К содержанию
РецензированоUZ2025

SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMI MASHG‘ULOTLARI ORQALI TALABALARNING JAMOAVIY ISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH VA JISMONIY SIFATLARINI YAXSHILASH METODIKASI

Abdurazzaxov Abdurasul Abdurazzaxovich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqolada sport-sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari orqali talabalarda jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirish va jismoniy sifatlarini takomillashtirish metodikasi yoritilgan. Taklif etilgan yondashuvlar guruhda ishlash, liderlik va jismoniy tayyorgarlikni oshirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Sport-sog‘lomlashtirish turizmi, jamoaviy ish ko‘nikmalari, jismoniy sifatlar, metodika, talabalar, liderlik, refleksiya. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-2025-yillarda Turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq, Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasining asosiy vazifalaridan biri aholinining salomatligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iboratdir. Oliy ta'lim muassasalarida sport-sog‘lomlashtirish turizmi talabalarning jismoniy sifatlari va jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita sifatida qaralmokda. Ushbu sohada maxsus mashqlarni, xususan, tekis va notekis yerlarda yurish texnikasini o‘rgatish, shuningdek, harakatli o‘yinlar va gimnastika vositalarini qo‘llash orqali talabalarning motorik faolligi va ijtimoiy muvofiqlashtirish qobiliyatlarini oshirish mumkin. Mazkur bo‘limda sport-sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari orqali talabalarning jismoniy sifatlari va jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodikaning ilmiy asoslari va amaliy yondashuvlari yoritiladi. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, sport-sog‘lomlashtirish turizmi sohasida metodik yondashuvlarning yetishmasligi, ayniqsa, jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirish va jismoniy sifatlarni kompleks tarzda yaxshilash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar etishmovchiligi muhim muammo sifatida qolmoqda. Xususan, tekis va notekis yerlarda yurish texnikasi, harakatli o‘yinlar va gimnastika tayoqchalari yordamida mashqlarni tizimli ravishda tasniflash va ularni talabalarning individual ehtiyojlariga moslashtirish bo‘yicha keng qamrovli metodikalar yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Shu munosabat bilan, ushbu tadqiqotda talabalarning jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy muvofiqlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus metodika ishlab chiqildi. Tadqiqot maqsadi: - Sport-sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari orqali talabalarning jamoaviy ish ko‘nikmalari va asosiy jismoniy sifatlarini (chidamlilik, kuch, chaqqonlik, muvozanat) rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash. Tadqiqot vazifasi: - Sport-sog‘lomlashtirish turizmining jamoaviy ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatlarini tahlil qilish, talabalarda jamoaviy ish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat 33 Avgust, 2025-Yil qiluvchi samarali mashg‘ulot shakllarini aniqlash, jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi turistik mashqlar kompleksini ishlab chiqish. Taklif etilayotgan metodikaning asosiy maqsadi talabalarning jismoniy sifatlarini (kuch, chaqqonlik, muvozanat, koordinatsiya) va jamoaviy ish ko‘nikmalarini sport-sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari orqali kompleks tarzda rivojlantirishdan iboratdir. Metodika ikki asosiy blokdan iborat bo‘lib, har biri muayyan maqsadlarga yo‘naltirilgan: Birinchi blok: Jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar muvozanat, chaqqonlik va kuch kabi harakat ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi. Muvozanatni rivojlantirish uchun notekis sirtlarda yurish, arqon yo‘lakchalardan o‘tish; chaqqonlik uchun to‘siqlarni aylanib o‘tish, tezlikni talab qiluvchi o‘yinlar; kuchni oshirish uchun og‘ir yuk ko‘tarish, ko‘tarilish va press mashqlari qo‘llaniladi. Ikkinchi blok: Tekis va notekis yerlarda yurish texnikasini o‘rgatish motorik faollikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu orqali talabalarda muvozanat, harakat koordinatsiyasi va oyoq-qo‘l muvofiqligi takomillashadi. Mashg‘ulotlar yurish sur’atini boshqarish, to‘siqlardan o‘tish va tanani boshqarish malakalarini rivojlantiradi. Har bir blok talabalarning individual jismoniy holati va tayyorgarlik darajasiga moslashtirilgan mashqlarni o‘z ichiga oladi. Metodikaning tuzilishi bosqichma-bosqich yondashuvga asoslanadi, bu esa mashqlarni boshlang‘ich, o‘rta va yuqori darajalarga bo‘lib, talabalarning rivojlanish dinamikasini ta'minlaydi. Metodika doirasida quyidagi harakatli o‘yinlar va mashqlar tasniflandi, ular talabalarning jismoniy va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi: “Muvozanatni yo‘qotma”: Ushbu o‘yinda talabalar muvozanat, chaqqonlik va diqqatni jamlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. O‘yin jarayonida talabalar maxsus platformalarda yoki notekis sathlarda muvozanatni saqlashga harakat qiladilar. “Tez yurish”: Talabalar gimnastika gilamida yoki belgilangan masofada tizzasini bukmasdan, muvozanatni saqlagan holda tez yurishadi. Bu mashq koordinatsiya va tezlikni oshiradi

Доказательный фрагмент

«Maqolada sport-sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari orqali talabalarda jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirish va jismoniy sifatlarini takomillashtirish metodikasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada sport-sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari orqali talabalarda jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirish va jismoniy sifatlarini takomillashtirish metodikasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metodika, talabalar, jamoaviy ish ko‘nikmalari, Sport-sog‘lomlashtirish turizmi, refleksiya., liderlik, jismoniy sifatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники