Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JANNATMAKON YURTIM — O‘ZBEKISTONIM
Tursunmurodova Marjona Abduvali qizi
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Ushbu maqola o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi, ma’naviy qadriyatlari va yurtga bo‘lgan sadoqati haqida yozilgan bo‘lib, O‘zbekistonning yirik tarixiy shaharlari — Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo kabi zaminlarning tarixiy ahamiyati, ulug‘ siymolar merosi va me’moriy obidalari tahlil qilinadi. Maqolada xalqning mardlik, tinchliksevarlik, mehnatsevarlik kabi fazilatlari poetik va publitsistik uslubda ifodalanadi. Muallif ona yurti – O‘zbekistonni "jannatmakon", "tarix va kelajak chorrahasi" sifatida ulug‘laydi. Asarda milliy o‘zlik, tarixiy xotira va zamonaviy vatanparvarlik g‘oyalari uyg‘unlashtirilgan. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, vatanparvarlik, tarixiy shaharlar, milliy qadriyat, xalq ruhi, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, ma’naviyat, birlik, tarixiy xotira, o‘zbek xalqi, ma’rifat, ilm, sadoqat. Yer yuzida yelkamni tik tutib, faxr bilan "Bu mening Vatanim!" deb ayta oladigan yurtim bor – bu yurak bag‘ridagi eng pok tuyg‘udir. Bu diyorda har bir tuproq zarrachasi tirik tarix, moziydan so‘zlaydi go‘yo, har bir daraxtdagi yaproqlarda ajdodlarimizning nafaslari, yuksak ma’naviyat kabi barq uradi. Bu zamin – O‘zbekiston deb ataladi. O‘zining ming yillik tarixiga ega jannatmonand yurtdir bu. Ne-ne janglarda jasur o‘g‘lonlari shu tuproq uchun jon olib, jon bergan. Bu yurtning qadrini, bahosini Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur, Bobur Mirzodan so‘rang. O‘zbekiston – shunchaki geografik hudud emas. Bu – o‘tmish shon-shuhrati, ma’naviyat mehrigiyohi, kelajak ishonchi bilan baralla yashayotgan xalqning jannatmakon yurti. Har bir vodiysi, har bir tog‘i, har bir qadimiy shaharida tarix so‘zlaydi, dillarni junbushga keltiradigan bebaho xotiralar yashaydi. O‘zbekiston – yurakdagi iftixor, so‘zlardagi sadoqat, ko‘zlardagi umiddir.Samarqand – tarix jilosida yaltiragan durdona.Yer yuzining sayqali. Bugun shahar 2768 yoshda. Samarqand yer yuzining sayqali. Bu nom tilga olinganda, xayol uzra ko‘k gumbazlar ostidagi azim masjidlar, oltin naqshli madrasalar, Registon maydonidagi muazzam sukunat ko‘z oldimizda jonlanadi. Amir Temurning yuragi bo‘lgan bu shahar – ilm, san’at, din va sivilizatsiyaning bebaho maskanidir. Ulug‘bekning yulduzlarni o‘rgangan rasadxonasi, Bibixonim masjidi, Sherdor va Tillakori madrasalari, bu nafaqat me’moriy obidalar, https://scientific-jl.com/new 33 44 Volume–82_Issue-1_August-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS balki xalqimizning ilm-fan va go‘zallikka muhabbatining timsolidir. Bu diyor tarix emas – u yurakda yashaydigan izdir. Bu yerda Mirzo Ulug‘bek, Abdurazzoq Samarqandiy, Ali Qushchi kabi allomalar dunyoga keldi. Navoiy ham bu shahar ilm- fan manbai ekanini tan olib, unga ilm maqsadida safar qiladi.Ulug'bek ,Sherdor,Tillakori,Bibixonim madrasalari asrlar davomida sharq ilm-fani uchun munosib xizmat qildi. Buxoro – Ma’rifat va diyonat maskaniBuxoro – arabcha “Tangrining jamoli” degan ma’noni bildiradi. Bu shahar 2500 yildan ziyod tarixga ega. Uni har bir g‘ishtida, har bir xiyobonida ilm va tafakkur nafasi seziladi. Bu zaminda Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Marg‘inoniy, Ibn Sino kabi mo‘tabar zotlar yashagan, ilm-fan, tasavvuf va falsafani jahonga yoyganlar. Buxoro – bu qalblar nurlanadigan, zakovat tilga kiradigan muqaddas manzildir. Kalon minorasi, Mir Arab madrasasi, Ark qal’asi, Sitorai Mohi Xosa saroyi – bular Buxoroning tarixiy-yodgorliklar to‘nini bezagan nodir durdonalardir. Bu diyorda har bir qadamda tarix jimjit so‘zlaydi, har bir devor ostida donishmandlar izlari yashiringan. Buxoro – bu ilm qal’asi, dil pokligi, ixlos o‘chog‘idir. Xiva – tarix ichra barhayot saodat shahar. Xiva – sahro ichida porlagan oltin gavhar, sharqona nafosat va mardlikning timsoli. Ichan-Qal’a devorlari hanuz mo‘g‘ullar shovqinini, karvon yurishlarini, sultonlarning dardli suhbatlarini eslab turadigandek.Xiva – bu vaqt bilan suhbatlashayotgan me’morchilik asari. Ko‘hna Ark, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Kalta Minor, Tosh Hovli, Muhammad Aminxon madrasasi – har biri o‘ziga xos hikoya, o‘ziga xos san’at. Xiva – bu nafaqat tarix, bu xalqning sabr-u shukridan yo‘g‘rilgan jasorat ramzidir. “Sahro uzra yongan tong nuri – Xivaning minoralari ustida jilolanar.” Xiva – 1990 yildan boshlab YUNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Ichan-Qal’asi orqali butun insoniyat uchun bebaho manzildir. Toshkent – zamonlar chorrahasidagi nurli shahar. 2200 yillik tarixga ega. Toshkent – qadimiylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan poytaxt, Vatanning urib turgan yuragidir. Shosh edi nomi, azalda ulug‘, Qalblar sultoni – sabr-u matonat timsoli. Bu shaharning har bir ko‘chasida tarix izlari yashiringan. Zilzilalar uni yanchgan, lekin xalq uni yana tiklagan. Ko‘kaldosh madrasasi, Hazrati Imom majmuasi, Shayxontohur, Muyi Muborak – bular oddiy obidalar emas, balki xalq ruhining aksidir. Toshkent – bu sabr bilan tiklangan shon-sharaf, Har tongda umid, har tun baraka taratadi. Bugun esa Toshkent – taraqqiyot, ilm, madaniyat va tinchlik bayrog‘ini baland tutgan zamonaviy shahardir. Bu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi, ma’naviy qadriyatlari va yurtga bo‘lgan sadoqati haqida yozilgan bo‘lib, O‘zbekistonning yirik tarixiy shaharlari — Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Surxondaryo, Qas…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi, ma’naviy qadriyatlari va yurtga bo‘lgan sadoqati haqida yozilgan bo‘lib, O‘zbekistonning yirik tarixiy shaharlari — Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Surxondaryo, Qas… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarixiy xotira, Amir Temur, sadoqat., Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, xalq ruhi, Jaloliddin Manguberdi, o‘zbek xalqi, ma’naviyat, birlik, tarixiy shaharlar, milliy qadriyat, vatanparvarlik, ma’rifat, ilm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025