К содержанию
РецензированоRU2025

Восточная цивилизация — первый очаг мировой цивилизации

Khumoyun KAKHKHOROV · Avazbek MIRZAEV

Общество и инновации · 6 · 428-433 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье подробно рассматривается роль восточная цивилизация, восточной цивилизации в мировой истории, ее древний Восток, формирование как колыбели ранней цивилизации, ее государственность, вклад в развитие человечества и культурно-духовное наука, культура, наследие. На примере древних цивилизаций Востока, философия, таких как Египет, Месопотамия, долина Инда и Китай, Месопотамия, исследуется религиозное, политическое, научное, Индия, социальное и архитектурное развитие. Эта статья, Китай, опираясь на исторические факты, обосновывает тезис о Египет. том, что мировая цивилизация сформировалась на основе восточной цивилизации. Insoniyat tarixi ming yillar davomida turli hududlarda yuzaga kelgan sivilizatsiyalar faoliyati orqali shakllangan. Bu sivilizatsiyalar ichida Sharq hududlarida yuzaga kelgan qadimgi davlatlar – Misr, Mesopotamiya, Hind vodiysi va Xitoy eng muhim manbalar sirasiga kiradi. Ularning har biri o‘z davrida ijtimoiy tuzum, yozuv, qonunchilik, me’morchilik, falsafa va ilm-fan sohalarida poydevor yaratgan. Sharq sivilizatsiyasi nafaqat o‘z davrida, balki keyingi ming yilliklarda ham jahon tarixiga kuchli ta’sir o‘tkazgan [1, b.12]. “Sharq” Yer shari quruqlik qismining Osiyo qit’asi va Afrika qit’asining shimoliy qismini qamragan geografik atama bo‘lsa-da, bunda tarixiy-madaniy, jamoachilik, an’anaviylik, alohida davlat tipi, turli darajadagi dinlar, ya’ni ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy jihatlar eng ko‘p darajada ifodalangandir. Sharq dunyosi asosiy jihatlariga ko‘ra yaxlit bo‘lgani holda, unda lokal xilma- xilliklar ham mavjud. Sharq fenomeni deganda biz insoniyat tarixini ayni shu yerda boshlanganligini tushunamiz. Jahon sivilizatsiyasining ilk o‘chog‘i Yaqin Sharqda paydo bo‘lgan. Nil daryosi bo‘yida joylashgan qadimgi Misr sivilizatsiyasi miloddan avvalgi IV ming yillikdan boshlab rivojlanib, kuchli markazlashgan davlat tuzumiga ega bo‘lgan. Misrliklar tomonidan ixtiro qilingan iyeroglif yozuvi, papirusda yozish texnologiyasi, kalendar tuzish, tibbiyotdagi yutuqlar, shuningdek, monumental me’morchilik (masalan, piramidalar) ularning ilg‘or sivilizatsiya bo‘lganini ko‘rsatadi [2, b.43]. Qadimgi Misrda fir’avnlik tuzumi butunlay diniy mafkuraga asoslangan bo‘lib, fir’avn shaxsi ilohiy kuchga ega deb hisoblangan. Fir’avn faqatgina siyosiy va ma’muriy rahbar emas, balki xudolarning yer yuzidagi vakili sifatida ham e’tirof etilgan. U “haqiqiy xudo” yoki “Ra xudoning o‘g‘li” sifatida tasvirlangani sababli, xalq orasida fir’avnga itoat etish diniy burch hisoblangan. Bu holat Misrda din va siyosiy hokimiyatning bir-biriga chambarchas bog‘langanligini anglatadi. Fir’avnning hokimiyat manbai osmondan kelib chiqqani haqidagi qarash, uning hukmronligini qonuniy va muqaddas deb qabul qilishga asos yaratgan. Diniy mutaxassislar – ruhoniylar – fir’avnning ilohiy maqomini tasdiqlab, uning hokimiyatini mustahkamlashda muhim o‘rin tutganlar. 429 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2025) / ISSN 2181-1415 Fir’avn mamlakatdagi barcha diniy marosimlarni tashkil etgan, ma’badlar qurdirgan va xudolarga bag‘ishlangan qurbonliklar amalini nazorat qilgan. Shu bilan birga, u qonun chiqarish va ularni hayotga tatbiq etishda mutlaq hokim bo‘lgan. Ushbu tuzum fuqarolar ongida ilohiy hokimiyat va dunyoviy hokimiyatni bir butun, ajralmas tizim sifatida shakllantirgan. Shunday qilib, fir’avnlik tuzumi insoniyat tarixida siyosiy hokimiyatning diniy mafkura bilan uyg‘unlikda amalga oshirilgan dastlabki namunasi hisoblanadi. Bu uyg‘unlik Misr sivilizatsiyasining barqarorligi, markazlashgan boshqaruvi va uzoq muddat yashashida muhim omil bo‘lib xizmat qilgan [3, b.51]. Ikki daryo oralig‘idagi Mesopotamiya – ya’ni Dajla (Tigr) va Furot (Yevfrat) daryolari oralig‘idagi serunum vodiy – insoniyat tarixidagi eng qadimgi sivilizatsiyalardan bo‘lgan Shumer, Akkad, Bobil (Vavilon) va Ossuriya kabi davlatlarning vatanidir. Bu hudud sivilizatsiya, yozuv, qonunchilik va markazlashgan davlat boshqaruvi kabi ko‘plab tarixiy yutuqlarning ilk shakllangan joyidir. Miloddan avvalgi III ming yillikda bu yerda insoniyat tarixidagi eng qadimgi yozuv tizimlaridan biri – mixxat yozuvi (klinopis) yaratilgan. Ushbu yozuv tizimi dastlab shumerlar tomonidan diniy matnlar, xo‘jalik hisobotlari va hujjatlar uchun ishlatilgan bo‘lsa, keyinchalik butun Mesopotamiya bo‘ylab keng tarqaldi. Mixxat yozuvi orqali ma’lumotlar to‘plash, saqlash va avlodlarga yetkazish imkoniyati vujudga keldi. Aynan shu hududda insoniyat tarixidagi eng qadimgi qonunchilik tizimlaridan biri – Xammurapi qonunlari yaratilgan. Miloddan avvalgi XVIII asrga oid bu qonunlar to‘plami Bobil podshosi Xammurapi tomonidan tuzilgan bo‘lib, unda mulk, oila, mehnat, jinoyat va jazo bilan bog‘liq qoidalar aniq bayon etilgan. Xammurapi qonunlari “ko‘z o‘rniga ko‘z, tish o‘rniga tish” tamoyiliga asoslangan bo‘lib, ijtimoiy tengsizlik, mulkiy tafovut va jinoyatga nisbatan qat’iy choralarning mavjudligini ko‘rsatadi. Shu tari

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье подробно рассматривается роль восточная цивилизация, восточной цивилизации в мировой истории, ее древний Восток, формирование как колыбели ранней цивилизации, ее государственность, вкла…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье подробно рассматривается роль восточная цивилизация, восточной цивилизации в мировой истории, ее древний Восток, формирование как колыбели ранней цивилизации, ее государственность, вкла… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Eastern civilization, civilization was fundamentally shaped by Eastern civilization, science, ancient East, Египет, восточная цивилизация, Китай, China, Mesopotamia, India, наука, statehood, культура, Месопотамия, Egypt., culture, Индия, древний Восток, государственность, philosophy, философия
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники