Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Классификация топонимов по лексико-семантическому и грамматическому строению
Shokhista ZOITOVA
Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 517-521 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье анализируются присвоение Топонимика, наименований топонимическим объектам, их изменение, ойконим, правовые и научные основы, а также культурно-духовное урбоним, значение топонимов. Классификация топонимов подробно гидроним, названия мест, рассматривается на примере таких групп, как ойконимы, ономастика, урбонимы и гидронимы. Наряду с этим проанализированы лингвистика, научные труды ученых, внесших огромный вклад в данную лексико-семантическая область. В статье особо подчеркивается связь классификация, топонимических исследований с лингвистикой, историей, исторические названия, этнографическая этнографией и географией. информация. Toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalarini hal etish to‘g‘risidagi qonun va uning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasidagi ma’muriy – hududiy birliklar, aholi punktlari, tashkilotlarga va boshqa toponimik obyektlarga nom berish ishlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi (1996, 2004) qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning joylardagi ijrosini ta’minlash maqsadida toponimik obyektlarga nom berish masalalarini muvofiqlash maqsadida bir muncha ishlar qilingan. Toponimlar o‘zi nomlayotgan hudud tarixi, geografiyasi, tabiati, etnografiyasi, aholisining etnik tarkibi, yashash tarzi haqida darak beruvchi lisoniy xazinadir. Shuningdek, toponimlar til lug‘at tarkibining bir qismi va til mahsuli sifatida o‘zi anglatayotgan hududlarga xos milliy til, lahja hamda shevalarga oid fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarni o‘rganishda ham muhim ahamiyatga ega. Ularni ajdodlarimizdan hozirga qadar yetib kelgan ulkan madaniy-ma’naviy meros, milliy qadriyatlarning bebaho namunasi sifatida e’tirof etish mumkin. Shuning uchun bu kabi bebaho ma’naviy meros namunalarini asrab-avaylab, kelajak avlod sifatida yetkazilmog‘i kerak Bugungi kunda kishilar o‘zlari yashaydigan ko‘cha, mahalla, qishloq yoki shaharlarning nomlanishiga, mavjud nomlarning ma’nosiga, to‘g‘ri aytilishi va yozilishiga katta qiziqish hamda e’tibor bilan qaramoqdalar. Bir so‘z bilan aytganda, xalqimizning joylarga nom tanlash, ya’ni milliy toponimik madaniyati qayta tiklanmoqda. O‘zbek onomatsikasining tarkibiy qismi bo‘lgan toponimika keyingi yillarda tilshunoslik fanining alohida sohasi sifatida yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarildi. Ushbu sohaning yetuk tadqiqotchilari yetishib chiqdi. Toponimikaning nazariy masalalariga, geografik obyekt nomlarini hududiy jihatdan tadqiq etishga bag‘ishlangan bir qator ilmiy adabiyotlar yaratildi. Toponimlar ona xalqimiz ko‘p asrlar davomida yaratgan, ijod qilgan lisoniy va madaniy-ma’naviy boylikdir. Toponimlarda xalqning qadimiy davrlardan tortib to shu kunlargacha bo‘lgan noyob kuzatishlari, tajribalari, ularning dunyoqarashi va turli e’tiqodlari o‘z ifodasini topgandir. Toponimlar ifoda qilgan ma’nolarni, ijtimoiy, tarixiy, tabiiy-geografik ma’lumotlarni, nomlarning tanlanish va qo‘yilish sabablarini, toponimlarning kelib chiqish tarixini lisoniy jihatdan tahlil qilinsa, bu holat yorqin ko‘rinadi. Toponimlar yuzasidan tilshunoslar, tarixchilar, geograflar, etnograflar, 518 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 5 (2025) / ISSN 2181-3701 folklorshunoslar ko‘plab tadqiqotlar olib borganlar, o‘nlab kitoblar nashr etilgan. Shunga qaramasdan toponimlar doirasiga kiradigan nomlar sirasi, ularning chegaralari, hozirga qadar aniq va izchil belgilangan deb bo‘lmaydi [1.10.]. Biz toponimiyaga oid S. Qorayev, Z. Do‘simov, T. Nafasov kabi olimlarning tadqiqotlarini kuzatish jarayonida toponimiya doirasiga kiradigan atoqli otlarning asosiy guruhlari E. Begmatovtomonidan to‘laroq ko‘rsatilgan [2]. O‘zbek toponimikasining shakllanishi va taraqqiyotida H. Hasanov, S. Qorayev, Z. Do‘simov, T. Nafasov, S. Gubayeva, B. O‘rinboyev, Sh. Qodirova, L.T. Karimova, Yo. Xo‘jamberdiyev, T. Rahmatov, J. Latipov, N. Oxunov, T. Enazarov, N. Uluqov kabi olimlarning xizmatlari tahsinga loyiqdir. Ular o‘zlarining toponimikaga oid fundamental tadqiqotlari bilan o‘zbek tili toponimiyasini o‘rganishning ilmiy-nazariy asosini yaratishdi, o‘zbek toponimikasini rivojlantirishdi. Mazkur tadqiqotlarda o‘zbek tilida joylarning nomlanishi, nomlanish motivi va tamoyillari, lug‘aviy ma’noviy, etimologik, morfemik hamda yasalish xususiyatlari, tarqalish hududi tadqiq etildi[4. 12]. Toponimlar doirasiga mansub atoqli otlarning asosiy guruhlari quyidagilar: – viloyatlar, tumanlar, shaharlar, qishloqlar, ovullar nomi (xoronimlar, astionimlar, komonimlar, oykonimlar); – mavzelar, dahalar, mahallalar, guzarlar, ishkat (ichkat)lar nomi (urbonimlar); – maydonlar, registonlar, xiyobonlar, bog‘lar, istirohat bog‘lari (parklar), bulvarlar, dendroparklar nomi (urbononimlar); – qadimiy qal’alar, qo‘rg‘onlar, istehkomlar, devorlar, bozorlar, manzilgohlar va boshqa xil qurilish majmualarining atoqli otlari; – masjid, madrasal
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье анализируются присвоение Топонимика, наименований топонимическим объектам, их изменение, ойконим, правовые и научные основы, а также культурно-духовное урбоним, значение топонимов.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье анализируются присвоение Топонимика, наименований топонимическим объектам, их изменение, ойконим, правовые и научные основы, а также культурно-духовное урбоним, значение топонимов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Toponymy, interconnection between toponymic research and disciplines, ethnographic data, onomastika, onomastics, tilshunoslik, Toponimika, historical names, Топонимика, leksik-semantik tasnif, oykonim, hydronym, урбоним, oikonym, этнографическая информация, lexical-semantic classification, urbonim, gidronim, place names, etnografik ma’lumotlar, ойконим, исторические названия, joy nomlari, urbonym, гидроним, ономастика, названия мест, linguistics, tarixiy nomlar, лексико-семантическая классификация, лингвистика
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025