Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA KREATIV VA INNOVAVATSION FIKRLASHNING TA’LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI
JARAYONIDAGI AHAMIYATI · Niyozova Shaxnoza Farxod qizi
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimida kreativ va innovatsion fikrlashning o`rni va ahamiyati yoritilgan. Maqolada zamonaviy texnalogiyalar – suniy intellekt, raqamli platformalar, onlayn ta’lim vositalari – orqali o`quvchilarning mustaqil, ijodiy va yangilikka intiluvchi shaxs sifatida shakllanishi tahlil qilingan. Shuningdek , kreativ fikrlashni rivojlantirishda muhim metodlar, xususan STEAM yondashuvi, dizayn fikrlash va loyiha asosida o`qitishning samaradorligi ko`rsatib o`tilgan. Muallif O`zbekiston ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlar va innovatsion yondashuvlarning yosh avlod raqobatbardoshligini oshirishdagi rolini ham tahlil qiladi. Maqola ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, innovatsion metodlarni o`rganuvchilar va ilmiy izlanuvchilar uchun foydali manba bo`lib xizmat qiladi. Kalit so`zi: Raqamli transformatsiya, kreativ fikrlash, innovatsion fikrlash, talim jarayoni, o`quvchi faolligi, STEAM yondashuvi, dizayn fikrlash, sun’iy intellekt, raqamli texnalogiyalar, innovatsion ta’lim. XXI asr - raqamli texnalogiyalar asri sifatida e’tirof etilmoqda. Bugungi kunda jamiyat hayotining deyarli barcha sohalarida raqamli transformatsiya jarayonlari jadal sur’atlarda kechmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida yuz berayotgan o`zgarishlar nafaqat o`quv-uslubiy yondashuvlarni, balki fikrlash tarzini ham tubdan yangilashni talab etmoqda. Endilikda bilim olishning o`zi kifoya emas – zamonaviy o`quvchi mustaqil, kreativ va innovatsion fikrlay oladigan, yangilikka intiluvchan shaxs bo`lishi zarur. Raqamli texnalogiyalar—suniy intelekt onlayn platformalar, virtual va aralash ta’lim tizimlari – o`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, o`z fikrini ilgari surish va muammolarga noodatiy yechim topish imkoniyatlarini yaratmoqda. Shu sababli ham bugungi ta’lim jarayonida kreativ va innovatsion fikrlashni shakllantirish asosiy vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Kreativ fikrlash – bu muammolarga noodatiy, ijodiy yondashish, mavjud bo`lgan ma’lumotlardan yangi g`oyalar yaratish jarayonidir. Innovatsion fikrlash esa bu g`oyalarni amaliyotga joriy etish, foydali mahsulot yoki xizmatga aylantirish https://scientific-jl.com/new 11 44 55 Volume–82_Issue-1_August-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS demakdir. Bugungi kunda ushbu ikki yondashuv ta’limda o`quvchilarning faolligini oshirish, ularni real hayotga tayyorlashda muhim vosita sifatida qaralmoqda. Raqamli transformatsiya ta’lim tizimida quyidagi o`zgarishlarga sabab bo`lmoqda: - Raqamli platformalar (Zoom, Google Classroom, Microsoft Teams) orqali masofaviy ta’lim kengaymoqda; - Sun’iy intellekt asosida ishlovchi dasturlar orqali shaxsiylashtirilgan ta’lim imkoniyatlari yaratilmoqda; - Onlayn testlar, raqamli laboratoriyalar va simulyatorlar o`quvchilarni faol ishtirokchi sifatida jalb etmoqda. Onlayn ta’lim platformalari o`quvchilarga o`z vaqtida va istalgan joyda ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. O`quvchilar darslarni o`zlariga qulay bo`lgan vaqtda ko`rishlari, savollarni berishlari va o`quv materiallarini mustaqil o`rganishlari mumkin. Bunday platformalar o`quvchilarga individual yondashuvni amalga oshirishda yordam beradi, chunki ular o`z o`rganish uslublariga mos tarzda resuruslarga kirishadi. Interaktiv darslar o`quvchilarning faol ishtirokini taminlaydi. O`quvchilarga qiziqarli va samarali tarzda darslarni o`zlashtirish, amaliy mashqlarni bajarish va o`z bilimlarini sinab ko`rish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o`quvchilarning o`zlarini erkin ifoda etishlariga o`rganish jarayonida yanada yuqori natijalarga erishishlariga yordam beradi. Ta’lim jarayonlarida tobora faol qo`llanilayotgan zamonaviy vositalardan biri axborot texnalogiyalari sanaladi. Ularning texnik, texnalogik imkoniyatlari ta’lim jarayonini qiziqarli, jonli, samarali tashkil etishda pedagoglar uchun nihoyatda qo’l keladi. Bugungi kunda ta’limda radio eshittirish, teleko`rsatuvlar, filmlarni namoyish qilish, imkoniyatlari mavjud. Ulardan foydalanish o`qitish jarayonini yaxshilaydi, shaxsning kreativ sifatlari, kasbiy malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Innovatsiya iqtisodiy toifa sifatida yangiliklar yaratish va amalga oshirishning eng umumiy xususiyatlari, belgilari, aloqalari va munosabatlarini aks ettiradi. Yangi g`oya izlab topishning asosiy usullari qatoriga quydagilarni kiritish mumkin: - sinov va xatolar. - nazorat savollari usuli. - aqliy hujum. - sintetika. - yetti karra izlash strategiyasi. - ixtirochilik masalalarini hal qilish usuli. Yangi ayniqsa ilmiy bilimlar eng ishonchli va oldindan aytish mumkin bo`lgan manba hisoblanadi. Innovatsiya (ingilizcha. innavationas-kiritilgan yangilik, ixtiro) degan ma’noni anglatib, uni qulayroq, samaraliroq yoki foydaliroq holda keltirish https://scientific-jl.com/new 11 44 66 Volume–82_Issue-1_August-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS hamda biror narsani yangiliklarda yaratish hisoblanadi. Masalan: Telefonlar ilgari faqat qo`ng`iroq qilish uchun ishlatilgan, hozirda esa ular internet, kamer
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimida kreativ va innovatsion fikrlashning o`rni va ahamiyati yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimida kreativ va innovatsion fikrlashning o`rni va ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kreativ fikrlash, raqamli texnalogiyalar, innovatsion ta’lim., Kalit so`zi: Raqamli transformatsiya, STEAM yondashuvi, dizayn fikrlash, innovatsion fikrlash, sun’iy intellekt, o`quvchi faolligi, talim jarayoni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025