К содержанию
РецензированоRU2025

Деятельность учреждений здравоохранения в Хорезме в годы перестройки

Sirojbek ALLANAZAROV (Activities of healthcare institutions in Khorezm during the) · August -/© in Science LLC. (This article analyzes the activities of healthcare institutions)

Общество и инновации · 6 · 199-202 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В статье анализируется деятельность медицинских медицина, учреждений Хорезма в середине XX века, рассматриваются Хорезмская область, существующие проблемы. На основе анализа архивных врачебные пункты, документов по данной теме дается оценка качества больница, перестройка, медицинского обслуживания населения в годы перестройки. перемены, село, фельдшерско-акушерские пункты. 1980-yillarning oʻrtalariga kelib SSSR hukumati butun mamlakat hududida xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida islohotlar o‘tkazish zaruriyatini tushunib yetdi. Chunki dunyoning globallashuvi tufayli G‘arb tamoyillari bilan solishtirganda SSRning ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy jarayonlardagi mag‘lubiyati tobora yaqqol namoyon bo‘la boshlagan edi. Sovet hukumatining mafkuraga asoslangan siyosati va 5 yillik rejali boshqaruvi uzoq vaqt davomida fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishga qodir bo‘lmagan. Bundan tashqari xalqning turli jabhalardan siqib qo‘yilishi, mafkuraga asoslangan siyosatning soxtakorliklari birin-ketin oshkor bo‘la boshlashi ham jamiyatni “qayta qurish” siyosatiga burishga zamin yaratdi. 1985-yilda KPSS Markaziy Qo‘mitasining yangi Bosh kotibi M.Garbachov partiya plenumida so‘zlagan nutqida sotsialistik boshqaruv shakllarini zamonaviy sharoit va ehtiyojlarga muvofiqlashtirish orqali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning sezilarli tezlashishiga erishish zarurligini e’lon qildi [1, c. 510]. Biroq Gorbachevning “qayta qurish” siyosati butun iqtisodiy tizimni tubdan o‘zgartirish vazifasini emas, faqat jahon iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda mavjud siyosatni yangilashni anglatar edi. 1980-yillarning o‘rtalaridan boshlangan qayta qurish siyosati O‘zbeksiton SSR, xususan, Xorazm viloyatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, ijtimoiy sohalar va madaniy hayotni qamrab oldi. Binobarin, uzoq yillar davomida sobiq sovet tuzumi milliy respublikalar madaniyatini deyarli inkor etib, mamlakatda yagona “sotsialistik madaniyat”ni shakllantirish borasida olib borgan g‘ayri ilmiy madaniy siyosati madaniyatda ham ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bo‘lgani kabi tushkunlik, turg‘unlik mexanizmini yuzaga keltirgan edi. Shu sababdan ham ta’lim, fan, madaniyat va san’at sohalarida qayta qurish, ya’ni mamlakat rahbariyatining ta’biri bilan aytganda, uning “rivojini jadallashtirish” kerak bo‘ldi [2, B. 13]. Bu davrning xarakterli xususiyati shundaki, milliy o‘zlikni anglash, ijtimoiy sohada o‘zgarishlar qilish tushunib yetilib, demokratik g‘oyalar, matbuot va so‘z erkinligi, madaniyatni tiklash uchun muayyan sharoit va imkoniyatlar yaratilgan bo‘lishga qaramasdan, avvaldan davom etib kelayotgan kommunistik mafkura va u targ‘ib qilgan g‘oyalarning tazyiqi pasaymadi. “Qayta qurish” davrida ham Xorazmda tibbiyot ancha muammoviy masalalardan biri boʻlib qolaverdi. 1984-yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston SSSR Oliy soveti Prezidiumi Xorazm viloyatida onalar va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishning ahvoli 200 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 07 (2025) / ISSN 2181-1415 yuzasidan qaror qabul qildi. Qarorda Xorazm viloyati onalarga tibbiy yordam ko‘rsatish darajasining pastligi, yosh bolalar salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlar qoniqarli darajada emas ekanligi tanqid etildi. Biroq bu davrga kelib, tibbiyotda avvalgi yillarga qaraganda bir qator oʻzgarishlar ham sodir boʻldi. XX asrning 80-yillari davomida birgina Hazorasp rayoni Markaziy shifoxonasida 9,5 million soʻmlik kapital qurilish ishlari amalga oshirildi, zamonaviy davolash korpuslari ishga tushirildi. 240 oʻrinlik tugʻruqxona, 360 qabulga moʻljallangan poliklinika, terapiya, jarrohlik boʻlimlari, 150 oʻrinli Pitnak uchastka shifoxonasi, 10 dan ortiq vrachlik ambulatoriyalari, Sil kasalliklari dispanseri, tuman markaziy dorixonasi, rayon sanitariya-epidemiologiya stansiyalari ishga tushirildi. 150 bemorga moʻljallangan yuqumli kasalliklar shifoxonasi kompleksi qurildi [3, B.164]. 1985-yilga oid arxiv maʼlumotlarining guvohlik berishicha, Gurlan rayonida 591 oʻrinli 3 ta kasalxona, 8 ta qishloq vrachlik ambulatoriyalari, 21 ta feldsherlik-akusherlik punktlari, 1 ta sanitariya-epidemiologiya stansiyasi, 3 ta poliklinika, 6 ta dorixona aholiga tibbiy xizmat koʻrsatgan [4]. Shu davrda Hazorasp rayonida 2 ta markaziy kasalxona, 53 ta boʻlim hamda feldsherlik-akusherlik punktlari faoliyat yuritgan [5]. 1985-yilning oxiriga kelib, viloyat boʻyicha 10 ta markaziy shifoxona, 3250 oʻrinli 19 ta qishloq shifoxonasi, 43 ta qishloq vrachlik punkti, 305 ta feldsherlik-akusherlik punktlari aholiga xizmat koʻrsatgan. Ularning moddiy-texnik bazasi sezilarli darajada oshgan. Shuningdek, viloyatning Yangiariq va Yangibozor rayonlarining kasalxonalari 60 oʻringa, Bogʻot jarrohlik boʻlimi, Yangiariq va Shovot tumanlarining tugʻruq boʻlimlari kengaytirildi. Koʻrilgan choralar natijasida viloyat markaziy shifoxonasining umumiy sigʻimi 355 oʻringa, uning rayonlardagi boʻlinmalari bilan hisoblaganda 66,6 ming oʻringa koʻpayib, davolash va diagn

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье анализируется деятельность медицинских медицина, учреждений Хорезма в середине XX века, рассматриваются Хорезмская область, существующие проблемы.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье анализируется деятельность медицинских медицина, учреждений Хорезма в середине XX века, рассматриваются Хорезмская область, существующие проблемы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
This is an open access article under the Attribution 4.0 International, o‘zgarish, medical stations, shifoxona, vrachlik punktlari, medical-obstetric stations, "perestroika", village, медицина, hospital, “qayta qurish”, Хорезмская область, село, feldsherlik-akusherlik punktlari, change, врачебные пункты, перестройка, tibbiyot, Khorezm region, Xorazm viloyati, больница, qishloq, перемены, medicine, фельдшерско-акушерские пункты
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники