К содержанию
РецензированоRU2025

Личный сыск в оперативно-розыскной деятельности: теоретические и практические подходы

Personal Investigation in Operative-Search Activity: · Practical Approaches · Farkhod DJURAEV

Общество и инновации · 6 · 12-19 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье раскрываются теоретические основы личный сыск, личного сыска, определяются субъекты, осуществляющие оперативно-розыскная данный вид оперативно-розыскной деятельности, и деятельность, анализируются основные методы его проведения. Особое органы внутренних дел, субъекты, внимание уделяется правовому регулированию, конспирация, практическим аспектам и профессиональным раскрытие преступлений, требованиям, предъявляемым к сотрудникам органов специальные средства. внутренних дел при проведении личного сыска. Также рассматриваются современные вызовы и возможности применения личного сыска в оперативной деятельности. Mamlakatimizda hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan keng ko‘lamli islohotlar inson qadri, uning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ushbu yangilanishlar jarayonida, ayniqsa, ichki ishlar organlarining roli beqiyosdir. Zero, ushbu organlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash va himoya qilishda asosiy huquqni muhofaza qiluvchi tuzilma sifatida faoliyat yuritadi. Jumladan, ularning tezkor-qidiruv faoliyatida ham inson huquqlariga rioya qilish, ularni himoyalash ustuvor ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida “inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiq”lik [1] tamoyili alohida qayd etilgan bo‘lib, bu prinsip ichki ishlar organlari faoliyatining mazmun-mohiyatini belgilab beradi. Xususan, jinoyatlarni aniqlash, ularni oldini olish, fosh etish va profilaktika qilish jarayonlarida ichki ishlar organlari shaxsning huquqiy himoyasini ta’minlashi, qonun ustuvorligiga sodiq qolishi va demokratik qadriyatlar asosida ish yuritishi zamonaviy huquqiy davlatning talabi hisoblanadi. Ammo, hozirgi kunda ko‘pgina hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi tezkor bo‘linmalari tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashishda murakkab usullar va yo‘nalishlar orqali harakatlar amalga oshirilayotganligi sudlar, fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini ba’zi bir shubhalarga olib kelmoqda. Tezkor-qidiruv faoliyatida qonunchilikka rioya etish, ma’lumotlar olish jarayonlari ancha yopiq tarzda tashkil etilgani sababli uning qonuniyligi, amalga oshirish jarayonida qonunchilikka rioya etilishi, ma’lumotlarning haqiqiyligi yuzasidan juda ko‘p savollar tug‘ilishiga sababchi bo‘lmoqda [2]. Avvalo, tergov harakatlari manfaatlari uchun qo‘llaniladigan tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini ta’riflash lozim. Tezkor-qidiruv faoliyatining maqsadidan kelib chiqib, bu jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida tezkor-qidiruv tadbirlari yordamida qo‘lga kiritiladigan va to‘planadigan tezkor axborotdir [3]. Jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish – davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan asosiy shartlardan biridir. Bu yo‘nalishda ichki ishlar organlari jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash va fosh etishda yetakchi rol o‘ynaydi. Ayniqsa, mazkur maqsadlarga erishishda tezkor-qidiruv faoliyati va uning samarali usullari muhim ahamiyatga egadir. 13 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 07 (2025) / ISSN 2181-1415 Ichki ishlar organlari tomonidan olib boriladigan tezkor-qidiruv tadbirlari jinoyatchilikni bartaraf etishda, huquqbuzar shaxslarni fosh qilishda, jinoyat sodir etishga moyil shaxslarni aniqlashda va ularning niyatini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslikda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Tezkor-qidiruv faoliyati taktikasi esa muayyan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda tezkor-qidiruv kuch va vositalarini belgilangan maqsadga erishish uchun eng samarali tarzda qo‘llash usul va yo‘llari majmuidir [4]. Bu faoliyat jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgandir. Umuman olganda, shaxsiy izquvarlik doirasidagi tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha qonunchilik bazasi to‘liq shakllantirilgan va samarali faoliyat yuritmoqda. Shaxsiy qidiruv usullarini samarali qo‘llash uchun faqatgina ularning me’yoriy-huquqiy asoslarini bilishning o‘zi yetarli emas. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan shaxsiy qidiruvni qo‘llashda aniq harakatlar algoritmini ishlab chiqish zarur. Shaxsiy izquvarlik usullarini qo‘llashning har bir aniq holati muayyan vaziyat bilan asoslanishi lozim. Shaxsiy izquvarlik usullarini tanlashda ichki ishlar organlari xodimi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlariga amal qilishi shart deb hisoblaymiz. Shaxsiy izquvarlik qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlashda va keyinchalik jinoyat sodir etish holatlarini o‘rnatishda yetarlicha samarali vosita hisoblanadi. Shaxsiy izquvarlikning asosiy usullaridan biri so‘rov va tezko

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье раскрываются теоретические основы личный сыск, личного сыска, определяются субъекты, осуществляющие оперативно-розыскная данный вид оперативно-розыскной деятельности, и деятельность, ан…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье раскрываются теоретические основы личный сыск, личного сыска, определяются субъекты, осуществляющие оперативно-розыскная данный вид оперативно-розыскной деятельности, и деятельность, ан… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
personal surveillance, operational-search activities, tezkor-qidiruv faoliyati, law enforcement agencies, раскрытие преступлений, shaxsiy izquvarlik, special tools, органы внутренних дел, covert operations, subjects, конспирация, личный сыск, maxsus vositalar, subyektlar, konspiratsiya, ichki ishlar organlari, crime detection, субъекты, специальные средства, оперативно-розыскная деятельность, operational-search activity, jinoyatlarni fosh etish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники