Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUSTAQILLIK — OLIY NEʼMAT
Yusupov Akmal Qudrat oʻgʻli
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. She’riy parchalar orqali mavzu yanada ta’sirchan ifodalanadi. Kalit so‘zlar: Mustaqillik, suverenitet, milliy qadriyat, taraqqiyot, vatanparvarlik, O‘zbekiston. Mustaqillik — inson hayotidagi eng yuksak qadriyat, millat va davlat hayotining tayanch ustuni. Mustaqil bo‘lish — bu nafaqat siyosiy erkinlikka ega bo‘lish, balki o‘z taqdirini o‘zi belgilash, kelajak yo‘lini mustaqil tanlash, madaniy, maʼnaviy va iqtisodiy jihatdan erkin rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lish demakdir. Mustaqillik — asrlar davomida erkinlik uchun kurashgan ajdodlarimiz orzusi, bebaho meros va yuksak masʼuliyatdir. Mustaqillik — bu xalqning o‘z davlatini, hududini, qonunlarini va boshqaruv tizimini mustaqil ravishda belgilash huquqidir. Mustaqil davlat o‘z manfaatlarini hech bir tashqi kuchning aralashuvisiz himoya qiladi, xalqning urf-odatlari va qadriyatlarini asrab-avaylaydi, taraqqiyot yo‘lini milliy manfaatlar asosida belgilaydi. Uning ahamiyati shundaki, mustaqillik tufayli xalq o‘z tilini, dinini, madaniyatini va milliy merosini erkin rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, iqtisodiy mustaqillik orqali mamlakat o‘z tabiiy boyliklarini o‘zi boshqaradi, ishlab chiqarishni va savdo aloqalarini milliy manfaatlarga mos holda yo‘lga qo‘yadi. O‘zbek xalqi mustaqillikka oson yo‘l bilan erishmagan. Asrlar davomida ajdodlarimiz Vatan ozodligi, xalq farovonligi va erkinligi uchun kurash olib borgan. Ularning jasorati, sabr- toqati va Vatanga bo‘lgan cheksiz sadoqati natijasida bugun biz erkin va mustaqil hayot kechirmoqdamiz. Mustaqillik nafaqat huquq, balki masʼuliyatdir. Erkinlikni asrash va mustahkamlash uchun har bir fuqaro Vatan ravnaqi yo‘lida mehnat qilishi, qonunlarga rioya etishi, yurt tinchligi va taraqqiyoti uchun hissa qo‘shishi zarur. Mustaqillik — meros bo‘lib qolgan bebaho boylik, ammo uni saqlash uchun doimiy g‘amxo‘rlik, birlik va fidoyilik talab qilinadi. ustaqillik tufayli O‘zbekiston xalqining asriy orzulari ro‘yobga chiqdi. Milliy ramzlar — bayroq, gerb va madhiyamiz qabul qilindi. O‘zbek tili davlat tili maqomida yanada rivojlanib, ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohalarida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. She’rda tasvirlanganidek, mustaqillik yosh avlodga yangi imkoniyatlar eshigini ochdi, Vatan taqdiri uchun mas’uliyat hissini kuchaytirdi: Men tug‘ilib o‘sgan makon Qadrli bo‘lgan har bir on, Yaraldi biz yoshlarga imkon — O‘zbekiston, O‘zbekiston. 96 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Bu bizniki, bizning zamon, Kelajagi buyuk bo‘lgan, Yashnamoqda O‘zbekiston, O‘zbekiston, O‘zbekiston. Siyosiy va iqtisodiy yutuqlar Mustaqillik yillarida mamlakatimizda Konstitutsiya qabul qilinib, huquqiy asoslar mustahkamlandi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan islohotlar amalga oshirildi, qishloq xo‘jaligi va sanoat rivoj topdi. Zamonaviy yo‘llar, infratuzilma, logistika tizimi barpo etildi. She’rdagi quyidagi misralar iqtisodiy taraqqiyotning ramziy ifodasidir: Ishlamoqda bobodehqon, Yetishtirib berar gʻalla don, O‘zbekiston, O‘zbekiston. Meva yetishtirib bog‘bon, Bog‘bon bor toʼkin dasturxon, Yurtini tan olgan jahon — O‘zbekiston, O‘zbekiston. Ma’naviy-ma’rifiy tiklanish Mustaqillik milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarni tiklash uchun keng yo‘l ochdi. Tarixiy obidalar ta’mirlandi, buyuk ajdodlarimiz merosi o‘rganildi, diniy erkinlik ta’minlandi. Ta’lim tizimi isloh qilinib, yoshlarning ilm-fanga qiziqishi oshirildi. Xulosa Mustaqillik — xalqimiz uchun faqat siyosiy erkinlik emas, balki milliy g‘urur, ma’naviy uyg‘onish va farovon kelajak poydevoridir. Uni asrab-avaylash, mustahkamlash va kelajak avlodga yetkazish barchamizning muqaddas burchimizdir. Zero, mustaqillik — eng oliy neʼmat, eng buyuk qadriyatdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — Toshkent: Adolat, 2023. 2. Mirziyoyev, Sh.M. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. — Toshkent: Oʻzbekiston, 2021. 3. Mirziyoyev, Sh.M. Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. — Toshkent: Oʻzbekiston, 2017. 4. Normatov, I. Mustaqillik va milliy adabiyot. — Toshkent: Fan, 2016. 5. Xolmatov, A. Oʻzbek davlatchiligi tarixi. — Toshkent: Oʻzbekiston, 2019. 6. Qodirov, S. Milliy qadriyatlar va mustaqillik gʻoyasi. — Toshkent: Maʼnaviyat, 2015. 97
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- suverenitet, O‘zbekiston., milliy qadriyat, vatanparvarlik, Mustaqillik, taraqqiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025