Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUD-TIBBIY EKSPERTIZASI (MORFOLOGIK TEKSHIRUVDA) VA TIBBIY-KRIMINALISTIKANING AHAMIYATI
VA TIBBIY-KRIMINALISTIKANING AHAMIYATI · Normamatova Gulmira Baxodir qizi · Qayumov G‘ulomjon Muzaffarovich · Umirzakova Shahlo Muminjanovna · Arzikulov Shokirjon Komiljonovich
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonda sud-tibbiy ekspertiza xizmatining vujudga kelishi va rivojlanishi Sud-tibbiy ekspertiza sog‘liqni saqlash tizimining ixtisoslashtirilgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning faoliyati boshqa sohalardan o‘ziga xos xususiyatlar bilan ajralib turadi. Jumladan, sud-tibbiy ekspertiza xizmati sog‘liqni saqlash muassasalari qatoriga kirgan holda, jinoiy va fuqarolik ishlarini surishtirish, tergov qilish va sudda ko‘rish jarayonida vujudga keladigan tibbiy-biologik masalalarni hal etish ya’ni sud-tibbiy ekspertizalarni o‘tkazish uning asosiy vazifasidir. Ayni paytda sud-tibbiy ekspertiza muassasalari ekspertiza materiallari bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, travmatizmning turli ko‘rinishlari, zaharlanish, to‘satdan o‘lim va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ham o‘tkazishlari lozim. Sud-tibbiy ekspertiza xizmati strukturasi, tuzilmalar faoliyatini tashkil etish, protsessual masalalar, soha mutaxassislarini tayyorlash, shtat me’yorlari, turli xil ekspertiza va tekshiruvlarni o‘tkazishda amal qilinishi lozim bo‘lgan talablar mazkur xizmatning farqli xususiyatlarini yana bir bor ta’kidlaydi. Sud-tibbiyoti; tibbiyotning bir bo‘limi tibbiy kriminalistikaning sud-tibbiyotidagi axamiyati juda kattadir. Morfologik tekshiruvlarda jasadlarni tekshiruvlarida, voqea joyini ko‘zdan kechirishda, jinoyatlarni ochiqlashda tibbiy kriminalistikaning o‘rni axamiyatga egadir. Sud-tibbiy ekspertizaning morologik tekshiruvda jasadlarda aniqlangan tan jaroxatlari, ularning yetkazilish mehanizmi, miqdori hamda jinoyat sodir etilishiga aloqador bo‘lgan barcha ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirib, bir qancha tekshiruvlar bilan aniqlik kiritilishidir. Kalit so‘zlar: Tibbiyot, sud-tibbiy ekspertiza, fuqaro, tibbiy kriminalistika, moroflogik, jasad, jinoyat, voqea joyi, ashyoviy dalillar, mehanizm, miqdor, tekshiruvlar. Tibbiy kriminalistika-bu: (lotincha, criminalis-jinoyatga doir) sud-dalillarini yig‘ish, qayd qilish, tadqiq etish va ulardan foydalanishning maxsus usul va vositalari https://scientific-jl.com/new 11 11 22 Volume–82_Issue-1_August-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS tizimini ishlab chiquvchi fan xisoblanadi. Mazkur usullar va vositalar jinoyatlarni fosh qilish, tekshirish va olidini olish uchun qo‘llanadi. Professionalizm: Ta’kidlash joizki, o‘zaro farqlangan (tabaqalashtirilgan) bilimlarning funksionalligi davlat sud-ekspertiza muassasalari (bo‘limlar, laboratoriyalar va ma’lumotlar bazalari) tarkibini shakllantirishda, tergov va ekspert mutaxassisliklari hamda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlarini shakllantirishda samarali qo‘llaniladi. Maxsus bilimlarni o‘zaro aniq farqlamasdan, kriminalistik faoliyatni samarali normativ-huquqiy tartibga solish ham mumkin emas. Ashyoviy dalillarning tibbiy-kriminalistik ekspertiza va tekshiruvlari sud-tibbiy ekspertiza muassasasining tegishli ravishda jihozlangan maxsus tuzilmasi tibbiy kriminalistika bo‘limida diagnostik, identifikatsion (shaxsning aynanligini aniqlash) va situatsion (vaziyatli) masalalarni hal etish maqsadida o‘tkaziladi. Identifikatsion tekshiruvlar shaxsi noma’lum murda yoki uning qismlari, qoldiqlarining muayyan shaxsga tegishli ekanligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Shaxsi noma’lum murda, uning qismlari yoki qoldiklari, shu jumladan alohida suyaklar va ularning fragmentlari, kul holidagi suyak qoldiqlari, shuningdek hodisa yoki topilgan joyni ko‘zdan kechirish, sud-tibbiy ekspert tekshiruvi jarayonida olingan ularning xususiyatlarini ifodalovchi tavsif, antropometrik, fotografik, rentgenografik va boshqa modellar ko‘rinishida hujjatlashtirilgan materiallar identifikatsion tekshiruvlar ob’ekti hisoblanadi. Tekshiruvning dastlabki bosqichida qayd etilgan ob’ektlar bo‘yicha hamda yo‘qolgan odamning shaxsini ifodalovchi belgilar alohida o‘rganilib, keyingan bosqichda olingan ma’lumotlar taqqoslanadi. So‘nggi bosqichda tekshiruvlari natijalari bo‘yicha aynanlikning mavjudligi yoki yo‘qligi haqida xulosa qilinadi. Murdaning shikastlangan to‘qimalari hamda hosil bo‘lish mexanizmi bo‘yicha shikastlanish bilan bog‘liq bo‘lgan kiyim-boshda mavjud bo‘lgan mikrozarralar, mikroizlar, shuningdek avval o‘tkazilgan mikrologik tekshiruvlar, hodisa yoki mudra topilgan joyni ko‘zdan kechirish, murdaning sud-tibbiy tekshiruviga oid hujjatlardagi ma’lumotlar mikrologik tekshiruvlar ob’ekti bo‘lishi mumkin. Mazkur tekshiruvlarda murdaning tanasi, kiyim-boshida yot mikroob’ektlarning mavjudligi hamda shikastlovchi qurollardagi moddalar va mikroob’ektlarning jabrlanuvchining tanasi va kiyim-boshiga o‘tishi yoki uning aksi aniqlanadi. Situatsion tekshiruvlarda taxmin etilayotgan shart-sharoitda ma’lum bir harakatlarni sodir etish imkoniyati borligi yoki yo‘qligi masalasi o‘rganiladi. Xususan, voqeani qayta tiklash bo‘yicha ekspert tekshiruvlarini o‘tkazishda tan jarohatlarining yetkazilish mexanizmi va dinamikasi haqidagi tergov va ekspert tekshiruvlari yo‘li bilan olingan ob’ekti
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekistonda sud-tibbiy ekspertiza xizmatining vujudga kelishi va rivojlanishi Sud-tibbiy ekspertiza sog‘liqni saqlash tizimining ixtisoslashtirilgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning faoliyati boshqa s…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekistonda sud-tibbiy ekspertiza xizmatining vujudga kelishi va rivojlanishi Sud-tibbiy ekspertiza sog‘liqni saqlash tizimining ixtisoslashtirilgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning faoliyati boshqa s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- jinoyat, voqea joyi, ashyoviy dalillar, miqdor, tibbiy kriminalistika, tekshiruvlar., mehanizm, moroflogik, Kalit so‘zlar: Tibbiyot, sud-tibbiy ekspertiza, fuqaro, jasad
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014