Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA KICHIK BIZNESNING INNOVATSION YONDASHUVLARI
BIZNESNING INNOVATSION YONDASHUVLARI · Boydedayev Abdugaffor Abdujabborovich
Современные тенденции и факторы развития внедрения цифровых технологий в образование · 2026
Аннотация
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash zamonaviy davrning eng muhim strategik vazifalaridan biridir. Kichik biznes subyektlari ushbu jarayonda muhim o‘rin tutib, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va yetkazib berish zanjirida innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llamoqda. Mazkur tezisda kichik biznesning oziq-ovqat xavfsizligiga qo‘shayotgan hissasi, innovatsion yondashuvlarning afzalliklari hamda ularni kengaytirish yo‘llari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: oziq-ovqat xavfsizligi, kichik biznes, innovatsiya, raqamli texnologiyalar, samaradorlik. Kichik biznes sektorining oziq-ovqat xavfsizligidagi roli yil sayin ortib bormoqda. Birinchidan, kichik korxonalar hududiy bozor ehtiyojlarini tez va moslashuvchan tarzda qondirish imkoniyatiga ega. Ikkinchidan, ular zamonaviy texnologiyalar – aqlli qadoqlash, sifat monitoringi, raqamli logistika tizimlari, ekologik toza ishlab chiqarish usullarini keng qo‘llash orqali mahsulot sifatini oshirmoqda. Masalan, sun’iy intellekt asosidagi monitoring tizimlari mahsulotning sifatini real vaqt rejimida kuzatish va nazorat qilish imkonini beradi. Shuningdek, kichik biznesda blokcheyn texnologiyalari yordamida mahsulot kelib chiqishi to‘g‘risida aniq ma’lumotlarni iste’molchiga yetkazish amaliyoti joriy etilmoqda. Bu, o‘z navbatida, iste’molchilarning ishonchini oshiradi va ichki hamda tashqi bozorda raqobatbardoshlikni kuchaytiradi. O‘zbekiston sharoitida kichik biznes subyektlarining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi innovatsion faoliyatini kengaytirish uchun kredit imtiyozlari, texnologik modernizatsiya dasturlari va xalqaro tajribalarni o‘zlashtirishga qaratilgan treninglar muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik biznes subyektlari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish orqali nafaqat ishlab chiqarish hajmini oshiradi, balki mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ham ta’minlaydi. Innovatsion texnologiyalar qo‘llanishi kichik biznesga resurslardan tejamkor foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash imkonini beradi. Misol tariqasida, zamonaviy issiqxona texnologiyalari, tomchilatib sug‘orish tizimlari, aqlli monitoring uskunalari hamda biotexnologiyalarga asoslangan yetishtirish usullari oziq-ovqat yetishtirish samaradorligini sezilarli oshiradi. Kichik biznes subyektlari ko‘plab hollarda innovatsion yondashuvlarni bozorga tezroq olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, yangi turdagi organik www.pedagoglar.org 46-to’plam_1-qism_Avgust-2025 7 Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari mahsulotlar, mahalliy xom ashyoga asoslangan yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari yoki parhez taomlari ishlab chiqarish orqali ular iste’molchilarning o‘zgarib borayotgan talabini tezda qondira oladi. Bundan tashqari, raqamli platformalar va elektron savdo tizimlari orqali mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchiga yetkazish imkoniyati yaratiladi, bu esa oraliq vositachilar sonini kamaytiradi va narxlarning barqaror bo‘lishiga xizmat qiladi. Innovatsion yondashuvlarning muhim jihatlaridan yana biri — sifat va xavfsizlik standartlarini joriy etishdir. Kichik biznes korxonalari xalqaro sertifikatlash tizimlari (ISO 22000, HACCP va boshqalar)ni qo‘llash orqali mahsulot sifatini oshiradi hamda eksport salohiyatini kengaytiradi. Bu esa nafaqat mahalliy bozor, balki tashqi bozorlarda ham raqobatbardosh bo‘lishga yordam beradi. Shuningdek, kichik biznes sohasida startaplar faoliyatining kengayishi oziq-ovqat xavfsizligi tizimiga yangi imkoniyatlar olib kirmoqda. Masalan, qishloq xo‘jaligida sun’iy intellekt yordamida hosildorlikni prognoz qilish, iqlim o‘zgarishiga moslashish strategiyalarini ishlab chiqish, agrodrone va sensor tizimlar orqali o‘simliklarning holatini monitoring qilish kabi texnologiyalar ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, kichik biznes subyektlari oziq-ovqat zanjirida ishtirok etuvchi boshqa subyektlar bilan hamkorlik qilgan holda “klaster” yoki “kooperativ” shaklida faoliyat yuritishi, resurslarni birgalikda boshqarish va innovatsion ishlanmalarni ommalashtirish imkonini beradi. Bu esa mahalliy oziq-ovqat ta’minotining barqarorligini kuchaytiradi. Kichik biznes subyektlari oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jarayonida nafaqat ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki iste’molchilarga yetkaziladigan mahsulot sifatini doimiy ravishda nazorat qilish orqali ham muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion texnologiyalarni joriy etish, mahsulot yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va tarqatish jarayonlarida sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, raqamli texnologiyalar yordamida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kuzatib borish (traceability systems), sun’iy intellekt asosida hosil prognozini aniqlash, agrotexnik tadbirlarni optimallashtirish va iqlim o‘zgarishiga moslashgan yechimlar ishlab chiqish bugungi kunda kichik biznes uchun ya
Доказательный фрагмент
«Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash zamonaviy davrning eng muhim strategik vazifalaridan biridir.»
Образец извлечения
Демо-превьюOziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash zamonaviy davrning eng muhim strategik vazifalaridan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamli texnologiyalar, samaradorlik., innovatsiya, kichik biznes, Kalit so‘zlar: oziq-ovqat xavfsizligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024