Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Методические особенности интегрированных уроков в начальном образовании
Laylo AKHMEDOVA
Общество и инновации · 6 · 36-42 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В статье на научной основе рассматривается значимость интегрированное интегрированного обучения на этапе начального обучение, образования. Выявлено, что концепция интеграции начальное образование, проявляется во взаимной гармонии содержания, методов и межпредметные связи, дидактический подход, средств обучения. Развитие когнитивного и эмоционально- экологическое сознание, волевого потенциала учащихся посредством межпредметных педагогические связей, экологического и гуманистического подходов инновации. оценивается как актуальное направление. Также на примере предмета «Окружающий нас мир» проанализирована его роль в формировании экологического сознания и нравственно-эстетических ценностей. Для повышения эффективности интегрированного образования определены педагогические задачи на основе системы методических и дидактических подходов. Установлено, что интегративные уроки играют важную роль в активизации мышления учащихся, обеспечении межпредметной преемственности и формировании знаний, связанных с реальной жизнью. XX asrning oxirlariga kelib, ta’lim tizimi rivojlanishining asosiy uch yo‘nalishi – integratsiyalash, ekologiyalashtirish va insonparvarlashtirish kabi konseptual yo‘nalishlar shakllandi hamda izchil ishlab chiqila boshlandi. Bugungi kunda ta’lim mazmunini yangilash va metodologik jihatdan takomillashtirish jarayonida ayniqsa bilimlarning integratsiyalashuvi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Integratsiya jarayoni nafaqat ta’limning mazmuniy jihatlarini, balki didaktik va metodik tashkil etilish tamoyillarini ham qamrab olmoqda. Hozirgi davr pedagogik yondashuvlarida maktab fanlari o‘rtasidagi fanlararo aloqalar, shuningdek, kasb-hunar ta’limida umumta’lim va maxsus fanlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar tizimli o‘rganilib, ularning amaliyotga joriy etilishi ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, tabiatshunoslik va jamiyatshunoslik fanlarining integratsiyalashuvi nazariy jihatdan asoslanmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida integrativ yondashuvning o‘ziga xos didaktik xususiyatlari chuqur tahlil qilinmoqda [3]. Boshlang‘ich maktabdagi ta’lim jarayoni butun ta’lim tizimining poydevori sifatida alohida o‘rin tutadi. O‘rta va yuqori bosqichlardagi o‘quv-tarbiya samaradorligi aynan shu bosqichda yaratilgan asosning puxtaligiga bevosita bog‘liqdir. Boshlang‘ich maktabning rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyasi asosida tashkil etilishi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning aqliy, hissiy va irodaviy salohiyatini har tomonlama rivojlantirish zaruratini kun tartibiga olib chiqmoqda [1]. 37 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 6 № 4 (2025) / ISSN 2181-1415 Mazkur bosqichda integrativ yondashuvga asoslangan ta’lim mazmuni, metodlari va vositalari nafaqat bilim berish, balki tarbiyaviy ta’sirchanlik jihatidan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ijobiy hissiy muhitning shakllanishi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi va shaxsiy kamolotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun integratsiyalashgan ta’lim jarayoni faqatgina aqliy rivojlanishni emas, balki hissiy- irodaviy tarbiyani ham muvozanatli tarzda ta’minlashi zarur. Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar rivojlanishining hozirgi bosqichida asosiy vazifalardan biri – inson va uni qurshab turgan muhit o‘rtasidagi axloqiy-estetik aloqalarni anglash orqali shaxsda atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli, qadriyatli yondashuvni shakllantirishdan iborat. Insonni yangicha tafakkur va ko‘p qirrali dunyoqarash asosida tarbiyalash, uni tinchliksevar, ekologik madaniyatga ega bo‘lgan, tabiat bilan uyg‘un yashashga tayyor shaxs sifatida shakllantirish bugungi kun ta’limi oldida turgan dolzarb maqsadlardandir [4]. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida “inson – tabiat hukmdori” degan biryoqlama qarashlardan voz kechib, o‘quvchilarning ongiga “tabiat bilan uyg‘unlikda yashash”, “tabiatni asrash – kelajak avlodga hurmat” kabi hayotiy tamoyillarni singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, “Atrofimizdagi olam” o‘quv sohasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik ong va axloqiy-estetik qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi asosiy vositaga aylangan. 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida boshlang‘ich ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayoni boshlab berildi. Ana shu hujjatlar ijrosi doirasida 1998-yilda boshlang‘ich ta’lim davlat standartiga “Atrofimizdagi olam” ta’lim sohasi kiritildi, bu esa o‘zida tabiiy-ilmiy va gumanitar bilimlar uyg‘unligini mujassamlashtirdi. Mazkur o‘zgarish amaliyotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda integrativ yondashuvni nazariy jihatdan anglash, ta’lim mazmunini bir butun tizim sifatida ko‘rish, integratsiyaning maqsad va vazifalarini chuqur tahlil qilish hamda hozirgi bosqichda pedagogik integratsiyani samarali amalga oshirish mexanizmlarini tushunish zaruratini vujudga keltirdi [1]. Davlat ta’lim standarti (DATN) asosida ta’lim tizimig
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье на научной основе рассматривается значимость интегрированное интегрированного обучения на этапе начального обучение, образования.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье на научной основе рассматривается значимость интегрированное интегрированного обучения на этапе начального обучение, образования. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- integrated education, Us" as an example, its role in fostering ecological awareness and, ekologik ong, interdisciplinary connections, экологическое сознание, environmental awareness, integratsiyalashgan ta’lim, primary education, дидактический подход, fanlararo bog‘liqlik, pedagogical innovations, начальное образование, pedagogik innovatsiyalar, педагогические инновации, интегрированное обучение, didaktik yondashuv, boshlang‘ich ta’lim, межпредметные связи, didactic approach
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025