Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Местная правовая интерпретация законов о семейном (бытовом) насилии в условиях Узбекистана
Khamid BOBOKULOV
Общество и инновации · 6 · 295-298 · 2025
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматривается, как законы против домашнего домашнее насилие, насилия в Узбекистане, несмотря на их формальное культурная принятие, переосмысливаются в условиях местного интерпретация, социокультурного контекста. Анализ судебной практики по правовой перевод, теория уязвимости. статье 126.1 Уголовного кодекса позволяет выявить противоречие между официальными правовыми нормами и неформальными культурными установками, а также показать влияние традиционных социальных институтов на применение наказаний. Основываясь на теории уязвимости и концепции правового перевода, исследование раскрывает реальные возможности государства в защите прав человека и социальные структурные барьеры, которые этому препятствуют. Статья обосновывает необходимость достижения равновесия между нормативным правом и социальной реальностью. So‘nggi yillarda O‘zbekiston inson huquqlari va gender tengligi borasida sezilarli qonunchilik islohotlariga qo‘l urdi. Xususan, 2019-yilda “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolati to‘g‘risida”gi qonun, 2021-yilda “Ayollarni va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun va nihoyat, 2023-yilda Jinoyat kodeksiga kiritilgan 126.1-modda (Oilaviy zo’ravonlik) ushbu islohotlarning qonunchilikdagi aksidir. Biroq, ushbu qonunlar amalda mahalliy madaniyat, urf-odatlar va ijtimoiy munosabatlar bilan to‘qnash kelmoqda. ILMIY NAZARIY YONDASHUVLAR Ilmiy adabiyotlarda oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonunlarning mahalliy sharoitda qanday talqin qilinayotganini tushunish uchun ijtimoiy nazariy yondashuvlar mavjud. Martha Finemanning “zaiflik” (vulnerability) nazariyasi hamda Sally Engle Merryning “huquqiy translatsiya” (legal translation/localization) konsepsiyasi milliy huquqiy muhitdagi qonunlar va an’analar o‘rtasidagi farqlarni ochib beradi. Fineman o‘zining “Zaif subyekt va davlat” asarida huquqiy tizimlar odatda mustaqil va normal imkoniyatli shaxslar timsoliga asoslanishini, bu esa zaif subyektlar – ayollar, bolalar, nogironlarning shunchaki e’tibordan chatda qolishiga olib kelishini tanqid qiladi [1]. Ayniqsa patriarxal an’analar kuchli bo’lgan jamiyatlarda, masalan, O’zbekistonda, qishloq joylarda ayollarning iqtisodiy mustaqillikka ega emasligi, ijtimoiy stigma va patriarchal normalar sababli huquqiy himoyadan foydalana olmasligi bilan izohlanadi. Ayollar qonuniy imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, ularni ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy omillar zaiflikni kuchaytiradi. Merry o‘zining “Inson huquqlari va gender zo’ravonlik” nomli tadqiqotida inson huquqlari normalarining mahalliy sharoitga moslashtirilishini chuqur tahlil qiladi. U “huquqiy translatsiya” tushunchasini ilgari surib, inson huquqlari kabi global tamoyillar har doim ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshmaydi, balki ular mahalliy madaniyat va ijtimoiy kontekst orqali “qayta yaratiladi” [2]. Ya’ni unga ko‘ra xalqaro miqyosda ilgari surilgan gender tengligi hamda oilaviy zo‘ravonlik kab institutlar mahalliy an’analar ta’siriga tushadi va o‘z mazmunini va talqinini o‘zgartiradi. 296 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2025) / ISSN 2181-1415 SUD AMALIYOTI TAHLILI Biz ushbu tadqiqotimizda sud amaliyotini organib, sudlarda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikka (JK 126.1-moddasi) oid jinoyat ishlari qanday yuritilayotgani, sudlarning qanday jazolar tayinlayotgani hamda qarorlar qabul qilishda ijtimoiy va madaniy omillar qanday rol o‘ynayotganini tahlil qildik. Bunda mazkur jinoyat uchin jazo tayinlanishi muhim ahamiyatga ega. Jazo institutining mohiyati uning qanday ijtimoiy va huquqiy maqsadlarga xizmat qilishi bilan anglashiladi. Milliy jinoyat huquqi doktrinasida ushbu masala yuzasidan chuqur nazariy qarashlar mavjud. Jumladan, taniqli rus yurist-faylasufi N.S. Tagantsev jazoning mohiyatini mahkum uchun huquqiy jihatdan seziladigan oqibat sifatida talqin qilgan [3]. Oxirgi vaqtda jahon huquqiy amaliyotida va ilmiy doiralarda jazoning alternativ modeli – tiklovchi odil sudlov (restorative justice) – tobora ko‘proq e’tirof etilmoqda. Bu yondashuvga ko‘ra, jinoyat faqat davlatga emas, avvalo, shaxsga, jabrlanuvchiga qilingan huquqbuzarlikdir. Demak, bu yerdagi asosiy maqsad – jinoyat oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanuvchining huquqiy, ma’naviy va psixologik ehtiyojlarini tiklash, transgressorni jamiyat bilan yarashtirishdir. Bu milliy jinoyat huquqidagi ayni yarashuv institutiga to’gri keladi. Ayrashuv esa oilaviy zo’ravonlik jinoyatlarida juda ko’p qo’llaniladi. Quyida bu haqida yana to’xtalamiz. Tahlillarimiz shuni ko’rsatadiki, Jinoyat kodeksining 126.1-moddasi bo’yicha oilaviy zo’ravonlik jinoyat ishlarida sudlar tomonidan aybdorlarga eng ko’p hollarda ozodlikni cheklash, axloq tuzatish ishlari yoki ma’muriy jarima kabi yengil jazolar tayinlangan. Shaxsiy erkinlikni real tarzda cheklovchi jazo (masalan, ozodlikdan mahrum qilish) yoki jarima jazolari yuqoridagilarga nisbatan kam qo’llanilgani ko’rinmoqda. Masalan, Andijon viloyatida
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматривается, как законы против домашнего домашнее насилие, насилия в Узбекистане, несмотря на их формальное культурная принятие, переосмысливаются в условиях местного интерпретация, социок…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматривается, как законы против домашнего домашнее насилие, насилия в Узбекистане, несмотря на их формальное культурная принятие, переосмысливаются в условиях местного интерпретация, социок… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- domestic (family) violence, translation, the study examines the state's actual capabilities in, правовой перевод, legal translation, madaniy talqin, vulnerability theory, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik, домашнее насилие, теория уязвимости, zaiflik nazariyasi, культурная интерпретация, cultural interpretation, huquqiy translatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025