bildiruvchi so‘zlar jami 670 ta, chunonchi, XMda 336 (17%), so‘zdan 122 tasi sodda, HSHAda 169 (19%), so‘zdan, 69 tasi sodda, 100 tasi qo‘shma, HPMda 165 ta (18%), shundan 85 tasi sodda, 80 tasi qo‘shma fe’l so‘z turkumlari keltirilgan. Harakat va holat fe’llari: tugan=, inoyat qil=, ur=, nobud bo‘l=, mutolaa qil=, mashg‘ul bo‘l=, bog‘la=, boshla=, chiq=, kel=, keltir=, kiy=, parvoz qil=, uz= (XM), xalos bo‘l=, yig‘lab qayt=, paydo bo‘l=, ta’zim qil=, to‘k= (HSHA), g‘olib kel=, bor=, tort= (HPM) va h.k. Qadimgi turkiy tilda tugan= fe’li “oxiriga yеtmoq, tamom bo‘lmoq” ma’nosini ifodalagan. Mazkur fe’l tűkä- tarzida talaffuz qilingan (PDP, 435; DTS, 595); keyinroq ikki unli oralig‘idagi k undoshi g undoshiga almashgan (Devon, III, 285); o‘zbek tilidagi o‘ unlisining yumshoqlik belgisi yo‘qolgan: tűkä- > tűgä- > tugä- (O‘TEL, I, 353). Ushbu fe’l hozirgi o‘zbek adabiy tilida ma’no kengayishiga uchrab, 7 xil ma’noda qo‘llanmoqda: 1) oxiriga, nihoyasiga yеtmoq, tamom bo‘lmoq; 2) o‘tib ketmoq, o‘tmoq; 3) ishlatilib, sarflanib tamom bo‘lmoq; 4) yakun topmoq, tamom bo‘lmoq, o‘tmoq (vaqt, muddat, makon va sh.k. haqida); 5) biror natija bilan yakunlanmoq, natijalanmoq; 6) barham 550 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701 topmoq, yo‘q bo‘lmoq; 7) ko‘chma safdan chiqmoq, tamom bo‘lmoq, o‘lmoq (O‘TIL, IV, 175), eski o‘zbek adabiy tilida: 1) tugamoq, tamom bo‘lmoq: 2) bitmoq, nihoyasiga yеtmoq; yozilmoq (ANATIL, III, 250) sememalarida ishlatilgan. Manoqiblarda ham ayni shu ma’noda ifodalangan: 1) tugamoq, tamom bo‘lmoq: oz fursatda “Nafahot ul-uns” kitobi tugandi va ul sohib davlat sa’yidin bu buzurgvorlar ismi olam sahifasida qoldi (XM, 768); 2) bitmoq, nihoyasiga yеtmoq; yozilmoq; Va bu sharif kitob tugangandin so‘ngra xotirg‘a andoq kelur erdikim (XM,768). “Yuqorida, balandga yoki biror narsa ustiga ko‘tarilmoq” (O‘TIL, IV, 498) semasidagi turkcha chiq= fe’li qadimgi turkiy tilda 1) chiqmoq; 2) jo‘namoq; 3) ajralmoq; 4) ko‘chma chekinmoq, voz kechmoq (DTS, 150), eski o‘zbek adabiy tilida 1) chiqmoq, tashqariga chiqmoq, ajralmoq; 2) ko‘tarilmoq; 3) ketmoq, jo‘namoq (ANATIL, III, 471) ma’nolarida qo‘llangan. Asarlar matnida tubandagicha voqelangan: 1) chiqmoq, tashqariga chiqmoq, ajralmoq: Ikki kundin so‘ngra yana alar xizmatig‘a yеttim: juzv qo‘yunlaridin chiqorib faqirg‘a berdilar (XM, 784); 2) ko‘tarilmoq: Oqibat andoq ma’lum bo‘ldikim, egnimni ulaydurg‘onda jaybimda qog‘oz ko‘runubtur, ohistaliq bila ul qog‘ozni chiqorib ko‘rubtur (HPM,27) 3) ketmoq, jo‘namoq: Faqir xushhol bo‘lub, alar mulozamatidin chiqtim (XM,769). “Yurish, uchish harakati yoki transport vositalari bilan so‘zlovchiga qarama-qarshi tomon (joy)dan so‘zlovchi turgan tomonga, joyga yo‘l olmoq, yo‘nalmoq; shu tomondagi biror joyga yеtmoq” (O‘TIL, II, 347) ma’nosidagi kel= so‘zi “o‘z turgan joyini tark etmoq, o‘z turgan joyidan boshqa tomonga yo‘l olmoq; bormoq” ma’nosidagi ket= (O‘TIL, II, 359), “s

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье проанализирована семантическая интегральная, структура глаголов действия и состояния, использованных дифференциальная, в манакибных произведениях Навои, с опорой на такие сема, лингвист…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье проанализирована семантическая интегральная, структура глаголов действия и состояния, использованных дифференциальная, в манакибных произведениях Навои, с опорой на такие сема, лингвист… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
integral, semantic expansion and narrowing as observed in comparison, differensial, differential, функциональная форма, дифференциальная, сема, интегральная, sema, Old Uzbek literary language, древнеузбекский литературный язык, word notion, eski o‘zbek adabiy tili, functional form, funksional shakl
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники